Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Dunyoga mashhur futbol muzeylari haqida (2 qism)

Dunyoga mashhur futbol muzeylari haqida (2 qism)

Kecha siz muxlislarning e’tiboringizga dunyoga mashhur bo‘lgan futbol muzeylari beshtaligini havola etgan edik. Unda keltirilgan muzeylar sayyohlar tashrifi bo‘yicha yetakchilik qiladi. Hozir esa bu borada ulardan qolishmaydigan muzeylar haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Quyida shu haqda so‘z boradi.

1(6). «J-Museum» muzeyi, Turin shahri

Italiya futboli tarixidagi sovrinlarga eng boy klub deganda hayolimizda eng avvalo, «Yuventus» gavdalanadi. Klub ancha yillar ilgari o‘z muzeyini tashkil etgan bo‘lib, u jamoaning o‘tmishda qo‘lga kiritilga sovrinlari uchun mo‘ljallangan. Turin shahridagi «J-Muzeyi»da zamonaviy texnologiyalar esdaliklar, sovrinlar, suratlar hamda futbolkalar bilan uyg‘unlashtirilgan. Ko‘plab xonalarga bo‘lib chiqilgan binodagi har bir detal klubning shonli o‘tmishidan hikoya qiladi. Unda mashhur gollar deysizmi, xronologik peshtaxtalar yoki klub erishgan yutuqlarimi, barchasi mujassamlashgan.

2(7). Enfild muzeyi, Liverpul shahri

«Liverpul» o‘tmishda ko‘plab top klublarga munosib qarshilik ko‘rsatib, g‘alabalarga haqqoniy erishgan klub desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. «Enfild» ichiga nazar solar ekansiz, muzeydagi barcha narsa faqat va faqat «Liverpul»ga bag‘ishlanganiga guvoh bo‘lasiz. Unda oltita YECHL kubogi va turlicha eksponatlar, yana Stiven Jerrardga bag‘ishlangan kolleksiya ham mavjud. Muzeyga tashrif buyurgan har bir kishi kiraverishda maxsus quloqchin media-moslamasi bilan ta’minlanadi. Unda siz klubning yana bir afsonasi bo‘lgan Fil Tomson ovozi yordamida muzey bo‘ylab yolg‘iz sayr qilishingiz mumkin bo‘ladi.

3(8). «Camp Nou Experience» muzeyi, Barselona shahri

1984 yilda tashkil qilingan "Kamp Nou tajribasi" muzeyiga butun dunyodan har yili ko‘plab muxlislar kelishadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu muxlislar soni yillik o‘rtacha 1,5 milliondan oshiqni tashkil etadi. Muzey ajoyibotlarga to‘la! Unda klub tomonidan yutilgan kuboklar, sovrinlar va Yoxan Kroyf kabi yulduzlar kiygan liboslar jamlangan. Interaktiv moslamalar bilan jihozlangan maxsus xona har bir mehmonga «Barsa»ning o‘tmishdagi shonli onlariga qaytish imkonini beradi. Muzeyning stadion ichida joylashgani esa, butun o‘yingohni panorama ko‘rinishida tomosha qilishingizni ta’minlaydi.

4(9). «Museo del Calcio», Florensiya shahri

Agarda zamonaviy gadjetlar hamrohligida yurishga odatlangan bo‘lsangiz, "Futbol Muzeyi" siz uchun emas ekan. Shunday bo‘lsada, Alessandro Del Pyeroning maydondagi harakatlari yoki Paulo Maldinining himoyadagi iqtidorini ko‘rish niyatingiz bo‘lsa, Florensiyaga sayohat qiling. Muzey Italiya futbolining butub boshli tarixiga egalik qiladi. Undagi 6 ta xonaning har birida turli xil eksponatlar o‘rin olgan.

5(10). «CR7» muzeyi, Funshal shahri(Portugaliya)

Butun boshli millat yoki klub tarixiga bag‘ishlangan muzeylarni ortda qoldirib, yolg‘iz afsona uchun bag‘ishlangan joyga ham yetib keldik. Krishtianu Ronaldu futbolchidan ko‘ra, jahon darajasidagi brendga aylangan inson. Uning «CR7» deb nomlangan muzeyi o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Madeyra orolida joylashgan va esdaliklarga to‘la makon! Undagi suratlar, videolar, futbolchi kiygan liboslar va u uchun bag‘ishlangan turli ishlar sizni befarq qoldirmaydi. Tashrif buyurish va Krishtianuning faoliyat tarixini bilish uchun yaxshi joy. Bu muzey kechasi ham odamlar bilan doimo gavjum sanaladi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com

Kiritildi: 07.10.2021 19:00. O'qildi: 3003 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik