Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Florentino Peres: «U endi men «Real»ga olib kelmoqchi bo‘lgan Mbappe emas. Umid qilamanki, Levandovski «Barsa»ga o‘tadi» (1-qism)

Florentino Peres: «U endi men «Real»ga olib kelmoqchi bo‘lgan Mbappe emas. Umid qilamanki, Levandovski «Barsa»ga o‘tadi» (1-qism)

Avval xabar berganimizdek, «Real Madrid» prezidenti "El Chiringuito"ga intervyu berdi. Peres barchaga taniqli bo‘lgan jurnalist Pedrerol bilan suhbatda bo‘ldi va intervyu darhol Kilian haqidagi savollar bilan boshlandi.

"Mbappe hozirda «PSJ» futbolchisi. Bir necha yil ichida nima bo‘lishi mumkinligini ko‘ramiz. Biz har doim tarkibimizni yaxshilashni xohlaymiz. Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Ammo hozir u «PSJ» futbolchisi. Mbappening ahvoli bir sababga ko‘ra o‘zgardi. Unga misli ko‘rilmagan siyosiy bosim o‘tkazildi.‌‌

Mbappe sotqinmi? U hech kimga xiyonat qilmadi. Lekin bu biz kutgandek bo‘lmadi. Mbappe o‘z orzusini almashtirdi. Men Mbappeni hozir ham yaxshi ko‘raman, lekin, ha, yaqin yillarda men uni «Real Madrid»ga olib kelmoqchi bo‘lgan o‘yinchi sifatida ko‘rmayapman. Hech bir futbolchi «Real»dan ustun bo‘la olmaydi.‌‌ Madridistlarning hafsalasi pir bo‘ldi va men buni tushunaman. Lekin bu endi men "Real"ga olib kelmoqchi bo‘lgan Mbappe emas. Menimcha, u bosim tufayli fikrini o‘zgartirdi. Agar shunday bo‘lsa, «PSJ»da qolsin. «Real» Mbappening orzusi ekanligiga ishonardim. Menimcha, uning onasi ham ko‘chib kelmoqchi bo‘lgan (Ispaniyaga), chunki u o‘g‘lining orzusini bilardi. 3 yildan keyin nima bo‘ladi? Biz uzoqni ko‘ra olmaymiz. Shuni aytmoqchimanki, bu endi men klubga olib kelmoqchi bo‘lgan Mbappe emas. Ha, biz Makron Mbappega doimiy ravishda qo‘ng‘iroq qilganini bilamiz. U futbolchiga bosim o‘tkazdi. Mbappe o‘z qarori haqida menga shaxsiy xabar orqali ma’lum qildi, ammo men bunga ahamiyat bermadim. Hech kim bizning klubdan ustun bo‘la olmaydi.‌‌

Holand? Bizda dunyoning eng yaxshi hujumchisi - Benzema bor. Biz Holandni zaxira o‘rindig‘iga o‘tkazish uchun shartnoma imzolay olmasdik. Bu boshidanoq aniq edi.‌‌ Mbappe ikki davlat tomonidan bosim ostida edi. Ammo takror aytaman - biz ko‘rib turgan Mbappe Madridga kerak emas.‌‌ Men Mbappening yangi shartnoma tafsilotlarini bilmayman. Unga ko‘proq siyosiy bosim ta’sir qildi. U vahimaga tushdi. Kilian pulni tanladimi? U nafaqat qulay yo‘lni, balki «PSJ»da yangi rolni ham tanladi. Mbappe uchun eshiklarimiz yopiqmi? «Real Madrid» nimaligini va klubdan yuqori bo‘la olmasligini tushunadigan futbolchilar uchun Madridning eshigi doim ochiq.‌‌

Tebasning «PSJ» haqidagi arizasi? Menimcha, Tebas bizga yordam bermayapti. Bizda juda ko‘p bahsli vaziyatlar bor. «Real», «Barselona» va «Atletik» birgalikda CVC shartnomasi bo‘yicha La Ligani sudga beramiz. Laportaga CVC bilan shartnoma imzolash uchun katta bosim o‘tkazildi.

«Barselona» dunyodagi eng yirik klublardan biri, ular qiyin vaziyatni boshdan kechirishmoqda, lekin buni yengib o‘tishadi. «Real Madrid» va «Barselona» — dunyodagi eng buyuk ikki klub, buni «el-klasiko» paytida ko‘rasiz.‌‌ Umid qilamanki, Levandovski «Barselona»ga o‘tadi. Bu La Liga uchun ajoyib bo‘ladi. La Liga rahbariyati o‘zini «Barselona»ning sport direktoridek his qiladi va ular qachon klub kim bilandir shartnoma imzolashi mumkin, qachon qaysidir futbolchini qo‘lga kirita olmasligini aytishadi. «Barselona» xohlaganini qilsin. Ularga bosim o‘tkazmang. Men Tebas, Cheferin yoki Rubiales bilan qahva ichishim mumkin. Men hech kimdan ranjimayman, faqat Madridning manfaatlarini himoya qilaman. Men Tebasga CVC shartnomasi noqonuniy ekanligini aytdim. Kelgusi 50 yil davomida ular bizning televideniya huquqlarimizni tortib ololmaydilar.‌‌ «PSJ», «Chelsi» yoki «Manchester Siti»ni dushman deb hisoblamaymiz.‌‌ Cheferin bizni Chempionlar Ligasidan chetlatishidan hech qachon qo‘rqmaganmiz. U Madrid bilan hazillashmasligi kerak. UEFA — monopoliya. Biz nima sababdan UEFA Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazish uchun Parijni tanlaganini bilmoqchimiz. Bizga UEFA'dan tushuntirish kerak", — dedi Peres.

Manba: uzreport.news

Kiritildi: 16.06.2022 10:02. O'qildi: 6638 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik