Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Premyer-liganing top klublarida yozda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Premyer-liganing top klublarida yozda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Bugun, 5 avgust kuni APLlning yangi mavsumi boshlanadi! Yevropaning eng boy ligasida o‘ziga xos mos muhim o‘zgarishlar bo‘ldi. Siz yangi mavsum oldidan bularni bilib olishingiz kerak.


"Manchester Siti": bir nechta yulduzlarni sotdi, ammo "Oltin to‘p"ning sovrindorini xarid qildi


Keling, chempiondan boshlaylik. “Siti” yozda atigi ikkita transferni amalga oshirganiga qaramay, 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Asosiy xarid, albatta, Erling Xoland. Hujumchi o‘z vaqtida "Siti"da o‘ynagan otasi izidan bordi.

"Shaharliklar" bir nechta futbolchilar bilan shartnomalarni yangilashga ham ulgurdi. Darvozabon Skott Karson jamoada yana bir yil qoladi, Riyad Mahrez esa 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Keldi:

Erling Xoland (21 yosh, hujumchi) – “Borussiya Dortmund”, 60 million yevro
Kalvin Fillips (26, yarim himoyachi) – “Lids Yunayted”, 48,75 million yevro
Stefan Ortega (29 yosh, darvozabon) – “Arminiya”, erkin agent

Ketdi:

Rahim Sterling (27 yosh, hujumchi) – “Chelsi”, 56,2 million yevro
Gabriel Jezus (25 yosh, hujumchi) – “Arsenal”, 52,2 million yevro
Oleksandr Zinchenko (25 yosh, himoyachi) – “Arsenal”, 35 million yevro
Pedro Porro (22, himoyachi) - Sporting, 8,5 million yevro
Fernandinyo (37 yosh, yarim himoyachi) – “Atletiko Paranayense”, erkin agent
Zak Steffen (27, darvozabon) – “Midlsbro”, ijara

"Liverpul": Salohni saqlab qoldi va Mane o‘rniga ko‘p pul sarfladi

"Liverpul"ning yozi asosiy raqobatchisinikidan kam bo‘lmagan voqealarga boy bo‘ldi. Klub Sadio Maneni "Bavariya"ga qo‘yib yubordi, shundan so‘ng uning o‘rniga futbolchi sotib oldi. Ular Darvin Nunyes uchun 75 million yevro to‘lashlari kerak bo‘ldi.

Kuchli transferga qaramay, "Liverpul"ning bu yozdagi asosiy muvaffaqiyati Salahning yangi shartnoma imzolashi bo‘ldi. Ular uzoq vaqt davomida misrlik bilan shartlar bo‘yicha kelisha olmadilar, ammo Mane sotilgandan so‘ng, Saloh 2025 yilning yoziga qadar "Enfild"da qoladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, “Liverpul” Jeyms Milnerni yana bir yil qolishga ko‘ndiradi va Jo Gomes bilan 2027-yilgacha shartnomani uzaytirdi.

Keldi:

Darvin Nunyes (23, hujumchi) – “Benfika”, 75 million yevro
Fabio Karvalyu (19 yosh, yarim himoyachi) – “Fulxem”, 5,9 million yevro
Kalvin Remzi (18, himoyachi) – “Aberdin”, 4,9 mln yevro

Ketdi:

Sadio Mane (30 yosh, hujumchi) – “Bavariya”, 32 million yevro
Neko Uilyams (21, himoyachi) – “Nottingem Forest”, 20 mln yevro
Takumi Minamino (27 yosh, hujumchi) – “Monako”, 15 million yevro
Marko Grujich (26 yosh, yarim himoyachi) - Portu, 9 million yevro
Ben Devis (26, posbon) – “Reynjers”, 4,7 mln yevro
Divok Origi (27 yosh, hujumchi) – “Milan” erkin agent
Loris Karius (29 yosh, darvozabon) - shartnoma muddati tugadi

"Chelsi": asosiy himoyachilarni tekinga qo‘yib yubordi


Angliyaning eng ko‘p azob chekayotgan top-klubi. Roman Abramovich "Chelsi"ni amerikalik Todd Boyeliga sotishga majbur bo‘ldi, keyin Londonni Marina Granovskaya tark etdi. Natijalar achinarli: darhol ikkita asosiy himoyachi bepul ketishdi. Ammo "Chelsi" Rahim Sterling va Kalidu Kulibalini sotib oldi. To‘g‘ri, bu hali ham yetarli emas. Hatto Tomas Tuxel ham shunday deb o‘ylayapti.

"Chelsi" sardorini saqlab qola oldi. "Barselona" Sesar Aspilikuyetani o‘ziga jalb qildi, ammo sardorni Angliyada qolishga ko‘ndirishdi. Endi uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Keldi:

Rahim Sterling (27, hujumchi) – “Manchester Siti”, 56,2 million yevro
Kalidu Kulibali (31, himoyachi) - "Napoli", 38 mln yevro
Karni Chukvuemeka (18 yosh, yarim himoyachi) – “Aston Villa”, 17,9 million yevro
Gabriel Slonina (18, darvozabon) – “Chikago Fayr”, 9,09 mln yevro (ijarada qoldi)

Ketdi:

Romelu Lukaku (29, hujumchi) – “Inter”, 8 million yevro ijara
Antonio Ryudiger (29 yosh, himoyachi) - "Real Madrid", erkin agent
Andreas Kristensen (26, himoyachi) - "Barselona", erkin agent
Daniel Drinkuoter (32, yarim himoyachi) - shartnoma muddati tugagan
Saul Niges (27, yarim himoyachi) - "Atletiko", ijara muddati tugadi

"Tottenxem": 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi

Premer-ligadagi top-klublar orasida eng yaxshi mavsum oralig‘ini aynan londonliklar o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Antonio Konte bu yozdan nimani xohlashini oldindan aniq belgilab oldi. Natijada “Tottenxem” yarim himoya markazidan tashqari barcha pozisiyalarini mustahkamladi va yangi mavsumga ishonch bilan qadam tashlamoqda.

Keldi:

Risharlison (25 yosh, hujumchi) – “Everton”, 58 million yevro
Iv Bissuma (25 yosh, yarim himoyachi) – “Brayton”, 29,2 million yevro
Jed Spens (21, himoyachi) – “Midlsbro”, 14,7 mln yevro
Ivan Perishich (33 yosh, yarim himoyachi) – “Inter”, erkin agent
Freyzer Forster (34, darvozabon) – “Sautgempton”, erkin agent
Kleman Langle (27, himoyachi) - "Barselona", ijara

Ketdi:

Stiven Bergvayn (24, hujumchi) – “Ayaks”, 31,25 mln yevro
Kemeron Karter-Vikers (24, himoyachi) - "Seltik", 7 mln yevro
Jo Rodon (24, himoyachi) - Renn, ijara

Arsenal: eng ko‘p pul sarfladi va APLning ikkita chempioni sotib oldi

Mikel Arteta Jezus va Zinchenkoni sotib olmoqchi edi va u shunday ham qildi. Qolgan kuchayishlarni hisobga oladigan bo‘lsak, klub bu ro‘yxatda eng ko‘p - 132 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Va shu bilan birga bosh murabbiyga kerak bo‘lmaganlarni jamoadan ketkazdi. Endi Chempionlar ligasiga yo‘l olish qoladi.

Keldi:

Gabriel Jezus (25 yosh, hujumchi) – “Manchester Siti”, 52,2 million yevro
Oleksandr Zinchenko (25 yosh, himoyachi) – “Manchester Siti”, 35 million yevro
Fabio Viyeyra (22 yosh, yarim himoyachi) – “Portu”, 35 million yevro
Markinyos (19 yosh, hujumchi) – “San-Paulu”, 3,5 million yevro

Ketdi:

Matteo Genduzi (23, yarim himoyachi) – “Marsel”, 11 million yevro
Bernd Leno (30 yosh, darvozabon) – “Fulxem”, 3,6 million yevro
Kostas Mavropanos (24, himoyachi) – “Shtutgart”, 3,2 million yevro
Aleksandr Lyakazett (31 yosh, hujumchi) – “Lion”, erkin agent
Nuno Tavaresh (22, himoyachi) – “Marsel”, ijara
Oston Trusti (23, himoyachi) – “Birmingem”, ijara

“Manchester Yunayted”: jamoaning yarmini tarqatib yubordi va Eriksen bilan shartnoma imzoladi

"Manchester Yunayted"dagi asosiy o‘zgarish - yangi bosh murabbiy. Erik ten Xag zudlik bilan Niderlandiyadan ikkita futbolchi olib keldi va yurakdagi muammolardan so‘ng o‘yinga qaytgan Kristian Eriksen bilan shartnoma imzoladi. Va klub butun bir tarkibga teng futbolchilar bilan xayrlashdi.

"Manchester Yunayted" muxlislari uchun yangi mavsum oldidan so‘nggi intriga - bu Krishtianu Ronalduning taqdiri. Portugaliyalik Yevropa Ligasida o‘ynashni istamayapti, ammo boshqa klublarning hech biri uni katta maoshli shartnomasiga qiziqmayapti.

Keldi:

Lisandro Martines (24, himoyachi) – “Ayaks”, 57,37 million yevro
Tirell Malasia (22, himoyachi) – “Feyenoord”, 15 mln yevro
Kristian Eriksen (30, yarim himoyachi) – “Brentford”, erkin agent

Ketdi:

Andreas Pereyra (26, yarim himoyachi) – “Fulxem”, 9,5 mln yevro
Pol Pogba (29 yosh, yarim himoyachi) - "Yuventus", erkin agent
Jessi Lingard (29, yarim himoyachi) – “Nottingem Forest”, erkin agent
Nemanya Matich (33 yosh, yarim himoyachi) – “Roma”, erkin agent
Aleks Telles (29, himoyachi) – “Sevilya”, ijara
Din Xenderson (25, darvozabon) – “Nottingem Forest”, ijara
Alvaro Fernandes (19, himoyachi) – “Preston”, ijara
Edinson Kavani (35 yosh, hujumchi) - shartnoma muddati tugagan
Xuan Mata (34, yarim himoyachi) - shartnoma muddati tugagan.

Xo‘sh sizningcha APL top-6 klublari ichida eng yaxshi transfer mavsumini qaysi jamoa o‘tkazdi. Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Kiritildi: 05.08.2022 12:39. O'qildi: 4850 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik