Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Barselona» argentinalik vunderkindni 400 million yevroga baholadi! Klubning bozordagi siyosati shunchaki hayratlanarli

«Barselona» argentinalik vunderkindni 400 million yevroga baholadi! Klubning bozordagi siyosati shunchaki hayratlanarli

Argentina terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng bu mamlakat futbolchilariga talab ortishi shubhasiz. Eng iqtidorli argentinalik yoshlarni har doim Yevropaning top-klublari skautlari yaqindan kuzatib borishgan, Qatarda Lionel Messi va uning jamoadoshlari dunyoga o‘z mamlakatining futbol bozorini eslatdi. Eng iqtidorli argentinaliklarni «Barselona» ham o‘ziga jalb qildi, rahbariyat ikkinchi Leoni topishga umid qilmoqda. Misol uchun, Marca nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi «Veles Sarsfild» vingeri Janluka Prestianni uchun «Real» bilan kurashmoqda. Yigitning vatanida unga «yangi Messi» laqabini berishgan.

Yaqinda «Barselona» «Ferro» vakili Lukas Romanni sotib oldi. Bitim atigi 1,2 million yevroni tashkil etdi (yana 3,5 million yevro esa bonus sifatida yozilgan) va yangi kelgan futbolchi uch yarim yillik shartnoma imzoladi. «Barsa» va Roman o‘rtasidagi shartnomada e’tiborga molik, chunki unda kompensasiya miqdori mavjud. Lukasning huquqlarini sotib olmoqchi bo‘lganlar 400 million yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi. Har qanday klub sug‘urta qilishga intilishi aniq, ammo hali porlab chiqmagan yigit uchun bunday mablag‘ haddan ziyod ko‘p! Darhaqiqat, yigitcha 2026 yilning yoziga qadar, hatto juda foydali taklif bo‘lsa ham, o‘z xohishi bilan Kataloniya klubini tark etmaslikka rozi bo‘lgan. U qisqa vaqt ichida Kilian Mbappe darajasiga yetmoqchi. Roman professional o‘yinlarda kamtarona tajribaga ega. 2022 yilgi mavsumda u Argentina chempionatining ikkinchi divizionida 27 ta o‘yin o‘tkazdi, bu o‘yinlarda u 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U turli pozisiyalarda harakat qildi: o‘ng qanot vakili, hujumchi ortida va hujumkor yarim himoyachi. Katta ehtimol bilan Lukasni kataloniyaliklarga Argentina yoshlar terma jamoasini boshqarayotgan «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xavyer Maskerano tavsiya qilgan. Roman Argentinaning turli xil yoshlar terma jamoalarida ham o‘ynagan. U yerda yana bir mashhur argentinalik sobiq futbolchi - Pablo Aymar bilan ishlagan. Lukas ancha mobil va hujumkor o‘yinchi. Tezkor va epchil bo‘lgani uchun Pocho laqabini oldi. Texnika va zarba tomonlama mukammal o‘yinchi. Roman o‘ng qanotda o‘ynashni yaxshi ko‘radi va u yerdan markazga o‘tib, kuchli chap oyog‘i bilan darvozaga tahdid soladi, xuddi Messi kabi! Uzoqdan zarba berish qobiliyati ham ajoyib. Skautlar «Barselona»ga yangi kelgan futbolchining yetakchilik fazilatlarini qayd etishdi.

Argentinada Maskerano bilan birga ishlayotgan Kataloniya klubining sobiq bosh murabbiyi Oskar Ernandes Romero Cadena SER nashriga bergan intervyusida Romanning transferi haqida shunday fikr bildirdi: «Bu qiziqarli shartnoma. Lukas vinger yoki hujumkor yarim himoyachi. U juda tezkor o‘yinchi, kerakli paytda o‘z texnikasidan unumli foydalana oladi. Jarima maydonchasi tashqarisidan juda yaxshi zarba yo‘llaydi». Romanni «Milan» va Argentinaning top-klublari sotib olishmoqchi edi. «Barsa» Lukasga da’vogar sifatida barchadan o‘zib ketdi. Endi argentinalik futbolchining narxi 1,2 million yevro emas, balki 400 million yevroni tashkil etmoqda. Buni tovon puli sifatida belgilagan holda ko‘pchilik klublarning unga qurbi yetmasligi aniq. Biroq Roman «Barselona» tarkibida shartnoma muddati ichida juda ham yirik tovon puli mavjud bo‘lgan birinchi yosh futbolchi emas. Xususan, Pedri, Gavi, Ansu Fati, Ronald Arauxo, Jyul Kunde va Ferran Torresning jami 1 milliard yevro miqdoridagi to‘lovlari borligi xabar qilingandi! Ammo ular argentinalikdan farqli o‘laroq, allaqachon «ko‘k-anorranglilar» tarkibida o‘zlarini ko‘rsatishgan.

Kiritildi: 20.01.2023 12:51. O'qildi: 5416 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik