Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Kuman “Barselona”ning yuziga “shapaloq” urdi

Kuman “Barselona”ning yuziga “shapaloq” urdi

Xavi jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqdi, biroq klubni yomon holatdan chiqara olmadi. Ronald Kuman g‘azabda.

"Barselona" La Liganing 35-turida "Real Betis"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. Xavi shogirdlari 35 o‘yindan so‘ng 69 ochko jamg‘argan va mavsum yakuniga 3 tur qolganida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Sevilya" 34 o‘yinda 64 ochko bilan uchinchi o‘rinda, "Atletiko" 34 o‘yinda 61 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, "Betis" 35 turdan keyin 58 ochko bilan beshinchi o‘rinda va hatto nazariy jihatdan ham kataloniyaliklarga yeta olmaydi.

Ikkinchi o‘rin "Barselona"ni qoniqtiradigan natija emas. Ayniqsa, 34-turda chempionlikni qo‘lga kiritgan "Real Madrid" bilan oradagi katta farqini hisobga olsak, bu klub uchun yaxshi natija emas. Kataloniyaliklar qatorasiga uchinchi mavsum La Ligada chempionliksiz qolmoqda. Bu 21-asrdagi eng yomon seriyalaridan biri hisoblanadi. Oxirgi marta bunday "qurg‘oqchilik" juda uzoq vaqt oldin - 2000 yildan 2004 yilgacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng "Barsa" ikki mavsumdan ortiq La Liga chempionligidan quruq qolmagan.

Joriy mavsum davomida "Barselona"da bosh murabbiy o‘zgardi. 28 oktyabr kuni klub Ronald Kuman bilan xayrlashdi va bir haftadan so‘ng uning o‘rniga Xavi Ernandesni tayinladi. Yangi murabbiy Chempionlar ligasidagi vaziyatni yaxshilay olmadi va "Barsa" guruhda "Bavariya" va "Benfika"dan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

Chempionatdagi ishlar ham yurishmadi. "Barselona" ba’zida yorqin o‘yin ko‘rsatdi ("Real Madrid"ni 4:0 hisobida mag‘lub etish - mavsumning eng esda qolarli lahzasi), lekin umuman olganda, hammasi juda noaniq edi edi. Yevropa ligasining chorak finalida "Ayntraxt"ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etish ham qandaydir sensasiyaga aylanmadi. Neytral muxlislar klub Yevropa ligasi (!) bilan xayrlashishni juda normal qabul qildi va go‘yoki, klub musobaqani tark etishi oddiy holat edi.

Xavi "Barselona"dagibirinchi mavsumini Kumandan yomonroq o‘tkazmoqda. Xavi qo‘l ostidagi 34 o‘yinda "Barsa" 19 g‘alaba qozongan, 8 marta durang o‘ynagan va 7 marta mag‘lub bo‘lgan. Kumanning natijalari esa yaxshiroq edi +22=5-7. Ha, vaziyatlar boshqacha. Kuman jamoaga Lionel Messi bor payti kelgan. Xavi mavsum boshida Leosiz muammoli “Barsa”ni boshqardi, shuningdek, unda Qatar chempionatidagi bir necha yillik tajriba bor edi.

Biroq, fakt shuki, Xavi qo‘l ostida hech qanday keskin o‘sish kuzatilmadi. Kuman yaqinda ESPN nashriga intervyu berdi. Sobiq murabbiy barcha muammoli nuqtalarni ko‘rsatib, "Barselona"ning yuziga shapaloq urdi.

"Barsa" rahbariyatining tutgan yo‘li tushunarsiz. Sababi, qayta qurish uchun vaqt kerak. Ular kengroq fikr yuritishi va Xaviga bildirilgan kabi menga hamko‘proq ishonch bildirishi kerak edi. Laporta Xavini qo‘llab-quvvatlamoqda. Men esa prezident tomonidan maksimal darajada qo‘llab-quvvatlanmadim. Shunchaki umid bilan ishladim. Ishonchim komilki, klub rahbariyati o‘z xatosini anglab yetdi. Xavi klub afsonasi, ajoyib murabbiy va ajoyib inson.

Ilgari men klubni hurmat qilganim uchun “Barselona”dagi vaziyat haqida sukut saqlardim. Xavining bunday narsalar haqida gapirishi unchalik yaxshi emas, sababi biz murabbiylar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, xavf ostida qolishimizni tushunamiz. Joan Laportaning kelajagimga shubha qilgani haqida gapirgani menga yoqmadi. Klub ichida hamma narsa haqida ochiq gapirishsa to‘g‘ri tushunaman, lekin omma oldida murabbiyni sha’niga yomon gaplarni gapirish yaxshi emas.

Men jamoani tark etayotganimda peshqadamdan 8 ochko ortda qolayotgandik. Hozir esa ushbu farq deyarli ikki baravar oshdi.

O‘zim ishlagan bir yil-u 4 oy muddat haqida kitob yozishim mumkin. Men ishlagan paytda ba’zi hodisalar ro‘y berdi: koronavirus, jamoa ma’lum muddat prezidentsiz qoldi, yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolay olmadik, keyin esa Messi va transfer oynasining so‘nggi kunida Grizmann jamoani tark etdi. Lyuk de Yongning transferi uchun meni ko‘p tanqid qilishdi, ammo uning gollari tufayli “Barsa” 5-6 ochko jamg‘ardi.

Men klub boshqaruvida muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Aksincha, “Granada” bilan o‘yindagi mag‘lubiyat tufayli La Ligadagi g‘oliblikni qo‘ldan chiqardik, ammo Kubokni qo‘lga kiritdik. Kubokni qo‘lga kiritar ekansan, bu muvaffaqiyatsizlik hisoblanmaydi.

Hozirgi “Barselona” ham xuddi mening boshqaruvim paytidagidek. Demak, murabbiyning almashishi hamisha ham klubning foydasiga hal bo‘lavermaydi. Oson va yengil taqqoslashni amalga oshirish u qadar to‘g‘ri emas.

Albatta, “Barsa” qaysidir jihatdan o‘sishga erishdi. Chunki jamoa 3 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ammo, yana takrorlayman, men ketayotganimda farq 8 ochko edi, hozir bu 15 ochkoga yetdi. Bu Xavining aybi emas. "Barselona"dagi vaziyat shunday. Ular bejizga uy bahslarida mag‘lubiyatga uchrashmayapti”, – dedi Kuman.

Afsonaviy klubga bunday yo‘l to‘g‘ri keladimi? Kuman qisman haq. Ayniqsa, "DNKning yo‘qolishi" haqidagi gaplari haqiqatga yaqin. Shu bilan birga, gollandiyalik murabbiy Xavi haqida ancha nozik gaplarni gapirdi. Bu haqiqat. Murabbiy mavsum oralig‘ida jamoa bilan bo‘lishi, transfer bozorida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi va o‘z qarashlariga ko‘ra tarkibni tayyorlashi kerak. Balki bularning barchasi amalga oshsa, kelasi mavsumda raqiblar qarshi chiqishga jur’at eta olmaydigan"Barselona"ni yana ko‘rarmiz?!

Manba: Championat.com

Kiritildi: 08.05.2022 19:50. O'qildi: 9197 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik