Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Jahon futbolidagi eng qimmat markaziy yarim himoyachilar beshligiga kimlar kirishini bilasizmi?

Jahon futbolidagi eng qimmat markaziy yarim himoyachilar beshligiga kimlar kirishini bilasizmi?

Futbol o‘yinlari, bir iborada aytilganidek, yarim himoyada yutiladi yoki yutqaziladi, shuning uchun g‘alaba qozongan jamoalar safida sifatli yarim himoyachilar bo‘lishi mantiqan to‘g‘ri.

Ushbu munozara yuzasidan yarim himoyachi bo‘lgan, jahon futbolidagi eng istiqbolli va qimmat beshta markaziy yarim himoyachilarni (Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra) ko‘rib chiqamiz.

Pedri - 80 million yevro

Yevropa futbolining hozirgi “Oltin bolasi” endigina 19 yoshda, lekin u allaqachon Ispaniya terma jamoasida ham, “Barselona” asosiy jamoasida ham ajralmas futbolchiga aylanib ulgurdi. Uning eng ko‘p ajralib turadigan jihati uning ajoyib jismoniy formasi, to‘psiz aql bovar qilmaydigan harakati va, albatta, uning ajoyib texnikasi, bu fazilat "Barselona" futbolchilari uchun begona emas.

Yevro-2020dagi shov-shuvli o‘yinlari unga Ispaniya terma jamoasiga yarim finalga chiqishga yordam bergani uchun turnirning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovrinini taqdim etdi. Ispaniya terma jamoasi va ularning Tokio Olimpiadasidagi o‘yinlarini hisobga olsak, Pedri o‘tgan mavsumda klub va terma jamoa safida 73 ta o‘yin o‘tkazdi va bu uning professional futboldagi birinchi yili edi.

Djud Bellingem - 75 million yevro

“Birmingem Siti” yoshlar jamoasi orqali tanilgan ajoyib iqtidorli yarim himoyachi Bellingem yozda 19 yoshga to‘ladi. Yosh inglizning yarim himoyadagi hayratlanarli darajada o‘yini diqqatga sazovor, ayniqsa Chempionlar ligasida. Uning ko‘p qirraliligi va turli sxemalarga moslashish qobiliyati uni kelasi o‘n yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida o‘z klubi va mamlakatining yetakchi futbolchisi sifatida o‘ynashni taminlab beradi.

Bu mavsum barcha musobaqalardagi 9 gol va 4 golli uzatma yomon natija emas va bu raqamlar uch yildan keyin qanday bo‘lishini tasavvur qilish qo‘rqinchli.

Frenki de Yong - 70 million yevro

U to‘p bilan harakat qilganda unga qarshi o‘ynash ba’zi paytlari befoyda, chunki uning o‘yini bir qovushsa to‘pni hech kimga oldirib qo‘ymaydi. Uning ko‘p qirraliligi uni turli xil taktik sxemalarda markaziy yarim himoyaning turli rollarida qo‘llash mumkinligini anglatadi. Mashhur "Ayaks" akademiyasining tipik futbolchisi.

24 yoshida De Yong “Barselona”ning ajralmas qismi bo‘lib, maydon markazida to‘pga egalik qilish bo‘yicha ukalariga namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

Sergey Milinkovich-Savich - 70 million yevro

"Lasio"ning yarim himoyachisi bir muncha vaqtdan beri Yevropaning eng boy klublari nishoniga aylangan, biroq u Italiya poytaxtida qoldi va bu mavsumda super o‘yinlarni o‘tkazishda davom etmoqda. Milinkovich-Savich bu mavsumda A Seriyaning 23 ta o‘yinida 8 ta gol va shuncha assist qayt etdi. Ushbu natija markaziy yarim himoyachi uchun ajoyib ko‘rsatkichdir.

Chempionlar ligasi muntazam ishtirokchilari yozda "Lasio" futbolchisi uchun yaxshiga taklif bilan chiqishlari aniq. Savichning o‘zi uchun ham elita klublardan biriga o‘tish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin. Chunki futbolchi 26 yoshda.

Nikolo Barella - 70 million yevro

"Inter" va Italiya terma jamoasining bo‘lajak sardori. Barella kuni kecha 25 yoshga to‘ldi. Uning to‘p orqasidan tinmay yugurishi muxlislar orasida ikkita o‘pkasi bor, degan hazilni keltirib chiqargan. U markaziy yarim himoyachidan siz xohlagan pozisiyangizda foydalanishingiz mumkin.

Vaqti-vaqti bilan u haddan tashqari ko‘p ehtirosga berilib ketishi oqibatida maydonni erta tark etgan holatlar ham uchrab turadi. Lekin bu italyan mentaliteti va bu o‘zgarmaydi. Barella murabbiylari bu sifatni ijobiy tomonga yo‘naltirishlari kerak.Ko‘pgina superklublar Barellani kuzatib borishayotgani tabiiy, ulardan biri Madridning “Real”i.

Ushbu beshta iqtidordan qaysi biri bilan shartnoma imzolagan bo‘lardingiz?

Kiritildi: 09.02.2022 11:33. O'qildi: 4308 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik