Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

“Barselona”ning transfer siyosati: asosiy maqsad – Rafinya. Jamoa pulni qayerdan oladi?

“Barselona”ning transfer siyosati: asosiy maqsad – Rafinya. Jamoa pulni qayerdan oladi?

“Racing” klubining 19 yoshli iste’dodli futbolchisi Pablo Torrening kamtarona transferidan so‘ng, “Barselona” o‘zining birinchi eng yaxshi transferiga tayyor.

Insayder Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, “Barsa” Rafinyaning “Lids”dan ko‘chib o‘tish shartlarini muhokama qilmoqda. Kataloniyada braziliyalik futbolchiga yiliga taxminan 6 million yevro, “Lids”ga esa 3 ta qismga bo‘lingan holda 60 million yevro tovon puli taklif qilinadi.

Yakuniy kelishuvga hali erishilgani yo‘q, biroq klublar muzokaralarni davom ettirmoqda. Insayder Toni Xuanmarti “Lids” ro‘yxatida “Tottenxem” va “Chelsi”dan 70+ millionlik takliflar borligini ma’lum qildi. Bu vaziyatda eng katta rolni vingerning o‘zi o‘ynaydi va u faqat Kataloniyaga borishni xohlaydi.

Baxtga qarshi “Lids” va “Chelsi” transferning barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan. Agar “Barsa” yaqin haftalarda Rafinyani qabul qilmasa, futbolchi Londonga yo‘l olishi mumkin. Braziliyalik futbolchi “Lids”da faoliyatini davom ettirish varianti dargumon.

“Barselona” transferni qanday amalga oshiradi?

Laporta iqtisodiy ta’sir kuchiga ega. U AQSHning “Sixth Street” investisiya guruhi bilan televideniye huquqlarining 10 foizi uchun 205 million dollarlik shartnoma imzolash arafasida. Boshqa investisiya guruhidan yana bir variant bor – huquqlarning 15 foizi uchun 400 million yevro. Bitimlarning ma’nosi oddiy: “Barselona” katta miqdorda pul oladi va kelajakda ular teletranslyasiyalardan tushadigan daromadning bir qismini ularga berishga majbur bo‘ladi.

“Zaxira varianti ham mavjud. Kataloniya super klubi “Barça Licensing & Merchandising” (klub brendini monetizasiya qiladi) aksiyalarining 49,9 foizini 270 million yevroga pullaydi, biroq Laporta bundan-da ko‘proq narsani xohlaydi. RAC1 nashrining xabar berishicha, agar birinchi variant ishlaydigan bo‘lsa, BLM aksiyalari sotilmaydi.

Qolaversa, “Barselona” ortiqcha aktivlardan xalos bo‘lmoqda: Filippe Koutinyo va Usmon Dembelening “yog‘li” shartnomalari bekor qilindi. “Tottenxem”dan Kleman Langle uchun shartnoma taklifi keldi va Samuel Umtitiga JCH-22 uchun o‘yin amaliyoti kerak. Shu sababdan u Fransiyaga qaytmoqchi.

Pul topishning yana bir usuli bu Frenki de Yongni sotish. “Manchester Yunayted” bilan kelishuv kamida 65 million yevro daromad keltiradi, ammo klublar hali ham savdolashish bilan band. Frenki katta ehtimol bilan klubni tark etadi. Lekin bu o‘z xohishiga ko‘ra sodir bo‘lmaydi.

Transfer siyosatidagi keyingi nishon kim bo‘ladi?

Oy boshida Joan Laporta translyasiya huquqlari sotilgandan so‘ng 2-3 transferni yopishga va’da berdi. Birinchi maqsadli kelishuv Rafinya bo‘lsa, keyingilari kimlar?

“Barsa” Robert Levandovskini sotib olmoqchi. Insayder Alfredo Martinesning yozishicha, “Bavariya” ilk bor muzokaralarga kirishgan. Kataloniyaliklar rad javobini bergan, lekin narxni 40 milliongacha ko‘tarishdi. Xavi jamoasi bundan ko‘prog‘iga tayyor emas. Polsha terma jamoasi sardorining transferi mutlaq ustuvor vazifa hisoblanadi.

Xavi “Sevilya” markaziy himoyachisi Jyul Kundeni sotib olmoqchi. Insayder Jerar Romero fransiyalik futbolchini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan 45 million yevro evaziga sotib olmoqchi ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, klub shartnomaga ba’zi futbolchilarni kiritishga tayyor: “Sevilya” Serjinyo Dest variantini ko‘rib chiqmoqda, biroq Kunde uchun 55-60 million yevro talab qilmoqda.

Sodir bo‘lish ehtimoli eng kam variant – Bernardu Silva tarnsferi. “Man Siti” portugaliyalik futbolchi uchun eng kamida 85-90 million yevro so‘ragan. Bunday holatda ko‘p narsa agent Xorxe Mendeshning ayyorligiga va Silvaning roziligiga bog‘liq.

Dembele-chi?

Usmonning shartnomasi nihoyasiga yetdi va u endi erkin agentga aylandi. Biroq, boshqa klublardan umuman taklif yo‘q֪. Hozirda uning uchun eng optimal variant – "Barsa"”a qolish va maoshni jiddiy qisqartirishlariga rozi bo‘lish. Alfredo Martinesning xabar berishicha, fransiyalik vingerga eski maoshining 40 foizi taklif qilinmoqda. Dembelening “Chelsi”ga tarnsferi amalga oshmaydigandek ko‘rinmoqda.

Xavi Usmonni saqlab qolmoqchi. Murabbiy u va Rafinyani bir tarkibda ko‘ra olmoqda, shuning uchun klub futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. “Hammasi uning o‘ziga bog‘liq”, – dedi Xavi.

Bu orada “Barsa” Dembelening profilini klub saytidan o‘chirib tashladi. Tez orada Rafinya amalga oshsa, Usmon masalasi ham ijobiy hal qilinishi mumkin. Bundan 5-6 yil avval dunyoning eng boy va qudratli jamoalaridan biri hisoblangan “Barselona” bu ahvolga kelib qolishini kim o‘ylabdi, deysiz?!

Manba: www.sports.ru

Kiritildi: 03.07.2022 11:34. O'qildi: 5401 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik