Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

2022 yilning eng sermahsul futbolchilari

2022 yilning eng sermahsul futbolchilari

Reytingning yuqori 3ta o‘rnida Fransiyadan ikki vakil bor, ammo Karim Benzema yo‘q. Lionel Messi esa Kilian Mbappedan ancha orqada. 2023 yil futboli allaqachon qizg‘in ritmga tushib oldi. Lekin 2022 yil sarhisobi hali yakuniga yetgani yo‘q. Xususan, bugun o‘tgan yili mahsuldorlik bobida yuqori ko‘rsatkich qayd etgan futbolchilar reytingiga nazar solamiz. Avvalo, aytish kerak, bu ro‘yxatga Yevropa milliy chempionatlari va kuboklari, yevrokuboklar va terma jamoalar safida «Gol+pas» tizimi bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan futbolchilar kiritilgan.

1. Kilian MBAPPE («PSJ», Fransiya)

Umumiy natija: 54ta o‘yinda 72 ball (53ta gol va 19ta assist)

24 yoshli futbolchi yil bo‘yi fantastik mahsuldorlik ko‘rsatdi. Kilian shuning barobarida 5-marta Fransiya chempioni bo‘ldi, JCH-2022 bosh to‘purariga aylandi (8ta gol). «PSJ» hujumchisi jumladan, joriy mavsum yangi yilga qadar barcha turnirlar doirasida 20 marta maydonga tushib, 19ta gol va 5ta samarali uzatma qayd etdi.

2. Robert LEVANDOVSKI  («Bavariya»|«Barselona», Polsha)

Umumiy natija: 50ta o‘yinda 56 ball (42ta gol va 14ta assist)

Levagol o‘tgan yili 10-marta Germaniya chempioniga aylandi. «Barselona»ga o‘tganidan keyin esa dastlabki 19ta o‘yinda 18ta gol urdi. Shuningdek,  JCH-2022da o‘z hisobiga 2ta gol va 1ta samarali uzatma yozib qo‘ydi. Robert Levandovski - «Oltin butsa»-2022 sohibi.

3. Kristofer N~KUNKU («RB Leypsig», Fransiya)

Umumiy natija: 56ta o‘yinda 56 ball (37ta gol va 19ta assist)

Kristofer JCH-2022 starti arafasida tizzasidan jarohatlanib, bosh turnir tomoshabiniga aylandi. U mundialda qatnashganida, nech­ta gol urardi - buni aytish qiyin. Chunki hujumkor yarim himoyachi Fransiya termasining YEMLdan o‘rin olgan 6ta o‘yinida atigi 2ta assist qayd etdi. Muhimi, N~Kunku Germaniya kubogi finalida gol urdi va «RB Leypsig» penaltilar seriyasida «Frayburg»ni dog‘da qoldirdi.

 

4. Mehdi TAREMI («Portu», Eron)

Umumiy natija: 50ta o‘yinda 56 ball (35ta gol va 21ta assist)

Eronlik hujumchi o‘tgan yili Portugaliya chempioni bo‘lishdan tashqari, joriy CHL guruh bosqichida qattiq o‘ynadi - 5ta uchrashuvda 5ta gol va 2ta samarali uzatma. Taremi Qatar mundialidan ham quruq qaytgani yo‘q. U jumladan, Angliya termasi darvozasini ikki bora ishg‘ol qilib, uelsliklar bilan bahsda gol assistentiga aylandi. Taremining joriy mavsumdagi natijasi - 22ta o‘yinda 15ta gol va 8ta samarali uzatma.

 

5. Lionel MESSI («PSJ», Argentina)

Umumiy natija: 47ta o‘yinda 54 ball (25ta gol va 29ta assist)

Argentina termasi sardori 2022 yili nihoyat, jahon kubogini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, Finalissima o‘yini g‘olibiga aylandi, Fransiya chempionati va superkubogida zafar quchdi. JCH-2022da «Gol+pas» bo‘yicha 10 ochko (7ta gol va 3ta assist) - Messidan chempionlik uchun munosib statistika.

 

6. Garri KEYN («Tottenxem», Angliya)

Umumiy natija: 59ta o‘yinda 48 ball (33ta gol va 15ta assist)

Angliya milliy jamoasi sardori JCH-2022da 2ta gol va 3ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. U shu tariqa terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha Ueyn Runi (53ta gol) bilan tenglashdi. 

 

7. NEYMAR («PSJ», Braziliya)

Umumiy natija: 38ta o‘yinda 48 ball (28ta gol va 20ta assist)

Braziliyalik futbolchi JCH-2022da 2ta gol urib, yana 1tasiga assistentlik qilgan bo‘lsada, turnirni alam bilan tark etdi. Shuni inobatga olmaganda, 2022 yilni Neymar hisobiga yozib qo‘yish mumkin. Zero, u Liga 1da yana oltin medal yutdi, Fransiya superkubogini boshi uzra baland ko‘tardi. Shuningdek, mavsum-2022|2023ni zo‘r boshladi: barcha turnirlardagi dastlabki 20ta o‘yinda 15ta gol va 12ta samarali uzatma. 

 

8. Kodi GAKPO (PSV, Niderlandiya)

Umumiy natija: 51ta o‘yinda 48 ball (26ta gol va 22ta assist)

23 yoshli vinger - JCH-2022 kashfiyoti. Kodi jumladan, Senegal, Ekvador va Qatar termalari darvozasiga yo‘l topdi, ammo niderland­lar chorak finalda to‘xtashdi. Futbolchi «Liverpul»ga yo‘l olishiga qadar joriy mavsum Eredivizionda chinakamiga yayradi: 14ta o‘yinda 9ta gol va 12ta samarali uzatma. Asosiysi, Kodi Niderlandiyaning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

 

9. Erling XOLAND  («Borussiya» D.|«Manchester Siti», Norvegiya)

Umumiy natija: 39ta o‘yinda 47 ball (40ta gol va 7ta assist)

Norvegiyalik goleador «Manchester Siti» safiga qo‘shilgach, o‘z ishini paysalga solgani yo‘q - APLning dastlabki 13ta o‘yinida 18ta gol va 3ta assist, CHLning 4ta o‘yinida esa 5ta gol. Umuman, Erling 2022 yili 4ta «xet-trik» qayd etdi, shundan 3tasini APLda. Qolaversa, YEMLning 6ta uchrashuvida Norvegiya termasi uchun 6ta gol urib, yana 1tasida assist rolini bajardi.

 

10. Kevin DE BRYUYNE («Manchester Siti», Belgiya)

Umumiy natija: 52ta o‘yinda 46 ball (18ta gol va 28ta assist)

Tan olingan yarim himoyachi JCH-2022da ko‘zga tashlangani yo‘q. Vaholanki, u mavsum-2022|2023ni o‘ta effektli boshlagandi: 15ta samarali uzatmaga qo‘shimcha tarzda 3ta gol. Umuman, Kevin de Bryuyne 2022 yili Angliya chempioni bo‘ldi, «Oltin to‘p» so‘rovida 3-o‘rinni egalladi. To‘g‘ri, u Belgiya terma jamoasida o‘zini uncha ko‘rsatolmadi: YEMLning 5ta o‘yinida 2ta gol va 1ta assist.

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 26.01.2023 23:30. O'qildi: 2755 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik