Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Kessie "Barselona"da. U jamoaga nima bera oladi?

Kessie "Barselona"da. U jamoaga nima bera oladi?

 Frank Kessie 18 yoshida tug‘ilgan yurti Kot-d’Ivuarni tark etdi. U 2015 yilda Italiyaga ko‘chib o‘tishidan oldin o‘z mamlakati uchun yuqori darajadagi o‘yinlar ko‘rsatgan edi. Italiya futboliga moslashish uchun ba’zi qiyinchiliklarga qaramay, 24 yoshli futbolchi A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylandi.

Maydon tashqarisida uning klubdagi kelajagi haqida gap-so‘zlar bor edi. Uning shartnomasi 2022 yilning iyunida tugagandi. OAV xabarlariga ko‘ra, “Milan” unga 6,5   million yevro maosh taklif qilgan, biroq u har bir mavsum uchun 8 million yevro olishni istagan. Shu boisdan ham “Barselona”ning erkin transferlar seriyasi ivuarlik yarim himoyachi bilan davom etadigan bo‘ldi.

Shunday qilib, ushbu taktik tahlil “Barsa”ning potensial eng yaxshi yarim himoyachisi haqida ma’lumot beradi. Ushbu tahlilda biz Kessie Stefano Piolining “Milan” taktikasidagi rolini, uning kuchli tomonlari va “Kamp Nou”ga qanday mos kelishini muhokama qilamiz.

"Milan"dagi roli

Kessie "Milan"da to‘rtta murabbiy - Vinchenso Montella, Jennaro Gattuzo, Marko Jampaolo va Stefano Pioli bilan ishlagan va u ikkinchisining qo‘l ostida chinakam muvaffaqiyat qozongan. Jampaolo 2019/20 yilgi mavsumning dastlabki bosqichida ishlagan, ammo jamoa uning 4-3-1-2 sxemasiga Kessie moslasha olmadi.

Pioli qo‘l ostida Kessie yarim himoyada jazoirlik futbolchi Ismael Bennaser bilan birga harakat qildi. Ivuarlik maydon markazida to‘p uchun kurashadi, Bennaser esa chuqur pozisiyalardan o‘yinni boshqaradi.

To‘pga egalik qilish

"Milan" to‘pga ega bo‘lganda, ular 4-2-3-1 taktik ko‘rinishiga o‘tadi.

Kessie asosan jamoaning o‘yinini qurishga mas’ul bo‘ladi. Orqa chiziqdan o‘yin qurishda, u dastlab markaziydan ortroqda 2-2 strukturani shakllantirishga yordam beradi.

Biroq, "Milan" oxir-oqibat o‘sha yarim himoyachilardan birini markaziy himoyachilar orasiga tashlab, ko‘proq 3-1 tuzilmasida o‘yinaydi. Raqiblarga qarabKessie chuqurroq yoki erkinoq o‘yinashi mumkin.

Kot-d-d’Ivuarlik orqa chiziqdan hujum boshlashda yaxshi ishtirok etadi, ammo u progressiv mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Ushbu mavsumda A Seriyada Kessiening yarim himoyadagi jamoadoshlari Sandro Tonali va Ismael Bennaser uzoq paslar bilan o‘yinni tez-tez yoyishdan tashqari, o‘rtacha ko‘proq progressiv uzatma va uzatish masofasiga ega. Kot-d’Ivuarlik futbolchiga, ayniqsa, Zlatan Ibrahimovich bo‘lmaganida, "Milan"da penalti tepish vazifasi ham qo‘yiladi.

Aqlli harakatlar muhim ahamiyatga ega

Umuman olganda, o‘yin Kessie orqali juda tez va oson quriladi, lekin u, masalan, Serxio Buskets kabi o‘yinni o‘zi boshqarmaydi. Shunga qaramay, Ivuarlik yetakchilik hususiyatini saqlab qoladi. Qarshi pressingdan oson chiqib keta olishi ham bor gap.

U Frenki de Yongning masofa bo‘ylab jahon darajasidagi kuchi va tezligiga ega emas, lekin Kessie o‘zi uchun joy yaratish uchun bir nechta tezkor paslardan foydalanishi mumkin.

Kessie, shuningdek, "Milan"ning doimiy hujumlari paytida ham ancha rivojlangan pozisiyaga ega bo‘lishi mumkin.

Uning ko‘p xavfli teginishlari va zarba berish imkoniyatlari, biz Frenki de Yongdan ko‘rganimizdek, oldinga chiziqdan tashqarida haqiqiy kuchli, penetrasion yugurishdan kelib chiqmaydi. Buning o‘rniga, Kessie ko‘proq nozik joylashuvga tayanadi, ya’ni himoyaviy joylashuvda ham ancha foydali.

Kessiening to‘p bilan o‘yinidagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan zaif tomonlardan biri bu uning uzoqdan to‘p uzatish texnikasi. Kot-d’Ivuarlik futbolchi to‘pni uzoqdagi jamoadoshiga havola qilmoqchi bo‘lganida, uzatmalarini haddan tashqari noaniq beradi.

Umuman olganda, to‘pga egalik qiladigan Kessie hamma narsaning bir qismini qila oladigan odamdir. U to‘pni tez harakatga keltira oladi, dribling qila oladi va qandaydir hujum tahdidini ta’minlay oladi, biroq u vaziyatni bir deganda keskinlashtirib bera olmaydi. Qarshi hujum ratishda to‘pni Frankka yetkazmagan ma’qul.

To‘psiz o‘yinda

To‘p yo‘q bo‘lsa, Pioli boshchiligidagi milanliklar katta shiddat bilan bosim uyishtiradi. Ular A Seriyada oldingi chiziqda bosim qilishda peshqadam bo‘ldi. Garchi “Milan” to‘p nazoratiga katta e’tibor bersa-da.

Kessie ko‘pincha bu pressingda asosiy rol o‘ynaydi va "Milan" hujumchilariga qo‘shiladi. Jamoaning birinchi bosim to‘lqini raqib maydoni yonida bo‘ladi.SHunday qilib, Kessie ko‘pincha raqibning chuqur yotgan yarim himoyachilaridan o‘yinni buzishga harakat qiladi.

Umuman olganda, uning himoyaviy sifatini sirtdan baholash juda qiyin. 25 yoshli futbolchi juda kam holatda raqibiga kurashni boy beradi va bir qarashda Kante singari kuchli futbolchidek ko‘zga tashlanmaydi.

Ya’ni, Kessie yetarlicha harakatchan, duyellarda ko‘p g‘olib chiqadigan va pozision intizomga ega futbolchi. Kuchli raqiblarga qarshi o‘yin uning himoyalanish qobiliyatini isbotlay oladi.

U "Barselona"ga mos keladimi?

Kessieni yomon shartnoma imzolaganini tasavvur qilish qiyin. 25 yoshga to‘lgan, har tomonlama rivojlangan va jismonan baquvvat yarim himoyachini olib kelish “Barselona” uchun juda foydali bo‘lishi mumkin. Kessie, albatta, La Ligadagi ko‘pchilik raqobatchilaridan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi.SHunga qaramay, Xavi markazda Kessiega to‘liq ishonadimi? Hammasi shunga bog‘liqdir.

Kessie darajasi yaqqol “Barselona” futbolchilaridan ajralib turmaydi. Asosiy e’tiborni yosh ispanlarga qaratayotgan Xavining g‘oyasi muhim ahamiyat kasb etadi. De Yong jamoadan ketishi mumkinligi, Busketsning yoshi hisbga olinib Kessie katta ehtimol o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.

Agar Xavi ko‘proq an’anaviy 4-3-3 bilan bitta tayanch va ikkita yaratuvchi bilan harakat qilsa, Kessie chap tomonga ancha mos keladi. U Pedri kabi chiziqlarni bog‘laydigan kreativ futbolchi emas, lekin u oldingi chiziqdagi pressing va himoyalanishga yordam berishda ispaniyalikdan ustunroq.

Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, Kessiening "Milan"ning yuqori pressingidagi roli Xavi Gavidan so‘ragan narsaga juda mos keladi. Kot-d’Ivuarlik oldinga chiziqqa qo‘shilish va hujumning uchinchi qismiga yuqori pressing kabi vazifani bajarishda ancha kuchli.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak: 25 yoshli futbolchi, albatta, hali superyulduz emas, lekin yuqori bosimli va harakatchan futbolchi sifatida ishlatilishi mumkin va himoyalanishda ham yaxshi pozisiya tanlay oladi. U o‘z pozisiyasini mas’uliyatsiz ravishda ochiq qoldirmaydigan futbolchidir.

U to‘pga ega bo‘lishga va yuqori pressingga o‘rganib qolgan, o‘zining eng yaxshi yillarini boshlamoqda va u “Barselona” talab qilayotgan vazifalarni bajara oladi. “Barselona” muxlislari Kessiedan ajoyib golli uzatmalar kutishi va chiroyli gollar urishini kutmasligi kerak. Chunki Frankning asosiy ustunligi “qora mehnat”.

Manba: www.stadion.uz

Kiritildi: 05.07.2022 14:39. O'qildi: 5935 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik