Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Serxio Buskets: «Butun Ispaniya hozirgi «Furiya»dan umidvor»

Serxio Buskets: «Butun Ispaniya hozirgi «Furiya»dan umidvor»

Serxio Buskets millionlar o‘yinining barcha sir-asrorlaridan xabardor.

U tengsiz futbol zakovati va texnik salohiyati bilan Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubida o‘z avlodining eng yaxshi markaziy yarim himoyachilaridan biriga aylandi. Aytish mumkinki, Serxio oxirgi 15 yil ichida yarim himoya pozisiyasini o‘ziga xos master-saboqlar evaziga yanada yorqinlashtirdi. Buskets o‘sha Xosep Gvardiola tuzgan dahshatli «Barsa»ning asosiy «figura»lari qatorida edi - o‘ta hujumkor tizimning mudofaa langari! Serxio shuning barobarida JAR-2010 mundialida o‘z tarixidagi eng shonli sahifasini yozgan Ispaniya milliy jamoasida ustun misoli gavdalandi. Luis Enrike boshqaruvida Qatar-2022 mundialiga shaylanayotgan «qizil furiya» tarkibida o‘sha chempion jamoadan bir kishi qoldi - aynan Serxio Buskets. Tajribali futbolchi yonida endi Xavi va Andres Inyesta kabi mo‘’jizaviy ijodkorlar emas, Pedri hamda Gavidek megaiqtidorlar bor. Shubhasiz, Busketsning joyi hamon boshlang‘ich tarkibda, u jamoa sardori sifatida avlodlar almashuvi jarayonidagi asosiy shaxsdir. Xo‘sh, tajribali yarim himoyachi navbatdagi muhim turnir (katta ehtimolki, o‘zi uchun oxirgi JCH)ga qanday umid bog‘lamoqda? FIFA rasmiy sayti «Barselona» faxriysini suhbatga chorlab, shu masalaga qiziqdi.

- Anchadan buyon Ispaniya terma jamoasida o‘ynayapsiz. Aytingchi, «furiya»ning bugungi tarkibi qanday holatda?

- Menimcha, hammasi juda yaxshi. Mana, milliy jamoamiz ancha yoshardi, muhimi, tarkibda tajribali futbolchilar ham bor. O‘ylaymanki, yoshlar shijoati va tajriba uyg‘unligi yaxshi holatda. Deylik, jamoada hamma o‘z rolini biladi va o‘yinga nimadir olib kirishni xohlaydi. Qisqasi, ayni payt yana raqobatbardosh jamoa sifatlari ko‘zga tashlanmoqda. Yosh yigitlarda o‘ynash ishtiyoqi baland, ular ulkan ambisiyalarga egalar. O‘z navbatida, kattalar ham ishtiyoqni hali yo‘qotgan emaslar. To‘g‘ri, endi barchasini JCH-2022 payti amalda isbotlash qolmoqda. Yigitlar bu kabi katta turnirlar tajribasini o‘zlashtirishga tayyorlar.

- Umuman, bo‘lajak jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasidan nimalar kutsak bo‘ladi?

- Biz har doim, har qanday holatda ham, maksimal natijani ko‘zlaganmiz va shunday bo‘lib qoladi. Binobarin, ispaniyalik muxlislar bizdan hamisha eng yuqori nuqtaga ko‘tarilishni talab qilishadi. Umuman, futboli rivojlangan mamlakatda xuddi shunday bo‘lishi ham kerak. Shubhasiz, futbolimiz tarixida eng yaxshi davrni o‘tkazdik - 2 marta Yevropa chempionati va bir bora jahon birinchiligida zafar quchdik. To‘g‘ri, shundan so‘ng biroz orqaga ketish kuzatildi. Asosiysi, ayni jamoa muxlislarimizda yana umid uyg‘ota oldi. Ishonchim komil, hozirda raqiblar ham «qizil furiya»ga hurmat bilan qarashadi, muxlislar esa bizni chinakamiga qo‘llab-quvvatlashadi. Shunday ekan, Qatarda hammasi fenomenal tus olishiga umid va ishonch yo‘q emas.

- Hozirgi tarkibda 2010 yilgi chempion jamoaning yagona vakilisiz...

- Bu - ham futbol, ham hayotning o‘zgarmas qonuni! JAR-2010da jahon tojini kiygan jamoaning eng yosh futbolchilaridan biri edim. Endi esa tarkibdagi eng tajribali o‘yinchilar qatoridaman. Shuncha vaqt raqobatga dosh berganim va mamlakatimiz bosh jamoasi sharafini himoya qilib kelganimdan alohida faxrlanaman. Umid qilamanki, biz yana g‘alabalar sari yuz buramiz, to‘g‘ri, bu juda qiyinligini ham yaxshi bilamiz. Shaxsan men «furiya» katta vazifalarni bajarishga qodirligini baralla ayta olaman. Har holda, hozir jipslashgan va bino­yidek kuchli jamoa shakllanganini ko‘rib turibman. Oddiy aytganda, katta turnirlarda yana uzoq-uzoqqa borish imkoniyatiga egamiz, bunga ishonaman.

- Vaqtida Xavi va Inyes­ta kabi sehrgarlar yonida o‘ynagansiz. Bu katta futbolchi sifatida o‘sishingizda nechog‘li rol o‘ynaganini ayta olasizmi? 

- Tushunarliki, dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan o‘ynash orqali tezroq rivojlanasiz, ko‘proq o‘rganasiz, shuningdek, noyob tajriba to‘playsiz. Menga shunday yo‘ldan yurish va muvaffaqiyat qozonish baxti nasib etdi. Xavi va Inyesta bilan futbolda imkoni bor deyarli barcha sovrinlarga ega chiqdik. Lekin biror g‘alaba osongina kelmagani ham ayni haqiqat. Zero, futbolda muayyan ijrochilar emas, yaxlit jamoa g‘alaba qozonadi. Shu ma’noda hozirgi jamoadoshlarimdan ham mamnunman: ular yosh bo‘lishlariga qaramay, hammasi jamoaviy harakatlarga bog‘liqligini teran tushunyaptilar. Ishonchim komil, hozirgi ko‘plab safdoshlarim yaqin kelajakda buyuk o‘yinchilar bo‘lib yetishishadi, jahon miqyosida eng zo‘rlar qatoriga kirishadi.

- Qatarga jamoa faxriysi va yetakchisi maqomida borasiz. Shuni hisobga olsak, bo‘lajak JCHdan oldin bosim sezilyaptimi?

- To‘g‘risi, butun faoliyatim davomida bosimni yaqqol his qilganman. Axir Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubidek elit drujinalar vakili har kuni yangi sinovga duch keladi. Demakki, mudom yuqori darajani ushlab turish talab etiladi. O‘ylaymanki, shu kunga qadar bosimni munosib yengib o‘tdim. Shuning uchun bugun ham jamoadaman, yaxshi martabaga egaman. 

- Bosh murabbiy Luis Enrike so‘nggi o‘yinlarda ko‘plab yangi futbolchilarni amalda sinab ko‘rdi. Ular qanday taassurot qoldirishdi?

- Bir narsa aniq - yangi yigitlar klublaridagi ajoyib o‘yinlari va individual sifatlari, uslub bo‘yicha murabbiy hamda milliy jamoaga mos kelishgani uchun tarkibga qo‘shilishdi. Luis Enrike ko‘plab intervyulari va matbuot anjumanlarida aytganidek, hozirgi bosqichda yosh muhim emas, bu shunchaki, raqam. Qarang, safimizda Gavi, Fati va Pedri kabi yoshlar bor. Ular bejizga terma jamoada emaslar - o‘z iqtidorlari bilan e’tiborga tushdilar. O‘ylaymanki, yoshlarimiz o‘yin­ga nimadir olib kirishga qodirlar va bu jamoani yanada kuchaytiradi. 

- Ayni payt hali uncha tanilmagan, lekin jahon chempionatida birdan porlab, barchani hayratga solishga qodir futbolchi ham bormi? Aynan kimdan shunday jasorat kutish mumkin? 

- O‘ylashimcha, Qatar mundia­li davomida bizdan Pedri barchaning e’tiborini o‘ziga qaratsa kerak. Aynan unda imkoniyat ko‘p. Harqalay, Pedri juda yosh bo‘lishiga qaramay, salohiyatini to‘liq namoyon qilishga ulgurdi, ma’lum darajada tajriba ham to‘pladi. Endi esa aslida qanday futbolchi ekanligini xalqaro miqyosda ham ko‘rsatadi. Kim yangi kashfiyot bo‘lishi mumkin? Keling, shunisi sir bo‘lib qolsin... 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 20.10.2022 11:45. O'qildi: 2125 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik