Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Transfer oynasini “portlatuvchi“ xaridlar to‘rtligi

Transfer oynasini “portlatuvchi“ xaridlar to‘rtligi

Mavsum avvalida qanday olamshumul transferlar amalga oshgani hamon yodimizda. Grandlar pandemiya davrida moliyaviy muammolarga duch kelishi kutilayotgan bir vaqtda ular pullarini ayamay ishlatishdi. Lukakuning rekord summa evaziga “Chelsi“ga qaytgani, Grilishning allambalo narx evaziga “shaharlik“ka aylangani, Parijda Messi bilan birgalikda yangicha “galaktikos“ qurilishi va Ronalduning MYUga qaytishini unutmoq oson bo‘lmasligi aniq. Xo‘sh, kelayotgan transfer oynasida (qishki yoki yozgi, farqi yo‘q) bizni qanday voqealar kutib turibdi? Bunisi ham unutilmas bo‘lib qolishi mumkinmi? Bizning javobimiz – ha, kelgusi transfer bozori ham esda qolarli bo‘ladi. Negaligiga esa quyida batafsil javob topasiz. Demak, super xaridlarga sabab bo‘luvchi 4 yulduz haqida gaplashamiz. Ketdik.

1. Erling Xoland

Kelajak futbolining ikki egasidan biri sifatida qaralayotgan Erling Xoland mavsum oxirida jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Hatto, shu qishdayoq u boshqa jamoa safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. To‘g‘ri, bunga ishonish qiyinroq. Biroq Erlingga munosib taklif tushsa, u ko‘p o‘ylab o‘tirmasligi uning oxirgi qarorlaridan so‘ng yaqqol bilinib qoldi.

Ayni damda, norvegiyalik megayulduzga Angliyaning “Manchester Siti“, “Chelsi“ hamda Ispaniyaning “Real Madrid“ va “Barselona“ kabi gigant klublari “sovchi“ bo‘lib turibdi. Futbolchining o‘zi APL emas, La Liga varianti ma’qul ekanligini “qistirib“ o‘tgan. Lekin u La Liganing aynan qaysi jamoasiga o‘tishini ochiqlamadi.

Taxminimizga ko‘ra, u katalon klubiga ko‘chib o‘tadi. Ha, madridliklarda pul ko‘p, ular hozir azaliy raqibidan bir bosh ustun. Ammo yozda Xolandning asosiy raqobatchisi hisoblanmish futbolchining “Real“ libosini kiyishi norveg uchun yoqimli holat emas. U nisbatan kuchsizroq joyda, yosh va iste’dodli o‘yinchilar ichida yetakchi bo‘lib yurgani ma’qulroqdek ko‘rinmoqda. Biz uchun eng asosiy va muhim jihat – yana o‘sha shiddatli El-klasikolarning ortga qaytishi. Balki shuning uchun ham Xolland “Barselona“ga o‘tishi kerakdir?!

2. Kilian Mbappe

Mana o‘sha yuqoridagi Erlingning asosiy “dushman“i. PSJning hozirgi kundagi eng sermahsul futbolchisi, Fransiyaning bo‘lajak yetakchisi va ehtimol, “Real Madrid“ning-da bo‘lg‘usi yulduzi. Ko‘plab manbalarning xabar berishicha, Kilian allaqachon “qaymoqranglilar“ bilan og‘zaki kelishuvga erishib ulgurgan. Yozda u erkin agent sifatida “Real Madrid“ safiga kelib qo‘shiladi. Bu haqida bir qancha istisnolar uchrab turayotgan ersa-da, futbolchi Madridni tanlagani haqida gapirib o‘tdi. Demak, futbolchining kelajagi borasida boshqa gap-so‘zga o‘rin bo‘lishi mumkin emas, fikrimizcha.

Eslatib o‘tamiz, Kilianning xizmatiga “blankos“ bilan bir qatorda “Chelsi“, “Liverpul“ va MYU singari klublar ham qiziqish bildirmoqda.

3. Romelu Lukaku

“Chelsi“ning qimmatbaho hujumchisi shu mavsum jamoaga kelganiga qaramay, bu yerda ancha-muncha “qovun tushirish“ga ulgurdi. Intervyularida “Inter“ga tez orada qaytishini baralla so‘zlagan Romelu ko‘p o‘tmay, klubdan kechirim so‘rab chiqdi.

Ammo baribir Lukakuning Londonda o‘zi istaganini qo‘lga kiritishi oson bo‘lmaydi. Buning uchun u yanada rivojlanishi va universallashmog‘i darkor. Faqatgina hujumchi sifatida u “Chelsi“ning asosiy futbolchisiga aylanishi amri mahol.

O‘sha mashhur intervyusida belgiyalik futbolchi yana “Inter“ga qaytishini yoki Konte bilan “Tottenxem“da ishlamoqchi ekanligini keltirib o‘tgan. Ko‘rinishidan amalga oshishi qiyin transfer. Lekin futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hatto Lukaku yanvardayoq “aristokratlar“ni tark etishi ehtimoli ham yo‘q emas.

4. Xarri Keyn

“Tottenxem“ yetakchisi bu mavsum boshida klubdan ketishini e’lon qilib, o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ragandi. Rahbariyat uni transferga qo‘yishga qo‘ydiyu, ammo futbolchi uchun yuborilgan har qanday taklifni rad etdi. Xarri bunga javoban turli choralar qo‘llab ko‘rdi, mashg‘ulotlarga bormadi, borsa ham kechikib boradigan bo‘ldi. Yana murabbiy bilan Keyn o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani haqida norasmiy xabarlar chiqdi. Shunga qaramay, qaysar Deniyel Leviga (klub prezidenti) bu zarracha ta’sir qilmadi. U ingliz forvardini baribir jamoasida olib qoldi.

Vaholanki, Keynda hali ham boshqa jamoaga o‘tish uchun imkon saqlanib turibdi. Qishda buni amalga oshirish ancha qiyin, ammo mavsum yakunlangach, u kattaroq maqsadlar sari qadam tashlashi mumkin bo‘ladi. Zotan, hujumchini “shporlar“ qancha uzoq ushlab tursa, uni sotishdan tushadigan foyda ham shunchalik kamayib boraveradi. Hatto Xarri London klubi bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agent sifatida jamoani tark etishi ham mumkin. Axir u allaqachon “Tottenxem“ga bo‘lgan sadoqatini ortig‘i bilan isbotlab ulgurdi. Endi u o‘zi istagan paytda jamoa almashtirish huquqidan foydalansa, har ikki tomon uchun adolatli bo‘lardi.

Darvoqe, Xarri Keyn uchun asosiy da’vogar hozircha “Manchester Siti“ bo‘lib turibdi.

 ******

Futbolda pul borgan sari kattaroq masshtabni egallab bormoqda. Endi biz uni millionlar emas, bemalol milliardlar o‘yini deb atasak ham bo‘laveradi. Ushbu sportning muxlislari ham milliarddan o‘tsa o‘tadi-ki, aslo kam bo‘lmaydi. Undagi pullar haqida ham hozir shunday desak mos kelaveradi. Bu ketishda, futbolda “boy boyga qarab, soy soyga qarab oqadi“ degan maqol ommalashib ketmasa bo‘ldi.

Manba: www.stadion.uz

Kiritildi: 06.01.2022 19:02. O'qildi: 8842 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik