Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Qirollik mavsumi: "Real Madrid" chempion bo‘lishining 5 sababi

Qirollik mavsumi: "Real Madrid" chempion bo‘lishining 5 sababi

Ispaniya chempionatining navbatdagi mavsumi yakunlanmoqda. "Real Madrid" hamshahari "Atletiko"dan chempionlikni qaytarib oldi va chempionat yakunlanishiga 4 tur qolganda bosh sovrinni o‘ziniki qilib oldi. Musobaqaning dastlabki turlaridayoq peshqadamlikni qo‘lga olgan “qaymoqranglilar” g‘alabali yurishini mavsum so‘nggigacha hech kimga bermadi va bu chempionlikni o‘ziniki qildi. Keling, “qirollik klubi”ga Ispaniya chempionatida 35-marta chempion bo‘lishiga yordam bergan 5 ta asosiy omilni ko‘rib chiqaylik.

Anchelottining motivasiyasi

Karlo Anchelottining "Real"ga qaytishi juda kutilmagan bo‘ldi. "Bavariya"ni tark etgach, mutaxassis kuchli bo‘lmagan klublarni boshqargan. “Napoli” bilan A seriya chempionligini qo‘lga kiritishi mumkin edi, ammo “Everton” bilan qiyin. Italiyalik "irislar" bilan birgalikda Premyer liga turnir jadvalining quyi o‘rinlarilan birini qo‘lga kiritdi.

Anchelottini "Everton"da qanchalik sevishsa ham, "Real" taklifini rad eta olmadi. Birinchidan, bu Yevropa futboli cho‘qqisiga qaytish va barcha sovrinlar uchun kurashish imkoniyatidir. Ikkinchidan, Karloning Ispaniyada ham tugallanmagan ishi bor edi. La Liga kuchli beshlikdagi u zabt etmagan yagona chempionat edi. Italiyalik mutaxassis beshta ligada g‘olib chiqqan birinchi murabbiy sifatida tarixga kirishni xohlardi. Bu juda kuchli motivasiya.

Benzema faoliyatidagi eng yaxshi mavsum

Bejizga Karim Benzema joriy mavsum yakunida “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogarlardan biri deb hisoblanmayapti. Ushbu mavsum 34 yoshli hujumchi "Real"ga barcha jabhalarda, ayniqsa, La Ligada katta yordam bermoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida fransiyalik futbolchi shu kungacha 27 ta gol urdi. Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi natijadir. Karim ichki chempionatda hech qachon bunchalik ko‘p gol urmagandi.

Benzema "qirollik klubi" va butun La Liganing eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Fransiyalik futbolchining Pichichi sovrini (eng yaxshi to‘purar) uchun yaqin ta’qibchilari Yago Aspas, Vini Junior va Raul de Tomas bo‘lib, Karim bu futbolchilarni 10 ta golga ortda qoldirmoqda. "Real Madrid" forvardi har bir o‘yinda o‘rtacha 0,87 gol uradi, bu esa chempionatdagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Bundan tashqari, Karim La Liganing eng yaxshi assistentlaridan biri bo‘lib, faqatgina "Barselona" vingeri Usmon Dembeledan (Benzemada 12ta, Dembeleda 13taga) ortda qolmoqda va “gol+pas” tizimi bo‘yicha liganing eng yaxshisi (39 ochko) futbolchisi. Bu mavsumda Benzema barcha mumkin bo‘lgan individual sovrinlarni qo‘lga kiritishi mumkin.

Vinisiusning ajoyib o‘yinlari

Oldingi 3 mavsum Vinisius uchun og‘ir kechdi. Yosh va umidli vinger o‘ziga bildirilgan oshonchni oqlay olmadi. Braziliyalik shu paytgacha La Ligada bir yil davomida uchtadan ko‘p gol urmagan edi. Hamma braziliyalikdan ajoyib o‘yin kutayotgandi. Bu mavsum Anchelottining kelishi bilan o‘sha holat sodir bo‘ldi. 2021/22 yilgi mavsumda Vinisius hozirgacha La Ligada 17 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bular 21 yoshli vingerning faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichidir. Braziliyalik futbolchi La Liganing ushbu mavsumidaga eng yaxshi to‘purarlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, golli uzatma berish bo‘yicha ham "Barselona" himoyachisi Jordi Alba bilan 3-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Vinisius hali ham ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy beryapti, lekin shu bilan birga u o‘zi gol uradi va Benzemaning gol urishiga yordam beradi. Fransuz bilan birgalikda ular Yevropadagi eng yaxshi hujumkor tandemlardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, "Real Madrid" mavsum davomida hujumda yaxshi natijalar qayd etmoqda. "Qaymoqranglilar" La Ligada aniq (463) va nishonga yetib zarbalar (249) bo‘yicha eng yaxshi jamoalardan biridir. Shu bilan birga, “qaymoqranglilar” oldingidek penaltiga moyil jamoa emas. Joriy mavsumda "Real Sosyedad" 11 metrdan eng ko‘p gol urgan (9 gol) jamoa bo‘lib turibdi.

Kurtuaning ishonchli o‘yini

"Real Madrid"ga o‘tganidan beri Kurtua top darajadagi darvozabon ekanligini isbotlab kelmoqda. Belgiyalik doimiy ravishda yuqori saviyada o‘yin namoyish etmoqda. 30 yoshli futbolchi joriy mavsumda La Ligada 29 ta gol o‘tkazib yubordi (har bir o‘yinda o‘rtacha 0,83 gol). Bu Kurtuaning faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich emas, ammo darvozabonning barcha kamchiliklarini o‘zining seyvlari evaziga yopib ketmoqda.

Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi La Ligada 15 ta “quruq o‘yin” o‘tkazdi. Bu eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkich. Faqatgina "Real Sosyedad" darvozaboni Aleks Romeroda Tibodan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etgan (19). Kurtuaning "quruq o‘yinlar” ko‘rsatkichi - 42,9%. Bundan tashqari, belgiyalik birga-bir vaziyatlarning 10 martasida g‘alaba qozongan. Kurtua tez-tez jamoasining hujumlarini boshlaydi. Belgiyalik futbolchi shu kungacha 921 aniq uzatmani amalga oshirgan. "Real Madrid" himoyasi har doim ham mukammal emas, shuning uchun "qirollik klubi"ning muvaffaqiyatida darvozabon hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Barqarorlik

Odatda eng barqaror bo‘lgan jamoa chempion bo‘ladi. Xuddi shu narsa "Real Madrid"ga ham tegishli. "Qaymoqranglilar" La Ligadagi ilk mag‘lubiyatini oktyabr oyida qabul qilib oldi. Umuman olganda bu mavsum davomida "Real" ichki chempionatda atigi 4 marta mag‘lubiyatga uchradi. Chempionatning birinchi yarmidayoq "Real Madrid" musobaqani yaxshi boshlagandi.

"Qaymoqranglilar" 3 ta asosiy raqiblarini mag‘lub etishdi: "Sevilya" (2:1), "Barselona" (2:1) va "Atletiko" (2:0) va boshqa kuchli jamoalar: "Valensiya" (2:1), " “Betis” (1:0), “Atletik” (1:0) va “Real Sosyedad” (2:0).

Balki, "Real Madrid"ning turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi "Atletiko" yoki "Barselona" emas, balki "Sevilya" bo‘lgani jamoaga yanada kuch bergandir. Andalusiyaliklar yaxshi jamoa, ammo chempionlikka da’vogar emas. Bu, ayniqsa, madridliklarga qarshi uy uchrashuvida yaqqol namoyon bo‘ldi. Xulen Lopetegi shogirdlari “qaymoqranglilar”ni chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarini kamaytirishga yaqin keldi, biroq 2 to‘p farqini yo‘qqa chiqardi va yakunda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu o‘yindan so‘ng "Real"ning chempion bo‘lishiga hech qanday shubha qolmadi.

Kiritildi: 15.05.2022 15:27. O'qildi: 3497 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik