Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Barselona»ni oldinda Yevropa ligasi kutib turibdi(mi?)

«Barselona»ni oldinda Yevropa ligasi kutib turibdi(mi?)

Kecha YECHL guruh bahslarining qolgan o‘yinlari ham o‘tkazildi. Unda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Shulardan biri bu kimsan, «Barsa»ning «Benfika» maydoniga safari va mag‘lubiyati edi. Kuman shogirdlarining Portugaliyadan yirik, 3-0 hisobi bilan qaytishi, ularni guruhda eng so‘nggi, to‘rtinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi. Moliyaviy muammolar girdobidagi klub yozda Lionel Messi hamda Antuan Grimanni yo‘qotgach, yangi mavsumni go‘yoki, qo‘rqinchli tushdek boshladi. «Ko‘k-anorranglilar» kecha «Estadio Da Luz» o‘yingohida qiynalishdi. Bunga bir sabab esa 32 daqiqada klub afsonasi Jerar Pikening almashtirilishi edi. Shundan keyin uning jamoadoshlari himoyadagi muammo bilan qariyb yana bir soatni o‘tkazishga majbur bo‘ldilar.

Sarosimada qolgan Kumanning qarori xuddi taktika ishlatgandek tuyuldi. Negaki, u 34 yoshli himoyachini uning yarim yoshiga teng bo‘lgan hujumkor futbolchi bilan almashtirgan edi. O‘zi umuman kataloniyaliklar ushbu o‘yinni qiyin boshlashdi. Raqib hujumchisi Darvin Nunyes atigi 3 daqiqadayoq hisobni ochgan edi. Bundan ko‘p o‘tmay, Pike sariq kartochka oladi. 30 daqiqada esa bosh hakam Daniyel Orsato himoyachiga ikkinchi sariqni ham ko‘rsatishiga bir bahya qoldi. Shundan keyin Kuman Pike bilan tavakkal qilmaslik kerak degan qarorga kelib, uni tezda almashtirdi va uning o‘rniga 17 yoshli yarim himoyachi Gavini tashladi. Shundan keyin «Barselona» to‘rttalik himoya qo‘rg‘oni bilan bahsni davom ettirdi.

Ronald Kumanning bahs davomida qilgan o‘zgarishlari va taktikasi o‘yinda o‘zgarish yasamadi. Aksincha, «Benfika» 69 daqiqada hisobni ikkitaga oshirdi. Rafa Silvaning golidan ko‘p o‘tmay, Nunyes penaltidan uchinchi golni ham kiritdi va o‘yinga mantiqiy yakun yasadi. Ispaniyaliklarni o‘yinidagi muvaffaqiyatsizliklarni Lyuk de Yongning yaqqol vaziyatdan foydalana olmagani hamda «Siti»dan tashrif buyurgan Erik Garsiyaning o‘yin oxirida qizil kartochka olganligida ko‘rishimiz mumkin edi. Shu tariqa yangi mavsumda Kuman iste’foga chiqadigan murabbiylar ro‘yxatida birinchi qatorlarni band eta boshladi. Uning «Barsa»si YECHLda hali ochko to‘play olmadi, ichki chempionatda esa 6 ta turdan keyin 12 ochko bilan 6 o‘rinda bormoqda.

Kuman jamoasi Messi erasidan keyin pastga qarab «sho‘ng‘igan» bo‘lsa ham o‘zining pozisiyasida qat’iy turibdi. Bu haqda niderlandiyalik mutaxassis shunday deydi: «Oldingi va hozirgi «Barselona»ni taqqoslash adolatdan bo‘lmaydi. Men klub futbolchilaridan faqat qo‘llab-quvvatlashni his qilaman. Klub tomonidan esa bilmadim...»
Shuningdek, niderland futbolchisi de Yong bunga qo‘shimcha qildi: «Menimcha, murabbiyni o‘zgartirish yechim bo‘la olmaydi. Buni boshqa yo‘lini o‘ylash lozim».


O‘yin davomida jarohati bo‘lmasa ham almashtirilgan Pikega keladigan bo‘lsak, o‘n yildan ortiq vaqt davomida u «Nou Kamp»da zafarli onlarni boshdan kechirdi. Hozir esa uning o‘yini pasaya boshladi. YECHLning to‘rt karra sohibi bo‘lgan himoyachi yaqin besh yil mobaynida jahon, Yevropa va hatto, La liganing mavsum ramziy terma jamoasiga kiritilmayapti. Bu ko‘p narsani anglatadi. Balki «Barselona» klubini tubdan isloh qilish payti kelgandir? Balki, buni hozirdan boshlash kerakdir? Yana kim biladi deysiz...

Xulosa qilib aytganda, klub inqirozga yuz tutgan. Bu nafaqat moliyada, balki futbolchilar ruhiyati va ichki munosabatlarda ham sezilayapti. Agar shu ketishda davom etsa, bu klubni mavsum yarmida Yevropa ligasida ko‘rib qolishimiz ham hech gap emas.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk

Kiritildi: 30.09.2021 10:30. O'qildi: 5527 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik