Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Final yaxshi, agar u «el-klasiko» bo‘lsa, undan-da yaxshi...

Final yaxshi, agar u «el-klasiko» bo‘lsa, undan-da yaxshi...

Bu yilgi qish fasli futbol muxlislari uchun ancha yoqimli bo‘ldi. Sababi mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan eng nufuzli musobaqa: jahon chempionatining final bosqichi aynan shu faslning birinchi oyiga to‘g‘ri keldi. Qishni futbolning qaynoq harorati bilan davom ettirish uchun yana bir ajoyib final bizni kutib turibdi. Bu final Ispaniya superkubogi doirasida bo‘lib, unda shu mamlakatning eng nomdor jamoalaridan biri bo‘lmish «Real Madrid» jamoasi, boshqa bir superklub «Barselona»ga qarshi chiqadi. Madridliklar finalga chiqish uchun «Valensiya»ni yo‘lda qoldirgan bo‘lsalar, kataloniya jamoasi «Betis»ni finaldan mahrum qildi. Va shunday qilib, finalda biz yana o‘sha «klasiko» to‘qnashuvga guvoh bo‘ladigan bo‘ldik.

«El-klasiko» bu — butun dunyo muxlislarining ikkiga bo‘linishi, maydondagi har bir qarich joy uchun kurash, qaynoq hissiyotlar va yoddan chiqmas lahzalar deganidir. Mazkur bahs maqom tanlamaydigan nodir to‘qnashuvlardan biridir. Uzoqqa bormaymiz, o‘tgan yozda, AQSHda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik maqomidagi o‘yinda ikki jamoa a’zolari maydonda jiqqamusht bo‘lganlari hali hech kimning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Ayniqsa, Ryudiger va Arauxoning yoqalashishi ancha vaqt ijtimoiy tarmoqlarda «trend»da turdi. Vaholanki, u shunchaki mavsum oldidan tayyorgarlik uchun o‘tkazilgan oddiy o‘rtoqlik uchrashuvi edi. Bugun esa biz ularni finaldagi janggini tomosha qilamiz. «El-klasiko» nomi oldiga final so‘zining qo‘shilishi, hamma hissiyotlarni ikki karra oshirib yuborayotgandek, go‘yo…

Xavining «yangi Barselona»si

Xavi murabbiy sifatida bugun «Barsa» bilan birinchi sovrini yutishi mumkin. Murabbiylar natija uchun o‘z uslublaridan voz kechishlari zamonaviy futbolda yangilik emas. Hattoki, «daho» deb ta’riflanadigan Gvardiola ham o‘tgan mavsum «Atletiko Madrid»ga qarshi javob uchrashuvida butunlay himoyaviy o‘yin ko‘rsatib natijaga erishgandi. Bugun uning shogirdi bo‘lmish Xavi ham natija uchun har qanday g‘oyaga rozi bo‘lishi aniq.

«Yangi Barselona» deb atashimizga kataloniyaliklarning kichik tanaffusdan so‘ng o‘tkazgan himoyaviy o‘yinlari («Espanyol» bundan mustasno, chunki u o‘yinda «Barsa» hisobni ocha olmadi) sabab bo‘ldi. Jamoa avvaliga «Espanyol» bilan durang o‘ynadi, keyin esa «Atletiko» va «Betis» ustidan qiyin va nursiz (maqola davomida nega nursizligini tushunib olasiz) g‘alabaga erishdi. Xavi natija uchun uslubidan voz kechishga tayyor ekanligini, va bu mutlaqo «normal» holat ekanligini yuqorida aytib o‘tdik. Keling, Xavi nega himoyaviy o‘yinni tanlaganini tahlil qilsak. Birinchidan: «Barsa» futbolchilari Mundialda yomon ishtirok etishdi. Jamoaning aksar furbolchilari Ispaniya bilan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Finalda o‘ynagan Dembele va Kunde esa o‘sha kuni o‘zlarini ko‘rsata olishmadi. Futbolchilarning ruhiyati ko‘tarilishi chun ham jamoa amallab dastlabki ikki-uch o‘yinni yutib olishi kerak edi. Ikkinchidan esa: bu safargi tanaffus juda qisqa bo‘ldi va futbolchilar kamroq dam oldi. Ular to‘qson daqiqa bir xil tempda o‘yinni nazorat qilishlari o‘ta og‘ir ish bo‘lib hisoblanardi. Shuning uchun Xavi tezkor gol urib, vaqti-vaqti bilan pozision hujumlarga o‘tishni unutmagan holda, jamoani chuqur himoyada o‘ynatdi. «Atletiko» bilan bu ish berdi, «Betis» bilan esa unchalik emas. Bunga «Betis»ning quvnoq jamoa ekanligi to‘sqinlik qildi. Ya’ni jamoa doim hujumkor o‘ynagani bois, kataloniyaliklarga qarshi birinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘ynashdan qo‘rqmadi va gollarini urib ketdi.

«Barsa» so‘nggi o‘yinlarida gol urishga juda qiynalyapti. Gavining yonib-kuyishi va Pedrining aqlli uzatmalari bilan xavfli vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Dembeleni reydlarini ham unutmasligimiz kerak. Lekin bular g‘alaba uchun doim ham yetarli bo‘lavermaydi. Finalda yutish uchun Levandovski yanda samaraliroq o‘ynashi va Xavi chap qanot muammosini tezroq hal qilishi kerak.

Xullas, bu «Barselona» gollarni qalashtirib yuborsa ham to‘pni doimo o‘zida saqlaydigan, o‘yinni to‘laligicha nazorat qiladigan eski «Barselona» emas. Bu vaqti-vaqti bilan raqibga o‘yinni beradigan, kerak bo‘lsa yetmish daqiqa himoyalanadigan, natija uchun o‘ynaydigan «Yangi Barselona». Xo‘sh, sizningcha bugun biz natija uchun o‘ynaydigan «Yangi Barsa»ni ko‘ramizmi yoki eskisinimi?..

Anchelottining «eski Real»i

«Real Madrid» ham bu uchrashuvga xuddi «Barselona»dek penaltilar seryarsidan g‘olib bo‘lib yetib keldi. Lekin bu «Real»da muammolar ko‘p ekanligini bildirmaydi. Xotirjamlik va g‘alabaga bo‘lgan ishonch jamoaning qon-qoniga singib ketgan. Jamoaning eng katta yutug‘i ham shunda. Kroos, Benzema, Modrich kabi jamoaning o‘zagi bo‘lgan futbolchilar saqlab qolinganligi g‘alabalarning asosiy sababidir. Yuqoridagi futbolchilar faoliyatini tugatmay turib murabbiy bo‘lib ulgurishgan. Ular istalgan paytda «Real» tiriltira olishlari mumkin. Bunga biz o‘tgan mavsum YECHLda bir necha bor guvoh bo‘ldik.

Birgina Benzemaning o‘zi naqadar katta futbolchi ekanligi o‘tgan mavsumdagi «klasiko»da bilinib qoldi. O‘sha yirik hisobdagi mag‘lubiyat qabul qilib olingan kechada, yaxshi formada bo‘lgan Vinisius va Rodrigo Benzemasiz juda beozor bo‘lib qolishgandi. Ular Mundialda ham «Real»dagidek sermahsullik qayd eta olmaganlarini ham qo‘shimcha qilishimiz mumkin. Katta futbolchilar bilan yosh iqtidorlar juda yaxshi chiqishib ketishi va jamoadaga ichki muhitning zo‘rligi madridliklarga juda qo‘l keladi.

Lekin ba’zida «maydondagi murabbiylar (Kroos, Modrich, Benzema)ning o‘zi yetarli bo‘lmay qoladi. Shunday vaqtlarda bosh murabbiy katta sahnaga chiqishi kerak. Zamonaviy futbolning qolipiga katta yoshdagi murabbiylar tusholmay qolayotgani esa bor gap. Misol uchun, Mundialdagi yarimfinalchilarga nazar solsak: Deshamdan tashqari barchasi yosh murabbiylar ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Aytmoqchimanki, Anchelotti, Desham, Mourinyo, Santush kabi qari murabbiylar o‘sishdan, rivojlanishdan biroz to‘xtab qolgandek go‘yo. Ular tez reaksiya bildirishda ko‘pincha oqsab qoladilar.

Deshamning Fransiyasini eslaylik: Finalda Fransiya jamoasi birinchi bo‘limda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lidi. Tanaffusdan so‘ng, ikkinchi bo‘limga aynan shu «o‘lik» Fransiya maydonga tushdi. U yangi sxema ishlash tugul, futbolchilarga yetatlicha «motivasiya» ham bera olmadi. O‘sha kungi mag‘lubiyat to‘laligicha Deshamning bo‘ynida edi. Uning qilgan yagona yaxshi ishi bu zaxiradagi bor hujumchilarni maydonga tashlaganida bo‘ldi. Santushda ham shunga o‘xshash holat yuz berdi. O‘n bir kishi bilan himoyalanadigan Marokashga qarshi 4-4-2 taktik sxemasida o‘ynadi. Ronalduni zaxiraga olishdan boshqa yangilik qilmadi. Aksiga olib bu yangilik ham, yakunda Portugaliyaning zarariga ishladi.

Anchelotti ham, agar Xavi qandaydir yangilik o‘ylab tosa, unga reaksiya bildirolmay qolishi mumkin. Bu qaror balki, Balde va Pedri juftligini chap qanotda o‘ynatishi yoki Dembele va Fati kabi driblingi yuqori bo‘lgan vingerlar bilan «Real»ning nisbatan zaifroq bo‘lgan qanot himoyasini yorib o‘tish ko‘rinishida b’olar. Bunisi bizga qorong‘u.

Aniq va ravshan bo‘lgan yagona narsa shuki: biz bugun super bahs guvohiga aylanamiz. Yoqimli tomosha!

Avazbek Mirsaitov

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 15.01.2023 10:49. O'qildi: 2147 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik