Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Xavi ishga kirishdi

Xavi ishga kirishdi

Xabaringiz bor, «Barselona» 8 noyabr kuni klub afsonalaridan biri Xavini bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. Ma’lum muddat Qatarda tajriba orttirgan mutaxassis Kataloniya klubida ishga kirishib, kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar bilan tanishmoqda, imkoniyatlarni chamalamoqda. Albatta, tarkibni kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

«Barselona» direktori Mateu Alemani kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Xavi bilan suhbatlashish asnosida, klubdagi tibbiy muammolar imkon qadar tezroq hal qilinishi bo‘­yicha maslahatlashdi.

Alemani noto‘g‘ri tashxis qo‘­yishdan, o‘yinchining yomon tiklanishidan va residivlardan charchaganligini aytgan. «Barselona»ning 11 nafar futbolchisida jarohat borligi aytilgan. Xabar qilinishicha, muammo faqat tibbiyot shtabida emas, balki fitnes bo‘limida ham bor. «Barselona» avvalroq Fatining boldir suyagi jarohatlanganini tasdiqlagandi.

Qo‘shimcha sifatida ta’kidlash o‘rinli, Xavi hali murabbiylar shtabini to‘liq shakllantirgani yo‘q. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laportaning aytishicha, yordamchilar qatorida «ko‘k-anorranglilar»ning sobiq himoyachilari Dani Alvesh va Karles Pu­yol ham bo‘lishi mumkin. «Ularning Xavi bilan munosabatlari juda yaxshi, doimo unga va «Barselona»ga yordam berishga tayyorlar. Agar kerak bo‘lsa, doimo shu yerda bo‘lishadi», - deya Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.

Shuningdek, Xavi hujumchi Usmon Dembele haqida gapirdi. «U bilan shartnomani uzaytirish - ustuvor vazifalarimizdan biri. Usmon o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanishi mumkin. Salohiyat yetarli, lekin u muntazam ravishda yuqori saviyani ko‘rsatish uchun ko‘p mehnat qilishi kerak». Ispaniyalik mutaxassis 24 yoshli fransuzning Chempionlar Ligasi doirasida Kiyevning «Dinamo»siga qarshi o‘yinda (1:0) olgan jarohati haqida ham fikr bildirdi. «Jarohatlar bizning butun hayotimiz bo‘ladi, ammo shikastlanishlarning oldini olish uchun yaxshi mashq qilishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qildi Xavi.

Dembelening «Barselona» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum hujumchi bitta o‘yin o‘tkazdi va hali samarali harakatlarni amalga oshirishga ulgurmadi.

E’tiborlisi, Xavi «Barselona» klubida ish boshlashdan avval Braziliya terma jamoasini boshqarish taklifini rad etgan. «Kamp Nou» stadionida 41 yoshli mutaxassisning tanishtiruv marosimida Xavi ushbu mavzuga ham alohida to‘xtaldi. «Braziliya futbol konfederasiyasi bilan muzokaralar olib borildi, Tite jamoasiga qo‘shilish, uning yordamchisi bo‘lish, navbatdagi jahon chempionatidan keyin uning o‘rnini egallash haqida gaplashdik. Lekin mening ustuvor vazifam har doim «Barsa»ga murabbiy sifatida qaytish bo‘lgan», - dedi Xavi The Athletic nash­ri vakillariga bergan intervyusida.

Bo‘lajak transferlar haqida gap borganda, «Vilyarreal» futbolchisi Yeremi Pinoning «Barselona» qiziqishlari doirasiga tushganini e’tirof etish o‘rinli. Bu haqda Ispaniyaning Todofichajes nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yoshli ispaniyalik yarim himoyachiga kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiy Xavi shaxsan qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, «sariq suvos­ti kemasi» futbolchini kamida 2022 yilning yoziga qadar o‘z safida olib qolmoqchi, deyiladi xabarda. Pinoga «Barsa»dan tashqari «Atletiko» va «Real» ham qiziqish bildirmoqda. Yeremi joriy mavsum jami 15 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta assistni amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 30 million yevroga baholagan.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz

Kiritildi: 13.11.2021 23:30. O'qildi: 9271 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik