Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

"Arsenal"dan quvilgan yulduz 'Barselona"da porlamoqda

"Arsenal"dan quvilgan yulduz 'Barselona"da porlamoqda

Pyer-Emerik Obameyang "klasiko"da dubli bilan "Real"ni tom ma’noda o‘ldirdi va "Barselona"dagi statistikani fantastik darajaga olib chiqdi. 32 yoshli gabonlik futbolchi La Ligada 7 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda 10 ochko olib Kataloniya yetakchisiga aylandi. Shu bilan birga, "Arsenal"da mavsumning birinchi qismida forvard batamom so‘ngan yulduzga o‘xshab ko‘rinardi. Obameyang Londondagi sardor va eng yaxshi hujumchidan murabbiy bilan ko‘p tortishadigan futbolchiga aylangandi.

Obameyang to‘rt yil davomida Londonda barcha turnirlarda 163 o‘yinda 92 ta gol kiritib, 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ikki mavsumda (2018/19 va 2019/20) gabonlik futbolchi jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi, 2019/20 yilgi mavsumdan esa u "kanonirlar" sardori darajasiga ko‘tarildi. Pyer-Emerik 2018 yilning qishida jamoaga kelib, 2022 yilning qishida ketdi. Ammo klub afsonasi maqomida emas, balki bosh murabbiy Mikel Artetani bilan ziddiyatga uchragan futbolchi sifatida.

Avvaliga murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar normal edi. Ispaniyalik murabbiy 2019/20 yilgi mavsumda "Arsenal"ni qabul qilib olgan va Obameyangning jamoadagi pozisiyasiga ta’sir qilmagan. O‘zaro munosabatlardagi muammolar 2021/22 yilgi mavsumda boshlangan. Pyer-Emerik o‘yin borasida sezilarli darajada oqsay boshladi va londonliklarning o‘zgaruvchan uslubiga mos kelmadi. Premyer-ligadagi 14 o‘yinda u birinchi davrada atigi to‘rtta gol urdi. Barcha musobaqalarda gabonlik 15 o‘yinda 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Pyer-Emerik natijalari 2020/21 yilgi mavsumdayoq pasaya boshlagandi. "Arsenal"ning eng yaxshi hujumchisi bo‘lganidan ikki mavsumdan so‘ng u barcha musobaqalarda atigi 15 ta gol urdi (Premyer-ligada 10 ta). Ammo o‘shanda ham u doimiy o‘ynashda davom etgan.

"Futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman. Har bir inson tushunish kerak, men doim jamoa uchun bor kuchimni ishga solaman. Intizomiy qarorlar shaxsiy emas, ular faqat yaxshi natijalarga erishish uchun qabul qilinadi. Hammasi shu. Futbolchi gol urmasa, bu uning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga, kayfiyatiga ta’sir qiladi. Bunday holatda siz kurashishingiz kerak", - degan edi Arteta o‘yinlarning birida.

Ammo "Sautgempton" bilan o‘yindan keyin Obameyang tarkibdan tushib qoldi va yanvar oyida Afrika kubogiga yo‘l oldi. To‘g‘ri, hujumchi turnirda maydonga tushmadi. Forvard turnirga koronavirus bilan kelgan va tuzalganidan keyin uning yuragi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgandi. Pyer-Emerik Londonga qaytdi, ammo yangi tekshiruv yurakning sog‘lom ekanligini ko‘rsatdi. Arteta qishki transfer oynasida sobiq sardordan qutulishga ahd qildi va 31 yanvar kuni gabonlik Barselonaga yo‘l oldi.

U "Barselona"da qanday o‘yin ko‘rsatyapti?

Obameyangning transferi ko‘pchilik uchun g‘alati ko‘rindi: "Barsa" yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlagan Serxio Agueroni yo‘qotdi va zudlik bilan yangi hujumchi izlayotgan edi. Gabonlikka taklif zaruriy chora bo‘lib ko‘rindi, bu oxirgi kuni amalga oshirildi, chunki boshqa variantlar yo‘q edi. Qolaversa, kataloniyaliklar erkin agent qidirayotgan edi, shuning uchun Pyer-Emerik juda mos tushdi.

Futbolchi Kataloniyadagi faoliyatini xotirjamlik bilan boshladi: dastlabki uch o‘yinda u birorta ham golli harakatni amalga oshirmadi, sekin-asta formaga kirib, asosiy tarkibdan joy ola boshladi. Jamoa uchun to‘rtinchi o‘yinda Obameyang "Valensiya" darvozasiga 3 gol urdi. Keyingi o‘yinlarda u "Atletik", "Osasuna", "Napoli" va "Galatasaroy" darvozasiga bittadan to‘p kiritdi. Hujumchi "klasiko"da porladi va 2 gol 1 assistni amalga oshirdi.

Ko‘rinib turibdiki, Pyer-Emirikning Arteta bilan munosabatlari qiyin bo‘lgani uchun "Arsenal"da o‘yini yomonlashdi. Mikel ko‘pincha ommaviy axborot vositalarida hujumchini qoraladi va keyin uni tarkibdan butunlay olib tashladi. Bu yulduz forvardga nisbatan haqoratli qaror. Albatta, gabonlikning javob harakati ham provokasion edi. Ammo hujumchi transferga erishish va murabbiy bilan bir jamoada qolib ketmaslik uchun hamma narsani qildi. Ajralishdan so‘ng hammasi yaxshilandi: Obameyang o‘ziga xos formaga qaytdi, "Arsenal" esa Premyer-ligada kuchli to‘rtlikka kirdi.

Kiritildi: 26.03.2022 21:24. O'qildi: 2794 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik