Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Maurisio Zamparini. «Tili zahar» funksioner nimalari bilan yodda qoldi?

Maurisio Zamparini. «Tili zahar» funksioner nimalari bilan yodda qoldi?

Kecha «Palermo» prezidenti Maurisio Zamparini 81 yoshida vafot etganini ma’lum qilgan edik. Sobiq futbol funksionerining sog‘lig‘iga shaxsiy hayotidagi fojialar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bir necha oy oldin uning o‘g‘li, 23 yoshli Armando Zamparinining jasadi London mehmonxonalaridan birida topilgan edi.

1987 yildan 2002 yilgacha Maurisio «Venesiya» prezidenti bo‘lgan edi. U chorak asr deganda jamoani A Seriyaga olib chiqdi. Mahalliy hokimiyat bilan kelishmovchiliklar tufayli Zamparini «Venesiya»ni tark etishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik u «Palermo»ni sotib oldi, u shu orqali butun dunyoga mashhur bo‘ldi va «murabbiylar kushandasi» laqabini oldi. Negaligini esa quyida bilib olasiz.

Zamparinining 16 yillik davrida Sisiliya klubida jami 45 marta murabbiylar almashgan, «Palermo»da 32 nafar mutaxassis ishlagan (ba’zilari ikkinchi imkoniyatga ega bo‘lishgan ham, ba’zilari hatto 4 martagacha jamoani boshqargan). «Palermo» Zamparini qo‘l ostida hech qanday sovrin yuta olmagan, ammo u haqli ravishda sisiliyaliklar tarixidagi eng yaxshi prezident sanalishga haqli.

Maurisio Zamparinining sa’y-harakatlari bilan «Palermo» Italiya futboli elitasiga qaytdi va Edinson Kavani, Paulo Dibala va Xavyer Pastore singari nomlarni katta futbol bozoriga chiqardi. Klubning barcha rekordlari ushbu prezident davrida o‘rnatilgan.

Zamparini butun faoliyati davomida «tili zaharli» kishi sifatida yodga olinadi. Quyida uning turli insonlarga aytgan fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz. 

Uning «Palermo» futbolchilari haqida «Torino»ga 1:3 hisobida yutqazgandan keyingi fikrlari ko‘pchilik OAV e’tiborini tortdi.

«Sizlar futbolchi emassiz, balki bir guruh gimnaziya qizlariga o‘xshaysiz! Men hozirgi yoshimda ham hatto to‘pga zarba berishda sizlardan ko‘ra tezroq yuguraman». Ha, albatta, keksa futbol odamining o‘z sohasiga bo‘lgan muhabbati va ishtiyoqi hanuzgacha so‘nmagan edi.

«Inter» haqida (1:2) o‘z uyidagi mag‘lubiyatdan keyin ham fikr bildirgan:

«Ilgari hakamlarning barcha imtiyozlari «Yuventus»ga berilar edi, biroq hozir «Inter»ga ham hakamlar «yordami» ancha ish bermoqda. Hakam bizning foydamizga kamida to‘rtta penalti belgilashi kerak edi, lekin u hech qachon bu nuqtaga ishora qilmadi. Sizga aytishim mumkinki, «Inter» bu borada yangi «Yuventus»ga aylangan».

«Roma» haqida (0:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng) u ishdan bo‘shatilgan va 2 oydan keyin yana lavozimiga qaytgan.

Bu jamoa «Palermo»ni vayron qildi, lekin menda bu jamoaning qo‘llayotgan taktikasiga nisbatan yumshoq rejalar ham bor. Ko‘rinishidan, «Roma» mening xotinimga o‘xshaydi: salbiy tomonlariga qaramay, men unga qarshi yo‘llarni topaveraman».

«Milan»ga qarshi o‘yinlardan biri oldidan funksioner quyidagi so‘zlarni aytgan:

«Katta ehtimol bilan bugun biz 0:2 hisobida yutqazamiz. Men bu o‘yindan juda xavotirdaman, chunki jamoa juda takabbur ko‘rinishga kelib qolgan. Shuni esda tutish kerakki, biz mahalla jamoasi bilan emas, balki «Milan» bilan o‘ynamoqdamiz». Shundan so‘ng funksionerning taxminlari o‘zini oqlagan.

Xavyer Pastore haqida:

«Bu yigit daho. U bilan ajralishga jazm qilolmasam kerak. 40 million yevro? Umuman! Pastorening o‘ng oyog‘ining o‘zi ham 40 milliondan yuqori turadi! Bo‘ldi boshqa bu haqida gapirmayman»

Ingliz klublari haqida:

Bu liga rahbarlari uyatsizlarcha barcha iqtidorlarga yoppasiga ko‘z olaytiradi. Klublar qaroqchilar kabi harakat qiladilar va o‘z manfaatlari uchun Yevropa klublarini muntazam talon-taroj qilishga o‘rgangan. Boshqa davlatlarning yosh o‘yinchilari bilan shartnoma imzolash orqali ular hamma narsaga erishadilar. Biroq bu yosh iste’dodlarga muntazam zarar yetkazishi mumkin. Majburlab hech narsaga erishib bo‘lmaydi.

«Palermo» futbolchilari haqida [«Treviso» bilan 2:2 hisobidagi durangdan keyin]:

O‘sha o‘yindan keyin Sisiliyaga qaytishni istamadim, chunki bu natijada ishtirok etgan barchani yoppasiga kaltaklashni xohlardim. Agar menga bog‘liq bo‘lsa, ularga boshqa hech qachon maosh to‘lamas edim».

Joze Mourinyo haqida:

«Palermo» o‘z uyida o‘ynaganda, men doimo mehmonlar rahbariyati va murabbiylar shtabiga salom aytish uchun kelaman. Men Joze Mourinyoga qo‘limni cho‘zdim va uni Italiyada kutib olganimdan, u bilan uchrashganimdan xursand ekanligimni aytdim. U nima qilganini bilasizmi? Shunchaki orqaga o‘girildi va ketdi. Mourinyo o‘zini «Special One» deb ataydi, lekin aslida u qo‘pol va xulqsiz inson». 

Paulo Dibala haqida [2020 yilda]:

Men hali ham Dibalaning keyingi Messi bo‘lishiga ishonchim komil. Paulo chempion bo‘lishidan tashqari, potensiali juda yuqori bo‘lgan futbolchi. Paulo uch yil oldin mening maslahatimni qabul qilib, Turinni tark etishi kerak edi. Men unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Yuventus»dan ketishini aytdim. U «Real» yoki «Barselona»ga ko‘proq mos keladi. Lekin u har doim «Yuventus»da juda baxtli ekanligini ta’kidlayvergan. Mana, bu yakunda xato bo‘lib chiqdi».

Futbol hakamlari haqida:

Bugun [Palermo «Kalyari»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi] bizning o‘yinimizni A Seriyada o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan notanish bir hakam boshqarib bordi. Italiyada hakamlik tizimi qora qutiga o‘xshaydi, uning ichida korrupsiya gullab-yashnamoqda. Italiya futbolini yaxshilash uchun ko‘plab hakamlarni qamoqqa tashlashimiz kerak».

Yomon o‘yinlaridan keyin «Palermo» murabbiyi haqida aytgan fikrlari ham ancha kinoyali tus oladi.

Jamoa bugun juda ko‘p to‘psiz harakat qilmoqda, chunki bizda buni futbolchilarga singdira olmaydigan murabbiy ishlayapti.

Qisqa qilib aytganda, Zamparini butun faoliyati davomida o‘z klublari rivoji uchun barcha harakatlarni amalga oshirgan.

Kiritildi: 02.02.2022 12:01. O'qildi: 1844 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik