Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Mourinyo, Gvardiola va Konte yoxud transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan murabbiylar (top-10)

Mourinyo, Gvardiola va Konte yoxud transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan murabbiylar (top-10)

Murabbiyning kasbi nafaqat o‘yin taktikasi, balki boshqaruv funksiyasini yoki motivasiya qobiliyati, shuningdek futbolchi xarid qilish falsafasini ham o‘z ichiga oladi. Bu ham biznes: kimdir klub tarbiyalanuvchilariga tayanadi, kimdir iqtidorlarni boshqa jamoadan izlashga harakat qiladi, kimdir pulni ayamasdan tayyor yulduzlarni sotib oladi. E’tiboringizga transferlarga katta mablag‘ sarflagan 10 nafar murabbiyni taqdim etamiz.

10-o‘rin: Ernesto Valverde, 778 million yevro



Ernesto Valverdening «Barselona» bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati unchalik yaxshi yakun tpmadi. Bir tomondan u jamoani Ispaniya chempionatida ikki marta chempionlikka olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, zaiflashib turgan Kataloniya budjetini butunlay barbod qildi. Agar uning «Barselona»dagi faoliyati bo‘lmaganida, albatta, Valverde bu reytingga kiritilmagan bo‘lardi. Shunday qilib, uning qo‘l ostida klub tarixidagi eng qimmat futbolchilar sotib olindi: Frenki de Yong - 75 million, Usmon Dembele - 105 million, Koutinyo - 118 million va Antuan Grizmann uchun rekord darajadagi 120 million to‘langan.

Umuman olganda, ispaniyalik murabbiy 778 million yevro sarflagan bo‘lsa, uning yarmi kutilgan natijani bermadi.

9-o‘rin: Unai Emeri, 797 million yevro



Xoh ishoning, xoh ishonmang, Unai Emeri futbolga eng ko‘p pul sarflaydiganlar orasida 9-o‘rinni egallab turibdi. Murabbiy turli vaqtlarda «Valensiya», «Sevilya», «PSJ», «Arsenal» va «Vilyarreal»ni boshqargan. U Parij jamoasi tarkibida debyut mavsumini global xarid bilan boshladi: Yulian Draksler, Jovanni Lo Chelso, Gjeboj Krixovyak, Xese va Gonsalo Guyedeshni 136 million yevroga sotib olgan. Ulardan qaysi biri haqiqatan ham parijliklar yetakchisiga  aylandi? Bu savol, ehtimol, ritorikdir. «Arsenal»da ham shunday: birgina Nikolas Pepe uchun klub 80 million yevro berib, «kanonirlar» tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi.

Endilikda faoliyati davomida 797 million yevro sarflagan ispaniyalik futbolchi «Vilyarreal»ni boshqaradi va o‘tgan mavsum klubi bilan Yevropa ligasini qo‘lga kiritdi.

8-o‘rin: Arsen Venger, 869 million yevro



Sobiq  murabbiy Arsen Venger yosh iste’dodlarni mohirlik bilan kashf etdi, lekin jahon sahnasida yuqori darajadagi xaridlarni ham amalga oshirganligi bilan ham tarixda qolgan. «Kanonirlar» ustozi sifatida Venger ikki marta jamoani kuchaytirish maqsadida katta mablag‘ sarflagan. U birinchi marta Sol Kempbell, Yens Leman, Robert Pires, Patrik Viyera, Tyerri Anri kabi futbolchilar orqali yengilmas jamoani tuzgan. Ikkinchisi – 2010 yillar o‘rtalarida: O‘zil, Mxitaryan, Mustafi va Aleksis Sanches. Venger butun faoliyati davomida 869 million yevro sarflagan va reytingimizda 8-o‘rindan joy oldi.

7-o‘rin: Antonio Konte, 939 million yevro



Italiyalik Antonio Konte murabbiylik faoliyati davomida ko‘plab xaridlarni amalga oshirgan. Italiyalik futbolchi jamoasini kuchaytirish uchun 939 million yevroni ayamadi. «Yuventus» futbol bozorida katta transferlarni amalga oshirishni boshlaganidan so‘ng, Turin klubi muntazam ravishda Chempionlar ligasida o‘ynaydigan kuchli jamoaga aylandi va bunda Kontening xizmatlari katta. Keyinchalik esa Roman Abramovichning pullari Antonioning «Chelsi» murabbiylik shtabida ishlashga yordam berdi. Shunan so‘ng, Konte 2 yil davomida  «Inter»ni boshqardi. Turli vaqtlarda u jamoa rahbariyatiga Karlos Teves, Ngolo Konte, Alvaro Morata, Romelu Lukaku va Ashraf Hakimi kabi futbolchilarni sotib olish taklifini kiritgan.

6-o‘rin: Massimiliano Allegri, 972 million yevro



Harajatlari hali 1 milliard yevroga yetmagan ushbu ro‘yxatning so‘nggi vakili Massimiliano Allegri hisoblanadi. Italiyalik mutaxassis moliyaviy jihatdan imkoniyatlari yuqori bo‘lgan ikkita jamoa - «Milan» va «Yuventus» bilan ishlagan. Xullas, murabbiyning harakatlari evaziga Zlatan Ibragimovich 2011 yilda 24 million yevro evaziga «rossonerilar» safiga kelib qo‘shildi, shved futbolchisi ikki mavsumni «San-Siro»da o‘tkazdi.

«Byankonerillar»da vaziyat boshqacha edi: Ronaldu, Duglas Kosta, Iguain, Joau Kanselu, Federiko Bernardeski - bu 5 yil ichida jamoaga qo‘shilganlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati, xolos. Ba’zida transferlar muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi, ammo Massimiliano boshchiligidagi «Yuventus» Skudettoni qulga kiritishda penta-trikni amalga oshirdi va ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi, afsuski, murabbiy «Barselona» va «Real Madrid»ga yutqazib qo‘ygan.

5-o‘rin: Diyego Simeone, 977 million yevro



Diyego Simeone 2011 yildan beri «Atletiko»ni boshqarib kelayotganiga ishonish qiyin. Bu vaqt ichida u ikki marta «Real Madrid» va «Barselona» gegemonligini sindirib, Ispaniya chempioni bo‘lishga, shuningdek, Yevropa Ligasida ham ikki marta oltin medallarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalik mutaxassis bularning barchasiga nafaqat mahorati, balki 977 million yevro evaziga erishgan. Madrid klubi ko‘plab transferlarni amalaga oshirgan. Xususan, 2011 yilda «Portu»dan 40 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan kolumbiyalik - Falkalo. Keyinchalik esa, Antuan Grizmann, Diyego Kosta va Tom Lemarning ham madridliklar safiga ko‘chib o‘tishida mutaxassisning xizmatlari bor. «Matraschilar» tarixidagi eng qimmat xarid esa Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Joau Feliks hisoblanadi. «Atletiko» futbolchi uchun «Benfika»ga naq 113 million yevro to‘lagan: 10 yil ichida sarflagan mablag‘larning 10% dan ortig‘i aynan Feliks uchun sarflangani esa aql bovar qilmaydi!

4-o‘rin: Manuel Pellegrini, 1 milliard 40 ming yevro



Bu ko‘pchilik uchun kutilmagan natijas bo‘lishi mumkin, ammo Manuel Pellegrini o‘z faoliyatida milliondan ko‘proq pul sarfladi. Birinchi yuqori darajadagi kelishuvlar 2009 yilda «Real Madrid»ga o‘tgan Kaka va Krishtianu Ronaldu edi. Shuningdek, «Manchester Siti»da futbolchilar Fernandinyo, Mangalya, Rahim Sterling, Kevin De Bryuyne kabi hozirda jamoaning asosiy tarkibi yarmini tashkil etuvchi futbolchilarni sotib oldi. Qolaversa, «Malaga»da ham bir qancha xaridlarni amalga oshirgan. Pellegrini Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» klubida ishlaganda esa Lavessi uchun 15 million yevro sarflagan.

3-o‘rin: Karlo Anchelotti, 1,335 milliard yevro



1 milliard 335 ming yevro - «Papa Karlo» butun faoliyati davomida transferlar uchun shuncha sarflagan. Ha, Anchelotti o‘zining ideal futbolchisini qidirishda katta xaridlardan qo‘rqmadi. Milanda jiddiy xarajatlar boshlandi: italiyalik Rui Kostani 41 million 320 ming yevroga taklif qildi. Keyinchalik,  «Chelsi»da ishlayotganida Fernando Torresni xarid qildi. «PSJ», «Real» va «Bavariya» kabi yetakchi klublarda ham bir qancha trasferlarni amalga oshirgan.

O‘tgan mavsum Karlo Anchelotti «Everton»da ishladi va Liverpul klubida 75 million yevro sarflagan.
Joriy mavsum avvalida italiyalik «Real»ga qaytdi va «Renn» futbolchisi Eduardo Kamavingani 55 millonga sotib oldi.

2-o‘rin: Pep Gvardiola, 1,457 milliard yevro



Pep Gvardiola faqatgina Manchesterdagi faoliyati davomida himoyachilar uchun 200 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan. Faoliyati davomida uning sarflagan pullari 1,457 milliard yevroni tashkil etadi. «Barselona»da ispaniyalikning eng qimmat xaridi «Inter»dan 69 million 500 ming yevroga ko‘chib o‘tgan Zlatan Ibragimovich hisoblanadi. Keyin o‘yinchilar uchun xarajatlar faqat yanada o‘sib bordi. «Bavariya»dagi so‘nggi mavsumida Pep 90 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi. «Siti»dagi birinchi mavsumda darhol ikki yuz million sarfladi, shundan 65 millioni himoyachilar sotib olishga ketdi. Joriy mavsum avvalida «shaharliklar» «Aston Villa»da Jek Grilishni naq 117 million yevroga sotib olishdi. Bu ham klub tarixida eng qimmat trasferlar sifatida qoldi.

1-o‘rin: Joze Mourinyo, 1,500 milliard yevro



Portugaliyalik o‘zining yorqin faoliyati boshidan buyon bir yarim milliard yevro sarfladi. «Chelsi»da Jose juda kam pul sarfladi. Vaholanki, «Manchester Yunayted»ga kelganida, u yaxshigina xaridlarni amalga oshirgan. Xususan, Pogba – 105, Lukaku – 84, Fred – 59 va Matich – 44 million yevro. Bu transferlarning ba’zilari o‘zini oqlamaganini aytib o‘tish kerak, lekin Mourinyo munosib o‘yinchilarni har doim ham oqilona va ob’ektiv narxda evaziga sotib olgan.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 26.10.2021 14:35. O'qildi: 5678 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik