Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

“Barselona” katta o‘zgarishlar ostonasida: hatto afsonalarga ham chiqish eshigi ko‘rsatiladi

“Barselona” katta o‘zgarishlar ostonasida: hatto afsonalarga ham chiqish eshigi ko‘rsatiladi

"Barselona" 2021/22 yilgi mavsumni yaxshi yakunladi. Kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida  2-o‘rinni egalladi. Muhimi esa “ko‘k-anorranglilar” chuqur inqirozdan biroz chiqa oldi. Ular o‘tgan yozda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Lionel Messi bilan xayrlashishga majbur bo‘lgandi. Bu klubning o‘yiniga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Ammo hozir barchasi nisbatan yaxshiroq.

Joan Laportaning prezidentlikka qaytishi va Xavining bosh murabbiy etib tayinlanishi bilan vaziyat asta-sekin yaxshilana boshladi. Biroq, hozir ham "Barselona" qiyin ahvolda. Misol uchun, klub tarkibga yangi qo‘shilgan Andreas Kristensen va Frenk Kessie bilan shartnoma imzolay olmaydi. "Bavariya"dan kelishi kutilayotgan Robert Levandovski transferi bilan ham xuddi shunday voqea. Hamma narsa moliyaviy feyr-pleyga olib keladi.

"Bizning maoshimiz 560 million yevro, bu "Bavariya"dan ikki baravar ko‘p, "Real Madrid" beradigan ish haqi esa 400 million yevroni tashkil qiladi. Yozda har bir futbolchi bilan alohida muzokara olib boramiz. Avvalo, eng katta shartnomaga ega futbolchilar bilan muloqot qilamiz”, - deydi "Barsa" vise-prezidenti Eduard Romeu.

“Mundo Deportivo” nashrining yozishicha, bu yozda "Barselona" katta o‘zgarishlar ostonasida turibdi va deyarli barcha asosiy tarkib o‘yinchilarining maoshlarini 50 foizga qisqartirmoqchi. Asosiy tarkibga loyiq bo‘lmagan futbolchilarga yangi klublar qidiradi yoki shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Bu oson bo‘lmasligi aniq, chunki o‘tgan mavsumda ham bir qator o‘yinchilarning maoshlari qisqartirilgan edi.

Mish-mishlarga ko‘ra, klub afsonasi va ispan futbolining yaxshi futbolchilaridan biri Jerar Pikega ham chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Gap shundaki, himoyachi bonuslarni hisobga olsak, yiliga 20 million yevroga yaqin maosh oladi. Shartnoma bo‘yicha qolgan ikki yillik soliqlarni hisobga olsak, "Barsa" unga 80 million sarflashga majbur bo‘ladi. Hozirgi sharoitda klub 35 yoshli faxriyga bunday pul to‘lashga qurbi yetmaydi.

Yana bir muammo shundaki, Pike o‘tgan yili rahbariyat bilan uchrashgani borgan va maoshini vaqtincha kamaytirishga rozi bo‘lgandi. Shu sabab, klub Jerardan hozir qarzdor va "Barsa" himoyachiga 50 million yevro to‘lashi kerak. Mish-mishlarga ko‘ra, Joan Laporta uni faoliyatini tugatishga yoki o‘zaro kelishuv asosida amaldagi shartnomani bekor qilishga ko‘ndirmoqchi.

Frenkiye De Yongning sotilishi "Barsa"ning moliyaviy muammolarini hal qilishga yordam beradi. Gollandiyalik futbolchi hech qachon jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylanmagan va Xavining o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmaydi. "Manchester Yunayted" yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirgandi, ammo futbolchi ingliz klubi safiga o‘tishdan bosh tortdi, chunki “qizil iblislar” Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi. “PSJ”ga o‘tish varianti qolmoqda va uning transfer narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

“Diario Sport” nashri xabariga ko‘ra, "Barsa"ning yozgi transfer oynasida katta “tozalash” ishlarini olib boradi. Shuningdek, klub 8 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashini kutilmoqda. Ro‘yxatdan Kessie, Kristensen va Levandovskidan tashqari Sezar Aspilikueta, Markos Alonso (ikkalasi ham “Chelsi”), Ruben Nevesh (“Vulverxemton”) va Rafinya (“Lids”) o‘rin olgan.

Laporta Xaviga oldingiga qaraganda kuchliroq tarkibni va’da qilmoqda, ammo buning uchun "Barsa" birinchi navbatda maoshi katta futbolchilar bilan muzokara o‘tkazib, murabbiyning falsafasiga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchilarni sotishdan pul topishga harakat qilishi kerak. “Diario Sport”ning qo‘shimcha qilishicha, ko‘ra, Xavi yangi mavsum oldidan jamoani tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar bilan gaplashib bo‘lgan: bular Oskar Mingesa, Samuel Umtiti, Klement Lengle, Adama Traore, Riki Puch, Martin Breytveyt va Lyuk de Yong. Klub katta ehtimol bilan yozda ushbu futbolchilar bilan xayrlashadi yoki shartnomani bekor qiladi. 

Bular “Barselona”  uchun qanchalik foyda berishi mumkin?! Bu hozircha noma’lum. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham “ko‘k-anorranglilar” moliyaviy holatini yaxshilash va keraksiz futbolchilar bilan ertaroq xayrlashishi kerak. Shundan keyingina klubda o‘sish va oldingi kabi sovrinlar uchun kurasha oladigan “Barselona”ni ko‘ramiz.

Manba: Stadion.uz

Kiritildi: 09.06.2022 17:13. O'qildi: 11514 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik