Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi bo‘lgan Peresning asl maqsadi nima edi?

Bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi bo‘lgan Peresning asl maqsadi nima edi?

«Real»ning Mbappe va Xolandni qo‘lga kiritish uchun qilgan hiylasi oshkor bo‘lmoqda. Xo‘sh unda jamoa Kilian uchun 200 million yevro to‘lashga tayyormiz, deb yolg‘on gapirganmidi?

Ayni dam «qirollik klubi» har ikkala futbolchini ham qo‘lga kiritishlari mumkin. Ispaniyalik jurnalist Chirol Lopes «Real Madrid»ning taniqli insayderlaridan biri hisoblanadi. U asosan striming bilan shug‘ullanadi va matbuotda faqat mutaxassis sifatida ko‘rinish beradi, lekin aslida u El Chiringuitodagi mashhur teledastur mualliflaridan biri ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. U birinchi bo‘lib Serxio Ramosning «Real»dan ketishi haqida xabarlar tarqatgan edi. Madridda Raul va Alonso murabbiylik uchun asosiy da’vogar emasligini aytgan va hokazo.

Endi esa Lopes Kilian Mbappe va Erling Xoland haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi. Bir so‘z bilan aytganda, «Real» ikkalasini ham sotib olishni xohlaydi, lekin ataylab bu yo‘lda hammani chalg‘itishi mumkin.

•‎ Xoland bilan kelishuv shaxsan Florentino Peres tomonidan amalga oshiriladi, shuning uchun ommaviy axborot vositalariga bu xabarlarning sizib chiqish imkoniyati kamroq. Muzokaralar tafsilotlari va borishi haqida faqat Peresning o‘zi va uning bir-ikki eng yaqin yordamchisi biladi xolos.

•‎ Lopes qayd etadi: «Borussiya» bosh murabbiyi Xans-Yoaxim Vatske Peres bilan uchrashgan, Xolandning otasi haqiqatan ham Marbelyadan saroy sotib olgan. Bu albatta, niyatlarning jiddiyligini ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, jurnalistning ta’kidlashicha, «Real»ning o‘zi allaqachon Xoland bilan kelishuvga erishganini ham ta’kidlamoqda. Ammo ular faqat dastlabki muzokaralar xolos.

Norvegiyalikning xaridi butunlay Kilian Mbappening ehtimoliy transferiga bog‘liqligini unutmaslik kerak.

«Real Madrid» Mbappe uchun faqat bir taklif bilan chiqqan xolos. O‘tgan yozda «qaymoqranglilar» Kilian uchun 100,50 million yevro atagan edi. Biroq Madrid klubining PR bo‘limi jurnalistlarga 220 million yevro haqidagi maxsus ma’lumotlarni jo‘natgan, biroq aslida bunday takliflar bo‘lmagan. «PSJ» bunday ma’lumotlardan g‘azablandi, chunki ular Peres nimaga erishmoqchi ekanligini tushunishadi. Asl gap ham shu yerda: «Real Madrid» Mbappega har qanday holatda ham u bilan shartnoma imzolashga tayyorligini ko‘rsatib qo‘ydi – toki fransiyalik futbolchi parijliklar bilan bitimni yangilamasligi uchun. Madridliklar bundan bir-ikki yil oldin Kilianni sotib olmoqchi emas edi, chunki ular 100 milliondan ko‘proq to‘lashga tayyor bo‘lmagan. «PSJ»ga esa bu miqdor tabiiyki, yoqmagan.

Peres hattoki «PSJ» bilan muzokaralar olib borish uchun klub prezidenti bilan ham uchrashdi, 31 avgust kuni shoshilinch yig‘ilish ham bo‘lib o‘tdi, lekin aslida u yerda hech narsa muhokama qilinmadi. Bu «Real» tomonidan amalga oshirilgan bosimning ochiqcha ko‘rinishi edi.  Madridliklar «PSJ»ning rad etishini anglab, Xose Anxel Sanchesni Parijga muzokaraga jo‘natgan. Agar «Real» o‘tgan yozda Mbappe uchun 200 million to‘laganida, yakunda Xoland uchun kurasha olmagan bo‘lar edi. Hozir esa Madrid klubi ikkala futbolchi uchun ham faol kurash olib bormoqda.

Xo‘sh, Peres nega bunday qildi?

«Real Madrid» rahbarining fikricha, agar shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchi uchun 200 milliondan ko‘proq pul talab qilinsa, bu «PSJ»ning mantiqiy omillardan ancha uzoqqa chiqib ketganini anglatadi. Parijliklar 2019 yildan beri «Real»ning Mbappega qiziqishidan xabardor, ammo uni klubda olib qolish uchun aytarli hech narsa qila olmayapti.

Shu boisdan ham o‘tgan yozda «PSJ» sport direktori Leonardo juda g‘azablangandi - braziliyalikning klubdagi taqdiri Mbappening kelajagiga bog‘liq. Agar Kilian yozda «Real»ga erkin agent sifatida ketsa, Nosir Al-Xelayfi uni iste’foga chiqarishi aniq.

Kiritildi: 26.03.2022 23:06. O'qildi: 5296 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik