Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Marko Asensio: «Hozir «Barsa» haqida hech narsa deya olmayman»

Marko Asensio: «Hozir «Barsa» haqida hech narsa deya olmayman»

Marko Asensio El Partidazo de la Cope nashriga bergan eksklyuziv intervyusida o‘zining Madriddagi pozisiyasi haqida fikr bildirdi.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 30 iyunda tugaydi - Marko shu yozda ketishi mumkinligini tasdiqladi, «Barsa»ning qiziqishi haqida esa hech narsa bilmasligini tan oldi, garchi imkoniyatlarni inkor etmasada.

- So‘nggi kunlarda «Barselona»ning sizga qiziqayotgani haqida mish-mishlar ko‘paydi. Bunga nima deysiz?

- Rostini aytsam, «Barsa» meni tarkibida ko‘rishni xohlaydimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Ammo «Barsa»dan boshqa ko‘plab klublar bor. Men «Barselona»da o‘ynash variantini o‘ylamaganim ham, baholaganim ham yo‘q. Mish-mishlar juda ko‘p - bu normal holat. 7 oy ichida istalgan klub bilan shartnoma imzolashim mumkin bo‘ladi, hozir ko‘pchilik qiziqish bildirmoqda - bundan ham ko‘proq da’vogarlar bo‘ladi.

- Hech qachon «Barsa»ga o‘tmayman deb ayta olasizmi?

- Hozir «Barselona» haqida hech narsa deya olmayman, hech narsa bilmayman.

- Joriy mavsum arafasida Madridda qolishga qaror qilishingizga nima turtki bo‘ldi?

- Avgust oson kechmadi, ammo qaror qabul qilindi: Madridda ekanligimdan xursandman. Karlo Anchelottining ishonchi qaror qabul qilishimda asosiy omil bo‘ldi. «Real»ga yordam bera olishimga ishonaman, bu klub bilan g‘alaba qozonishda davom etmoqchiman. Takliflar bo‘ldi, lekin ketishni jiddiy o‘ylamagandim. Anchelottining ishonchi juda muhim, keyin o‘tgan mavsum oxiri men uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi - men ko‘p o‘ynadim va gollar urdim, shuningdek, jamoamiz bilan sovrinlarni qo‘lga kirita oldik. Bu mavsumda ham xuddi shunday maqsadlarimiz bor.

- Ketish haqida hech o‘yladingizmi?

- Takliflar bo‘ldi, ammo yakuniy qaror faqat menga bog‘liq emasdi - ba’zi narsalarni klub rahbariyati, murabbiy bilan muhokama qilish kerak: barcha holatlarni ko‘rib chiqib, qaror qabul qilindi. Ammo qaytaraman, ketishni jiddiy o‘ylamagandim: loyiha va murabbiyning ishonchi men uchun juda muhim.

- «Malyorka»ga qarshi o‘yindagi harakatingizni qanday tushunish kerak?

- Vaziyat taqozo qildi: men raqib uchun nima yaxshiyu nima yomonligini darhol ko‘ra oladiganlardanman. Bu men uchun o‘zgacha o‘yin bo‘ldi - sobiq jamoamga qarshi o‘yinda durang bo‘layotgandi va men jamoadoshlarimga yordam berishni xohladim... lekin Lukas jarohat olgani uchun bunday bo‘lmadi. Oxir-oqibat, biz g‘alaba qozondik va bu holat yana bir kulgili voqea bo‘lib qoladi. Murabbiy bilan hech qanday muammo yo‘q.

- «Real» shartnomani uzaytirish taklifi bilan chiqsa nima qilasiz?

- Ko‘ramiz nima bo‘lishini... futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin - siz hech qachon bilmaysiz. Hozir hech narsa deya olmayman.

- Vinisiusning raqsiga qanday munosabat bildirasiz?

- U juda kamtarin yigit, futbol unga quvonch baxsh etadi: gol nishonlaganda raqsga tushadi, ammo bu uning raqibga nisbatan hurmatsizligini anglatmaydi. Hamma quvonch, yaxshi o‘yin ko‘rishni xohlaydi - Vini muxlislarga shunday sovg‘a beradi. Futbolda irqchilikka o‘rin yo‘q - buni ko‘rsatadiganlar bor, lekin bunday odamlar ozchilik - bu hamma muxlislar va butun xalq emas.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 06.10.2022 23:30. O'qildi: 2723 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik