Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

"Barselona"ning moliyaviy ahvoli qay darajada yaxshilandi?

"Barselona"ning moliyaviy ahvoli qay darajada yaxshilandi?

 "Barselona"ning moliyaviy holati birdaniga yaxshilandi. Albatta, hammasi to‘liq avvalgidek emas. Lekin “blaugranas” moliyaviy feyr-pley qoidalari va La Ligada mavjud bo‘lgan maosh chegarasi o‘rtasida manevr qilish imkonini beruvchi eng murakkab sxemalarni tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

To‘g‘ri, klubning avvalgi darajasini tiklash uchun xali ko‘p ishlar qilish kerak. Kleman Lengle va Fransisko Trinkau mos ravishda "Tottenxem" va "Sporting"ga ijaraga berib yuborilganidan jamoa biroz xursand bo‘lishi kerak. Yumtiti esa “Renn” bilan shartnoma imzolamadi. Bu albatta, klubga yoqmayapti. To‘g‘ri, futbolchining atrofidagilar bu yolg‘on va barcha ayb Fransiya klubida ekanini aytishmoqda. Ammo bu "Barselona”ga umuman qiziq emas, chunki ijaradan qaytgan Miralem Pyanich bilan bir vaqtning o‘zida Frenki de Yongning ko‘tariladigan maoshi haqida o‘ylash kerak. Gollandiyalik futbolchining "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqidagi voqea - bu haqiqiy serial bo‘lib ketdi.

"Barsa" boshidanoq maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lgan taqdirdagina eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchini saqlab qolishini aniq aytdi. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, Frenki allaqachon klubdan 20 million yevrolik maosh talab qilmoqda. Tabiiyki, bolaligidanoq “ko‘k-anorranglilar” jamoasiga mehr qo‘ygan yarim himoyachi o‘zini shantaj qilishayotganidan va aslida ketishga majbur bo‘layotganidan norozi.

"Manchester Yunayted"ga o‘tishi klublar o‘rtasida deyarli kelishib olingan de Yongdan tashqari yana bir qancha o‘yinchilar kelajagi so‘roq ostida. Bular Riki Puch, Martin Breytveyt, Oskar Mingesa, Serjinyo Dest, Neto va Memfis Depaylardir. Mish-mishlarga ko‘ra, Depay "Sevilya"ga Jyul Kundeni transfer qilish bo‘yicha kelishuv doirasida taklif qilingan, ammo bu gollandiyalik ham haligacha ketishni istamayapti. Andalusiyaliklar fransiyalik futbolchi uchun 40 million yevrodan tashqari beriladigan boshqa futbolchilar bilan variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Iyul oyi boshidan beri kengash bo‘ylab muzokaralar keskin kuchayib ketdi, "Barsa" eng yuqori darajadagi kelishuvlarni 16-kunga qadar, ya’ni jamoa AQSHga safarini boshlashi kerak bo‘lgan vaqtgacha yopishni kutmoqda. Shunga ko‘ra, 65 million yevro va de Yongning sotuvi olib kelishi mumkin bo‘lgan 20 million yevro bonuslar ko‘rinishidagi pul jamoa uchun zarur. Shuningdek, gollandiyalikning hozirgi maoshi 17 million yevroni tashkil etishini ham hisobga olish kerak.

Tahminlarga ko‘ra, “Barselona” de Yong jamoada qolsa, uning maoshini 10 million yevroga tushiradi. Sababi Andreas Kristensen va Frank Kessieni ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lgan jamoa endi Frenkiga bunaqa ko‘p maosh to‘lay olmaydi. Shuningdek, agentining ochko‘zligi qurboni bo‘lishga oz qolgan Usmon Dembele uchun yangi shartnoma ham imzolandi. Qishda "Barselona" fransuzni yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgani uchun klubdan haydab chiqarmoqchi bo‘lganida, uning vakillari sudga murojaat qilishga ham ulgurgandi.

Ammo vingerning faoliyatini davom ettirish bo‘yicha ko‘plab variantlari haqidagi mish-mishlar ham bo‘rttirilgandek bo‘ldi. "Chelsi" va "PSJ" aslida yo‘q variant bo‘lib chiqdi. Endi esa hatto agent pozisiyasidan farqli o‘laroq, Dembelening maoshi pasaytiriladi. Turli manbalarda aytilishicha, endi “Barsa” fransiyalik futbolchiga avvalgidan 30-40 foiz kamroq maosh beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, klub bir o‘q bilan ikki quyonni urgan, jamoa puli tejaladi va Xavining bosh murabbiy bo‘lib kelishi bilan gullab-yashnagan futbolchini saqlab qoladi. Va nihoyat, braziliyalik hujumchi Rafinyaning sotib olinishi qanot hujumidagi barcha kamchiliklarni to‘ldiradi, garchi dastlab uni sotib olish rejasi utopiyadek tuyulgan edi.

"Barselona" 40 million yevro taklif qilgan bo‘lsa, "Lids" kamida 75 million yevro talab qilgan. "Arsenal" va "Chelsi" bu summani to‘lashga tayyor edi, ammo “aristokratlar”ning yangi egasi Todd Boyelining birinchi xaridi, Rafinyaning orzulari sabab amalga oshmay qoldi. Braziliyalik yoshligidan Kamp Nouda to‘p tepishni orzu qilgan. Dembeledan farqli o‘laroq, Rafinyaning agenti, mijozining “Barselona” bilan shartnoma imzolashi uchun qo‘lidan kelganini qilgan. Yakunda tomonlar 58 million yevroga kelishib olishdi va “Lids” yana 9 millionni bonuslar shaklida olishi mumkin.

Ko‘p narsa de Yong bilan bog‘liq vaziyatga qarab turipti. Bernardu Silva transferidan “Manchester Siti” uning uchun kamida 100 million ishlab olishni kutmoqda. Kataloniyaliklar hozirda har qanaqasiga uni sotib olishi imkonsiz.

"Barselona" rahbariyatining fikricha, Robert Levandovski transferi amalga oshish imkoni juda yuqori. Polyak seshanba kuni Myunxenga qaytib, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lsa-da, uning Germaniyada qolishiga hech kim ishonmayapti. Buni “Bavariya” klubi do‘konlarida Levandovskining libosi yo‘qligidan ham payqash mumkin. "Barselona" esa transferni amalga oshirishga tayyor. Ammo ungacha “Barselona” yig‘ilish o‘tkazib, barcha moliyaviy hisobotlarni topshirishi kerak bo‘ladi. Chunki, g‘oyibdan amalga oshirilayotgan transfer uchun to‘lanayotgan pullar haqidagi ma’lumotlar ochiqlanishi va jurnalistlar bundan xabardor bo‘lishlari kerak.  

Manba: www.sport-express.ru

Kiritildi: 15.07.2022 14:10. O'qildi: 6881 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik