Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

“Real Madrid”ning 5 xatosi

“Real Madrid”ning 5 xatosi

 

Albatta “Real” doim kuchli futbolchilar va sifatli tarkibga ega bo‘lgan. Ammo jamoaning transfer siyosati maqtashga arzigulik emas. To‘g‘ri jamoa odatda yaxshi xaridlarni amalga oshiradi. Lekin ba’zida “galaktikos” futbolchi sotishda birozga shoshqaloqlik ham qiladi. Qo‘yida madridliklar sotib xato qilgan 5 futbolchi haqida so‘z yuritamiz.

5. Markos Lyorente (“Atletiko”, 27 yosh)

  “Real”ning yarim himoya chizig‘iga ko‘plab jamoalar xavas qilishsa kerak. Negaki, “Galaktikos” markazi kuchli uchlikga tayangan holda maydonga tushadi. Ammo jamoada ularning biri yo‘q bo‘lsa bu katta bo‘lmasada muammo chiqaradi. Negaki daraja jihatidan “Real” zahirasidagi yarim himoyachilar kuchli emas. Bittagina Fede Valverdeni aytmaganda. Mana shu muammoning yechimi Markos Lyorenti bo‘lishi mumkin edi. Negaki unda jamoaga zarur bo‘lgan universallik va nisbatan Valverdega qaraganda kuchliroq barqarorlik bor. U bilan “qaymoqranglilar” markazi yanada kuchayar edi. Uning ustiga “Papa Karlo”da rotasiyalar uchun yaxshi variantlar bo‘lar edi. Darhaqiqat, Markos o‘tgan mavsumdagi sifatli o‘yinlari evaziga “Atletiko”ga Ispaniya chempionligini olib keldi. Albatta uning o‘yini “Manzanares”ning zafar quchishidagi asosiy omillardan biri bo‘lgan.

4. Raul de Tomas (“Espanyol”, 27 yosh)  

 R D T futbolchining libosiga shunday ism yozilgan. To‘g‘ri bu oddiy qisqartmalar. “Espanyol” tarkibida tobora porlab borayotgan hujumchi bir paytlar “Real” tarkibi a’zosi bo‘lganini bilarmidingiz? Raul klubga kerakmas futbolchi deb topilib “Benfika”ga sotib yuborilgan edi. “Galaktikos”da super hujumchi bor. Albatta bu – Benzema. Lekin Karim jarohat olganda yoki jamoaga yanada hujumkor o‘yin kerak bo‘lganida “Real”da kamchilik ko‘zga tashlanmoqda. Chunki, “qaymoqranglilar”ning ikkinchi hujumchisi Luka Yovich o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlay olmayapti. Balki jamoada Raul bo‘lganida “Vilyareal”ga qarshi uchrashuvda gol kirita olgan bo‘larmidi? Yovich to‘sinni ko‘zlagan vaziyatdan ikki Raul (Gonsales va de Tomas) ham foydalanar edi.

3. Pedri (“Barselona” 19 yosh)

Yuqorida “Real” yarim himoyasining kuchsiz jihatini aytib o‘tdik va uni to‘ldiradigan futbolchilardan biri so‘zsiz - Pedri.  Hayratlanishga hojat yo‘q o‘sha “Barselona”ning kelajagi hisoblanadigan Pedrito “Real” futbolchisi bo‘lishi mumkin edi. Bu transfer siyosatiga oid xato emas. Aksincha, bu “Real Kastilya” akademiyasining xatosidir. Ular kelajagini shu jamoa bilan bog‘lashi mumkin bo‘lgan iste’dodni jamoada olib qolishni istashmagan. Pedri yoshligidan “Barselona” muxlisi bo‘lgan bo‘lishiga qaramay, oilasi qistovi bilan “Real”ni tanlagan. “Barselona” u vaqtlar Pedritoni tanimas edi ham. Paradoksning g‘alatiligiga qarang, “Real” Pedrini chidamsiz va nimjon u to‘liq o‘yin o‘kaza olmaydi deb hisoblab qaytarib yuborishgan. O‘tgan yili esa yosh vunderkind ko‘rsatdi kim chidamsiz ekanligini. Menimcha, Pedridagi iqtidorni ko‘rmagan murabbiy hozir afsuslansa kerak. Aytgancha, Pedri “Barselona”ga kelgan payti “Real” unga yana qiziqish bildirgan. Ammo, yarim himoyachi ularning taklifini rad etgan.

2. Teo Ernandes (“Milan” 24 yosh)

 “Real”da yaxshi qanot himoyachilari bor. Teo jamoada payti Marselo ushbu pozisiyada qirollardan biri edi. Shu sababli “Real” fransuzni ijaraga berib yubordi va 2019 yil “Milan”ga sotib yubordi. Bu qaror bir jihatdan to‘g‘ri. Ammo o‘sha payt Marseloning jarohat olishi yoki qariyotgani hisobga olinmagandi. Hozir ham jamoada yaxshi chap qanot himoyachisi bor bu - Ferlan Mendi. Unga hurmatni saqlab qolgan holda aytishim mumkinki, Teo Mendidan ustun bo‘lsa ustundir ammo undan yomon to‘p tepmayapti. Teo rostmana “Real” uchun moslashgan futbolchi hisoblanadi. Undagi tezlik va hujumkorlik “qaymoqranglilar”ga ortiqchalik qilmas edi. Agar u “Real”da bo‘lganida Mendi bilan super raqobatni taqdim etib so‘zsiz jamoaga foydasi tegar edi.

1. Ashraf Hakimiy (“PSJ” 23 yosh)

Ashraf va Teo Ernandesning “Real”dagi holati deyarli o‘xshash. Negaki, Ashraf “galaktikos” a’zosi bo‘lgan vaqtlar Karvaxal so‘zsiz undan ustun edi. Shu sababli Hakimiy ijarada o‘ynadi. Ammo “Real” uning katta futbolchi bo‘lganini ko‘rib ham ortga qaytarishi istamadi. Marokashlik futbolchi “Borussiya Dortmund”da o‘zini ko‘rsatgach “Real” uni “Inter”ga sotib yubordi. “Inter” esa “PSJ”ga. Ashrafning iqtidoriga shubha yo‘q. Kecha madridliklar bunga amin bo‘lishdi. “PSJ” safida Hakimiy so‘zsiz eng faol o‘yinchilardan biri bo‘ldi. Uning Vinisiusga qarshi o‘yini tahsinga sazavor. Agar “Real” “PSJ” to‘sig‘idan o‘ta olmasa 43 million marta Ashrafni sotganidan afsuslansa kerak. Chunki klub uni “Inter”ga 43 million yevroga sotib yuborgan edi.  

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz

Kiritildi: 16.02.2022 21:08. O'qildi: 7133 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik