Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

2021 yilda amalga oshirilgan eng yomon transferlar

2021 yilda amalga oshirilgan eng yomon transferlar

2021 yilda ko‘plab mashhur transferlar sodir bo‘ldi. Biroq ularning hammasi ham kutilgan natijani bermadi, shunday transferlar borki, ularni omadsiz deb hisoblash mumkin. Sizlar bilan bugun mana shunday yettita kelishuvni ko‘rib chiqamiz.

Jek Grelish, 117,5 million yevro, “Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga

2021 yildagi eng qimmat transfer “Siti” rahbariyati uchun hamon hafsalani pir qilmoqda. Grilish yangi mavsumda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu uning summasiga mos ko‘rsatkichlar emas. Qanot hujumchisi hali ham "Man Siti"ning o‘yiniga to‘g‘ri kelmadi va liganing to‘rtta o‘yinida u hatto zaxirada qoldi. Bundan tashqari, Jek Fil Foden bilan yoqimsiz voqeaga duch keldi. "Lids"ni mag‘lub etishgach (7:0) o‘yinchilar tungi klubga borishgan.

“Men futbolchilarning maydondagi va undan tashqaridagi xatti-harakatlariga katta e’tibor beraman. Maydon tashqarisida esa futbolchilar yetarlicha harakat qilmasa, ular tarkibga kiritilmaydi. Futbolchilar doimo diqqat markazida bo‘lishlari kerak. Rojdestvo davrida chalg‘itadigan va atrofda sodir bo‘layotgan barcha narsalarga qaramay, siz hali ham konsentrasiyani saqlab qolishingiz kerak ", - dedi futbolchilarning harakatlariga Xosep Gvardiola.

Jeydon Sancho, 85 million yevro, Dortmundning "Borussiya"sidan "Manchester Yunayted"ga

"Manchester Yunayted"da 20 ta o‘yinda Sancho ikkita gol urdi, ikkalasi ham Ole-Gunnar Sulsherning chetlatilishidan keyin. Balki norvegiyalik mutaxassisning o‘yin modeli unga mos kelmagandir. 21 yoshida Jeydon "Borussiya Dortmund" tarkibida 137 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urgan va 64 ta golga assistentlik qilgan. Rangnik qo‘l ostida ingliz avvalgi o‘yiniga qaytishi mumkin. Nemis mutaxassisining fikricha, uning uchun har bir futbolchi o‘z pozisiyada o‘ynashi muhim. "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga Sanchoning kuchli o‘ntalikka kirishi yoqdi.

Saul Niges ijara asosida "Atletiko"dan "Chelsi"ga

"Atletiko" prezidenti aytganidek, yarim himoyachi bo‘yicha kelishuv transfer oynasining so‘nggi kuni soat 23:57da yopildi. Ispaniyalik futbolchining ijarasi "Chelsi"ga 5 million yevroga tushdi. Uni sotib olish Tomas Tuxelning tashabbusi bilan amalga oshirildi.

“Men bu futbolchini ko‘p yillardan beri bilaman, boshqa klublarda ishlaganimda uni sotib olishga harakat qilganman, ammo buning iloji bo‘lmadi. Shu bois futbolchini ijaraga olish imkoniyati paydo bo‘lgach, bundan xursand bo‘ldik. U strategik o‘yinchi, to‘p uzatish qobiliyatiga ega, u juda mehnatkash. Menimcha, u jamoaga juda mos keladi va shuning uchun u juda baxtli”, - degan edi Tuxel.

Saul “Chelsi” safida 11 ta o‘yin o‘tkazgan. Lekin asosan u o‘rinbosar sifatida maydonga chiqadi. Endi “ko‘klar” bosh murabbiyi yarim himoyachi nomiga aytilayotgan tanqidlarga javob berishga majbur.

“Saul o‘zini “Atletiko”dagidek rol va mas’uliyatga egadek his qilyaptimi? Yo‘q, ehtimol hali emas. U kurashyaptimi? Ha, albatta. U Premer-ligada kurashgan birinchi futbolchi emas va oxirgisi ham bo‘lmaydi. Biz futbolchilarimizni himoya qilamiz va men hamisha futbolchilarimni himoya qilaman”, - deydi Tuxel.

Janluiji Donnarumma, erkin agent, "Milan"dan "PSJ"ga

Yevro-2020 g‘olibi hali ham “PSJ”ning asosiy darvozaboniga aylangani yo‘q. Hozirda u o‘yin vaqtini Keylor Navas bilan baham ko‘rmoqda va bu italiyalikni xavotirga solmoqda. Donnarumma parijliklar safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol o‘tkazib yuborgan. Donnarumaga zaxirada o‘tirish yoqmayapti.

Biroq Maurisio Pochettino raqobat Donnarummaga foyda keltirishiga ishonmoqda: “Menimcha, hammasi yaxshi. Har bir inson rivojlanishning turli davrlarini boshidan kechiradi. Har bir tomonni yaxshi tushunish mavjud. Raqobat muhim va mutlaqo sog‘lom. Bu jamoaning rivojlanishiga va har kuni bizda bo‘ladigan darajaga hissa qo‘shadi. Darvozabonlarimizga rahmat aytishimiz kerak, chunki ular har kuni bor kuchlarini berishadi".

Serxio Ramos, erkin agent, "Real"dan “PSJ”ga

Ramos to‘rt oy deganda oyoq suyagidagi jarohatidan tuzalib ketdi, shuning uchun u "PSJ"da 28 noyabr kuni "Sent-Eten" bilan 90 daqiqa o‘ynadi. O‘shandan beri himoyachi parijliklar safida uchta o‘yin o‘tkazdi va mushaklari shikastlangani uchun yana to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. "Loryen"ga qarshi bahsda ispaniyalik futbolchi to‘rt daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Ramos “PSJ”ga o‘tganidan keyin 23 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

“Biz jamoamizni qurish vaqt masalasidir. Pochettino aytganidek, Messi va Serxio Ramos kabi bir klubda 15 yil o‘tkazgan futbolchilar uchun boshqasiga o‘tib, hech narsa o‘zgarmagandek o‘ynash oson emas. Yumshoq o‘tish bo‘lishi kerak. Jamoalarga o‘ynash uchun vaqt kerak. Klopp to‘rt yil davomida "Liverpul" bilan hech narsa yutolmadi”, - deydi Ander Errera Serxio Ramosning muammolari haqida gapirar ekan.

Serxio Aguero, erkin agent, "Manchester Siti"dan "Barselona"ga

Aguero "Barselona" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi, ammo klubda atigi olti oy qoldi. Argentinalik futbolchi oyoq suyagidagi jarohatdan tiklanish uchun ikki yarim oy vaqt sarfladi, shuning uchun u faqat oktyabr oyida debyut qildi. "Barselona"ning "Real"ga qarshi o‘yindagi yagona goliga Aguyero mualliflik qildi.

“El-klasiko”dan bir hafta o‘tib “Alaves”ga qarshi o‘yinda taxikardiya tufayli hujumchi almashtirildi. Klub matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli kamida uch oyni o‘tkazib yuborishi kerak edi. Ammo hammasi bundan ham battarroq chiqdi: hujumchi faoliyatini yakunlashi kerak edi.

“Men har doim yana o‘ynash uchun hamma narsani qilishimni bilardim. Ammo so‘nggi tekshiruvlardan so‘ng shifokorlar professional tarzda futbol o‘ynashni to‘xtatishimni maslahat berishdi. Bu qaror qabul qilish uchun yetarli edi. Bunday sharoitda faoliyatni tugatish qiyin, lekin hayot eng muhimi.

Futbol menga o‘rgatgan ko‘p narsadan biri shundaki, siz mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira olasiz. Hozir hech narsa o‘zgarmadi. Albatta, bu qiyin, lekin bu fojia emas. Fojia boshqacha bo‘lardi. Men nima qilishim haqida emas, balki futbolga bag‘ishlagan sehrli 18 yilim haqida o‘ylayapman.

Yildan yilga ishlagan ishtiyoq va fidoyilik kabi buyuk martaba men bilan qoladi. “Independiyente”, “Atletiko”, “Manchester Siti”, “Barselona” va Argentinada o‘ynaganimda qanday qo‘llab-quvvatlaganimni eslayman. Barcha qiyinchiliklarga qaramay meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislardan minnatdorman. Sizning yordamingiz meni kuchliroq qildi.

Hayot davom etmoqda, oldinda hali ko‘p narsalar bor. Yangi bosqich boshlanadi. Lekin men o‘sha ruhda davom etaman: ijobiy, ishtiyoq va quvonch bilan”, — deb yozdi Aguero o‘zining professional faoliyati bilan xayrlashib, Twitterda.

Agueroning faoliyati yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli qisqartirildi.
Aguero juda tez orada futbolda yangi hayot boshlashi mumkin. Uning xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" hujumchiga klubda ishlashni taklif qilgan.

Manba: www.championat.com

Kiritildi: 07.01.2022 10:13. O'qildi: 5614 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik