Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Yevropa nishonidagi yulduzcha

Yevropa nishonidagi yulduzcha

Braziliyada noyob iqtidor sohibining o‘rni hech qachon bo‘sh bo‘lmagan - qirol Peledan tortib Vinisiusga qadar har bir avlodning faoliyati davomida yorqin yulduz maqomiga ko‘tarilgan o‘z javohiri bo‘lgan.

Joriy yil ham bundan mustasno emas: bahorda OAV navbati bilan «Barselona» va «Real»ning qandaydir Endrikka - «Palmeyras» U-16 jamoasining 15 yoshli hujumchisiga qiziqib qolgani xususida bong urishgandi. O‘shanda ko‘pchilik uni tezda «paq» etib yoriladigan ko‘pikka qiyoslashgandi. Biroq oradan yarim yil o‘tsa hamki, voqea kun sayin shiddat bilan rivojlanmoqda: Yevropaning deyarli barcha grandlari o‘smirga befarq emaslar, u esa shu vaqt ichida asosiy jamoada debyutini nishonlab, hatto gol urishga ham ulgurdi. Keling, yaxshisi, mavzuga o‘ta qolaylik.

Qahramonimiz haqida qisqacha ma’lumot

Endrik Felipe Moreyra de Souza yoki oddiygina Endrik,16 yoshda, chapaqay, hujumchi yoki vinger pozisiyalarida to‘p suradi. O‘rta bo‘yli (173 sm.) va o‘rtacha gavdali. «Palmeyras» akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 16, 19 va 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamoalarida o‘ynagan, yaqinda asosiy tarkibda debyutini nishonladi.

Endrikning asosiy fazilatlari: universalizm, mohirlik, tezlik va jismoniy quvvat. Braziliyalik futbolchi aldamchi harakatlarni xush ko‘radi, o‘z yarim maydoniga qaytib, o‘sha yerdan hujumni boshlashi mumkin. Og‘irlik markazi pastda bo‘lganligi va hushyorligi tufayli, undan to‘pni tortib olish juda qiyin. Mana shu xislatlar Endrikka oldingi chiziqning istalgan bo‘g‘inida to‘p surish imkoniyatini beradi. Lekin u boshqa pozisiyalardan ko‘ra «to‘qqizlik»ka yaqinroqdek: hujumlarni nihoyasiga yetakazish va to‘pga dastlabki teginishda tengsiz, shiddat va tezkorlik yillar davomida pasayishi mumkin.

Endrik qayerdan paydo bo‘lgan?

«Palmeyras»ga u taxminan 10 yoshli paytida kelgan. Undan avval «San-Paulu» va «Santos»da shug‘ullanishni mo‘ljallagandi. «San-Paulu»ga u iqtisodiy sabablar tufayli kira olmadi, «Santos» esa uning salohiyatini talab darajasidan past, deb hisoblagandi.

«Palmeyras» bizga eshiklarini ochdi va samimiy kutib oldi. Buning uchun klubdan bir umr minnatdor bo‘lishimiz kerak», - degandi Endrik o‘sha paytdagi intervyularidan birida.

Keyin - Braziliyadagi eng nufuzli o‘smirlar turniri sohiblari bo‘lmish «Palmeyras» va «Kopinya» akademiyalaridagi mashg‘ulotlar. Bu turnir futbol olamiga Kaka, Neymar, Vinisius, Gabriel Jezus kabi afsonalarni hadya etgan. Joriy yil avvalida Endrik aynan shu musobaqada bor mahoratini to‘la-to‘kis namoyish etdi: jamoadoshlaridan ancha yosh bo‘lishiga qaramasdan, 7 uchrashuvda 6ta gol urdi, finalda «Santos»ni mag‘lub etib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. Shundan keyin Endrik butun mamlakat va top-klublar skautlari e’tiborini o‘ziga jalb etdi!

Yangi maqomdagi ilk qadamlar

Turnirdagi fantastik muvaffaqiyat va maqtovlardan yosh iqtidor «havolanib» ketmadi. Aksincha, yanada kuchliroq g‘ayrat-shijoat bilan o‘ynadi va may oyiga qadar 175ta o‘yinda 171ta gol urdi!

Shunday yuqori ko‘rsatkich bilan Monteygu (16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar musobaqasi) turniriga yo‘l olgan qahramonimiz bu yerda ham eng yaxshi ishtirokchi unvoniga sazovor bo‘ldi. Hujumchi 4 uchrashuvda 5ta gol va 1ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygandi. Ikki haftadan keyin Endrik dastlabki professional shartnomasini rasmiylashtirdi. Keyin o‘zini ko‘rsatish navbati 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Braziliya Kubogi musobaqasiga keldi. Endrik mazkur turnirning finalidagi standart vaziyatdan urilgan o‘ta chiroyli golidan tashqari, eng yaxshi to‘purar unvonini ham qo‘lga kiritdi. Qahramonimiz mana shunday yorqin o‘yinlar bilan o‘zi uchun muhim cho‘qqini zabt etdi. Ya’ni, nihoyat, asosiy jamoadan chorlov oldi.

Endrik asosiy jamoa sari yo‘l olganida, chempionat yakuniga atigi bir nechta uchrashuv qolgan, «Palmeyras» o‘z ta’qibchilaridan ancha ilgarilab ketgandi. Debyut 7 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi - «Koritiba»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi 21 daqiqa ichida 2ta aniq zarbani amalga oshirdi, ajoyib aldamchi harakatni namoyish etdi va 2ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Qisqasi, dastlabki o‘yin muxlislar kutishgan darajada bo‘lmadi. Lekin keyingi bellashuvlarda Endrik tobora yaxshiroq to‘p sura boshladi: «San-Paulu»ga qarshi bellashuvda u raqib himoyachisini qizil kartochka olishga majbur etdi, «Avai» bilan bo‘lgan bahsda samarali uzatmani amalga oshirdi. «Atletiko Paranayense»ga qarshi uchrashuv esa chinakamiga tarixiy voqea maqomida bo‘ldi: jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan pallada maydonga tushgan Endrik o‘z dubli bilan o‘yin taqdirini butunlay o‘zgartirib yubordi. Libertadores Kubogi finalchisi darvozasiga urilgan 2ta gol jamoaga g‘alaba keltirdi, hujumchiga esa klub tarixidagi eng yosh goleador unvonini!

Uchrashuv nihoyasiga yetgach, hatto raqib jamoa muxlislari ham Endrik bilan suratga tushdilar - uni butun mamlakat hududida hurmat qiladilar.

Bu yog‘i nima bo‘ladi?

Yaqingacha grandlar Endrikka faqat qiziqish bildirgan bo‘lsalar, hozir muayyan taklifni tayyorlab qo‘yganlar ham yo‘q emas. Braziliyalik iqtidor sohibining shartnomada ko‘rsatilgan bahosi 60 mln. yevro - hozirgi mezonga ko‘ra, adolatli qiymat. «PSJ» (20 mln. taklif etgan) va «Barselona» boshqa xaridorlarga nisbatan faollik ko‘rsatishmoqda. Biroq asosiy favorit - «Real». Chunki mish-mishlarga binoan, Endrik «qirollik klubi»ning muxlisi va Madriddan taklif kutmoqda. Agar bu rost bo‘lsa, yurish navbati Florentino Peresda.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 12.12.2022 10:05. O'qildi: 2844 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik