Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Barselona»da «Real»ga yetib olish imkoniyati bormi? «Atletiko» YECHLdan quruq qolishi mumkin. La Liganing so‘nggi turlari asosiy intrigalari haqida

«Barselona»da «Real»ga yetib olish imkoniyati bormi? «Atletiko» YECHLdan quruq qolishi mumkin. La Liganing so‘nggi turlari asosiy intrigalari haqida

Biz Yevropaning oliy ligalarida mavsum oxiridagi intrigalar haqida ma’lumot berishda davom etamiz. Biz Premyer-liga haqida oldinroq yozgan edik, endi esa La Ligadani vaziyatni tahlil qilamiz. Ispaniya chempionati yakunlanishiga 9 tur qoldi.

Ispaniya La Ligasidagi «poyga» rasmiyatchilik uchun bo‘layotganini bilish qiyin emas. Hech bo‘lmaganda bugungi kunda shunday ko‘rinmoqda. Ochkolar bo‘yicha «Real» «Sevilya»dan 9, «Barselona»dan 12 ochko oldinda. Agar, kataloniyaliklar qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonsa, madridliklar bilan oradagi farq 9 taga qisqaradi. Hattoki, o‘z uyida kechgan «el-klasiko»dagi yirik mag‘lubiyat ham Karlo Anchelotti jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlarini kamaytirmadi. Hammasi hamon Madrid klubining o‘z qo‘lida.

«Real Madrid» taqvimi: «Selta» (2 aprel, safarda), «Xetafe» (9 aprel, uyida), «Seviliya» (17 aprel, safarda), Osasuna (20 aprel, safarda), «Espanyol» (1 may, uyda), «Atletiko» (8 may, safarda), Levante (11 may, uyida), Kadis (15 may, safarda), Betis (22 may, uyida).

«Qaymoqranglilar» o‘rtacha kalendarga ega. «Real Madrid» to‘rtta o‘z uyida va beshta safarda o‘yin o‘tkazadi. «Qirollik klubi» uchun eng qiyin bahslar Madrid jamoasini quvib kelayotgan, «Sevilya» maydoniga safar va «Atletiko» bilan derbi bahsi bo‘ladi.

«Sevilya» taqvimi: «Barselona» (3 aprel, safarda), «Granada» (8 aprel, uyida), «Real» (17 aprel, uyida), «Levante» (21 aprel, safarda), «Kadis» (1 may, uyida), «Vilyarreal» (8 may, safarda), «Malyorka» (11 may, uyida), «Atletiko» (15 may, safarda), «Atletik» (22 may, uyida).

«Sevilya» «Barselona» va «Real» bilan o‘ynaydi. Xulen Lopetegi jamoasini o‘z maydonida beshta, safarda esa to‘rtta o‘yin kutib turibdi. «Vilyarreal» va «Atletiko»ga qarshi safar uchrashuvlari andalusiyaliklar uchun juda qiyin kechishi mumkin.

«Barselona» taqvimi: «Sevilya» (3 aprel, uyida), «Levante» (10 aprel, safarda), «Kadis» (18 aprel, uyida), «Real Sosyedad» (21 aprel, safarda), «Rayo Valyekano» (24 aprel, uyida), «Malyorka» (1 may, uyida), «Betis» (8 may, safarda), «Selta» (11 may, uyida), «Xetafe» (15 may, safarda), «Vilyarreal» (22 may, uyida).

«Barselona»da ikkinchi o‘rin uchun yaxshi imkoniyat bor. Xavi shogirdlari «Kamp Nou»da oltita, safarda esa atigi to‘rtta o‘yin o‘tkazadi. Va umuman olganda, taqvim dahshatli emas: «Sevilya»ni o‘zaro uchrashuvda mag‘lub etishi mumkin va ikkita safar uchrashuvi jadvalning pastidagi raqiblarga qarshi bo‘ladi.

Yevropa musobaqalaridagi o‘rinlar uchun kurash: «Atletiko» Chempionlar ligasida qatnashadi (mi?)

Ispaniyada Chempionlar ligasida to‘rtta, Yevropa ligasi va Konferensiya ligasida yana uchta jamoa qatnashadi. «Sevilya» va «Barselona» «Real» bilan birga asosiy yevrokuboklarga yo‘l oladi. «Atletiko», «Betis», «Real Sosyedad» va «Vilyarreal» Chempionlar ligasining qolgan yo‘llanmasi hamda YEL va KLdagi o‘rinlar uchun kurashadi.

«Atletiko» taqvimi: «Alaves» (2 aprel, uyida), «Malyorka» (9 aprel, safarda), «Espanyol» (17 aprel, uyida), «Granada» (20 aprel, uyida), «Atletik» (1 may, safarda), «Real» (8 may, uyida), «Elche» (11 may, safarda), «Sevilya» (15 may, uyida), «Real Sosyedad» (22 may, safarda).

Diyego Simeone jamoasi to‘rtinchi o‘rinni egallash uchun yaxshi imkoniyatga ega. «Atletiko»ning taqvimi ham yomon emas: oldinda beshta uy uchrashuvi, bor-yo‘g‘i to‘rtta safar o‘yini bor. Ular uchun eng qiyin o‘yinlar «Real» va «Sevilya» bilan, shuningdek, oxirgi turda «Real Sosyedad» maydoniga safar bahsi hisoblanadi.

«Betis» taqvimi: «Osasuna» (3 aprel, uyida), «Kadis» (9 aprel, safarda), «Real Sosyedad» (15 aprel, safarda), «Elche» (19 aprel, uyida), «Xetafe» (1 may, safarda), «Barselona» (8 may, uyida), «Valensiya» (11 may, safarda), «Granada» (15 may, uyida), «Real» (22 may, safarda).

Yaqinda «Betis» kuchli uchlikdan joy olgandi, endi esa Manuel Pellegrini shogirdlariga kuchli beshlikda qolish ham oson kechmaydi. Mavsum yakunigacha «yashil-oqlar»ning «Barsa» bilan uy uchrashuvi va beshta safar o‘yini bor. Jumladan, San-Sebastyan, Valensiya va Madridga sayohatlar kutib turibdi.

«Real Sosyedad» taqvimi: «Espanyol» (4 aprel, uyida), «Elche» (10 aprel, safarda), «Betis» (15 aprel, uyida), «Barselona» (21 aprel, uyida), «Rayo Valyekano» (1 may, safarda), «Levante» (8 may, safarda), «Kadis» (11 may, uyida), «Vilyarreal» (15 may, safarda), «Atletiko» (22 may, uyida).

«Real Sosyedad» «Betis»dan ochko olish mumkin, ammo «Atletiko»dan ochko olishi dargumon. «Basklar» mavsum yakuniga qadar beshta uy uchrashuvi, bor-yo‘g‘i to‘rtta mehmonda o‘yin o‘tkazishadi. «Betis» va «Atletiko» San-Sebastyanga tashrif buyurishadi, bundan tashqari, taqvimda «Barsa» maydoniga safar o‘yini ham bor.

«Vilyarreal» taqvimi: «Levante» (2 aprel, safarda), «Atletik» (9 aprel, uyida), «Xetafe» (16 aprel, safarda), «Valensiya» (19 aprel, uyida), «Alaves» (1 may, safarda), «Sevilya» (8 may, uyida), «Rayo Valyekano» (11 may, safarda), «Real Sosyedad» (15 may, uyida), «Barselona» (22 may, safarda).

«Vilyarreal»ning vazifasi kuchli 6 talikka kirishdir, ammo yettinchi o‘rindagi «Betis» Ispaniya kubogi finalida «Valensiya»ni mag‘lub etsa, Unai Emeri jamoasiga yevrokuboklarga yo‘llanmasidan quruq qolishi mumkin. «Sariq suv osti kemasi»ning o‘yinlar jadvali unchalik yoqimli emas. «Vilyarreal» o‘z maydonida to‘rtta o‘yin o‘tkazadi (shu jumladan «Sevilya» bilan), beshtasi boshqa safarda kechadi. Ammo «Barsa»dan tashqari mehmondagi o‘yinlar, jadvalning quyida joylashgan jamoalarga qarshi kechadi.

Ligada qolish uchun kurash: «Kadis» quyi ligaga tushib ketish zonasida emas, lekin uning La Ligada qolishi dargumon...

Ispaniya chempionatidan tushib ketish uchun nomzodlar doirasini oltita klubni ajratib ko‘rsatishi mumkin. Biroq «Rayo Valyekano» va «Elche» ham o‘zlarini erkin qo‘ymasligi kerak, chunki ularni xavfli zonadan olti ochko ajratib turibdi.

«Xetafe» taqvimi: «Malyorka» (2 aprel, uyida), «Real» (9 aprel, safarda), «Vilyarreal» (16 aprel, uyida), «Selta» (20 aprel, safarda), «Betis» (1 may, uyida), «Rayo Valyekano» (8 may, uyida), «Osasuna» (11 may, safarda), «Barselona» (15 may, uyida), «Elche» (22 may, safarda).

«Xetafe» quyi liga zonasidan 3 ochko oldinda va so‘nggi turgacha bo‘ladigan to‘qqizta uchrashuvlaridan beshtasi o‘z maydonida kechadi. Biroq, oldinda, «Real Madrid», «Betis» va «Barselona» bilan o‘yinlarda, Kike Flores shogirdlari mag‘lub bo‘lishi mumkin. Ammo keyingi turda «Xetafe» raqiblaridan biri «Malyorka»ni qabul qiladi va bu ta’qibchilari bilan oradagi farqni oshirib olish uchun ajoyib imkoniyat.

«Granada» taqvimi: «Rayo Valyekano» (3 aprel, uyida), «Sevilya» (8 aprel, safarda), «Levante» (17 aprel, uyida), «Atletiko» (20 aprel, safarda), «Selta» (1 may, uyida), «Malyorka» (8 may, safarda), «Atletik» (11 may, uyida), «Betis» (15 may, safarda), «Espanyol» (22 may, uyida).

«Granada» xuddi «Xetafe» kabi o‘z maydonida besh, mehmonda esa atigi to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi. Ammo «Sevilya», «Atletiko» va «Betis» maydoniga safar uchrashuvlarida g‘alaba qozonish deyarli imkonsiz. Boshqa o‘yinlarda ochko to‘plash mumkin, ayniqsa, o‘z maydonida «Levante»ni, safarda «Malyorka»ni mag‘lub etish muhim.

«Kadis» taqvimi: «Valensiya» (3 aprel, safarda), «Betis» (9 aprel, uyida), «Barselona» (18 aprel, safarda), «Atletiko» (21 aprel, uyida), «Sevilya» (1 may, safarda), «Elche» (8 may, uyida), «Real Sosyedad» (11 may, safarda), «Real» (15 may, uyida), «Alaves» (22 may, safarda).

«Kadis»ning dahshatli taqvim kutib turibdi. Serxio Gonsales jamoasi La Liganing 6-o‘rindan joy olgan barcha oltita klub bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, «Valensiya» bilan mehmonda o‘ynaydi. Bunday taqvim bilan La Ligada qolishga umid qilish qiyin, balki «Alaves» bilan so‘nggi tur o‘yini hech narsani hal qilmasligi mumkin.

«Malyorka» taqvimi: «Xetafe» (2 aprel, safarda), «Atletiko» (9 aprel, uyida), «Elche» (16 aprel, safarda), «Alaves» (19 aprel, uyida), «Barselona» (1 may, safarda), «Granada» (8 may, uyida), «Sevilya» (11 may, safarda), «Rayo Valyekano» (15 may, uyida), «Osasuna» (22 may, safarda).

«Malyorka» ketma-ket oltita mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi, agar jamoa shunday o‘ynashda davom etaversa, taqvimni o‘rganishdan ham foyda yo‘q. Muxlislar yangi bosh murabbiy Xavyer Agirre og‘ir o‘yinlarga qaramay, futbolchilar ruhiyatini tiklab, muammoni hal etishiga umid qilishlari mumkin. Ularni oldinda to‘rtta uy o‘yini va beshta safar o‘yini, jumladan «Barsa» va «Sevilya»ga safar uchrashuvlari bor. Ammo «Malyorka»da jadvaldagi qo‘shnilari – «Xetafe», «Alaves» va «Granada»ni mag‘lub etish imkoniyati bo‘ladi.

«Alaves» taqvimi: ««Atletiko» (2 aprel, safarda), «Osasuna» (10 aprel, safarda), «Rayo Valyekano» (16 aprel, uyida), «Malyorka» (19 aprel, safarda), «Vilyarreal» (1 may, uyida), «Selta» (8 may, safarda), «Espanyol» (11 may, uyida), «Levante» (15 may, safarda), «Kadis» (22 may, uyida).

«Alaves» bir qarashda deyarli imkonsiz vaziyatga ega. «Malyorka»dan to‘rt ochko va 17-o‘rinni band etib turgan «Kadis»dan besh ochko ortda qolmoqda. Qolaversa, chempionat yakunidagi to‘qqizta o‘yinning atigi to‘rttasi uy o‘yinidan iborat. Shunga qaramay, «Alaves» taqvimi nisbatan yengil: asosan jadvalning ikkinchi yarmidagi raqiblar bilan uchrashuvlar, jumladan – «Malyorka», «Levante» va «Kadis» bilan o‘yinlar kutib turibdi.

«Levante» taqvimi: «Vilyarreal» (2 aprel, uyida), «Barselona» (10 aprel, uyida), «Granada» (17 aprel, safarda), «Sevilya» (21 aprel, uyida), «Valensiya» (1 may, safarda), «Real Sosyedad» (8 may, uyida), «Real» (11 may, safarda), «Alaves» (15 may, uyida), «Rayo Valyekano» (22 may, safarda).

Shubhasiz, «Levante» La Ligani tark etadi. Alessio Lissi shogirdlari o‘z maydonida beshta o‘yin o‘tkazgan taqdirda ham «Kadis» bilan oradagi sakkiz ochkolik farqni yo‘q qila olmaydi. Autsayderni hali «Barsa», «Sevilya» va «Real Madrid» bilan janglar kutib turibda.

To‘purarlar poygasi: Messining o‘rnini kim egallaydi?

Oxirgi besh yil davomida Lionel Messi La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lib kelayotgan edi, biroq argentinalik futbolchi Fransiyaga jo‘nab ketdi va taxtdagi joy bo‘shab qoldi. Ko‘rinishidan, joriy mavsum La Ligada to‘purar Karim Benzemani bo‘ladi. «Real Madrid» hujumchisi 22 ta gol bilan poygada katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni uning jamoadoshi Vinisius Junior, «Xetafe» futbolchisi Enes Unal va «Espanyol» yetakchisi Raul de Tomas bo‘lishib turibdi.

Kiritildi: 02.04.2022 23:28. O'qildi: 7308 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik