Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Raul Zidanning yo‘lidan boradimi?

Raul Zidanning yo‘lidan boradimi?

Raul Gonsales Blanko "Real Madrid" timsollaridan biridir. Hujumchi muxlislardan Madrid qiroli laqabini olishi bejiz emas. Raul "Real Madrid" uchun o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lib qolmoqda (741) va klub uchun gollar soni bo‘yicha uchinchi (323), faqat Ronaldu (450) va Benzemani (324) ortda qolmoqda. 2010 yilda Florentino Peres afsona bilan unchalik chiroyli xayrlashmaganiga qaramay, hujumchi hamon “Real”ni yaxshi ko‘radi.

Hujumchi xayrlashuv nutqida zaxira futbolchisiligidan ko‘ngli to‘lmaganini ta’kidlagan edi. 2009 yilda jamoaga Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema kelib qo‘shildi, yosh Gonsalo Iguain ham o‘rin oldi. Shunday qilib, "Real Madrid"ning kadrlar siyosati Raulni sevimli jamoasini tark etishga majbur qildi.

Raul 2015 yilda MLSda “Nyu-York Kosmos” jamoasida faoliyatini yakunlagan. Ispaniyalik futbolchi darhol futbolda ishlashni davom ettirishga qaror qildi. "Real Madrid" afsonasi murabbiylik kursini o‘qidi va tabiiyki, o‘z ona klubiga qaytdi. 2018 yilda Raul Madrid yoshlar jamoasini qabul qilib oldi. Oradan bir yil o‘tmay, 2019 yilning 20 iyunida u murabbiylik pog‘onasidan bir pog‘ona yuqorilab, “Kastilya” bosh murabbiyiga aylandi. Birinchi mavsum oxirida Raul jamoasini UEFA Yoshlar ligasida g‘alabaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, finalda "Benfika" 3:2 hisobida mag‘lub etildi.

Ispaniyalik murabbiy o‘zini hujumkor futbol o‘ynaydigan va futbolchilar bilan yaxshi muloqot qiladigan moslashuvchan mutaxassis sifatida ko‘rsatdi. Shuningdek, Raul bilan ishlaydigan odamlar uning jamoalari sobiq futbolchining xarakterini o‘zlashtirayotganini ta’kidlashmoqda. Kiyinish xonasida yuqori tartib-intizom, raqib va uchrashuv rasmiylariga maksimal darajada hurmat bor.

E’tiborli jihati "Kastilya"ni boshqargan Zinedin Zidan (2014-2016) va Santyago Solari (2016-2018) asosiy jamoada hma ishlashgan. Raul hamkasblari yo‘lidan borishni xohlaydi. 2022 yil oktyabr oyida Ispaniyaning Marca nashri u “Shalke”dagi murabbiylik ishidan voz kechgani haqida xabar berdi. Ispaniyalik ushbu klubda 2010-2012 yillarda o‘ynab, o‘z tarixida sezilarli iz qoldirdi. Nemislar ispaniyalik bilan birgalikda Chempionlar ligasi - 2010/2011-yilgi mavsumning yarim finaliga qadar yetib borishdi. “Shalke” “Real”ga Raulning jamoa bosh murabbiyi lavozimiga o‘tishi mumkinligi borasida rasmiy so‘rov yubordi. Biroq ispaniyalikning o‘zi bu taklifni rad etdi. Xabar qilinishicha, Raul kelajakda "Real Madrid" asosiy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lmoqchi.

Xuddi shunday ish “Lids” bilan ham takrorlandi. Shu yilning fevral oyida amerikalik murabbiy Jessi Marsh istefoga chiqarilganidan so‘ng, "tovuslar" rahbariyati Raul bilan bog‘lanishdi. Klub har qanday holatda ham uni tayinlamoqchi edi, ammo ispaniyalik hozir bunday o‘tish uchun to‘g‘ri vaqt emasligini his qildi. Raul Karlo Anchelotti ketganidan keyin "Real Madrid" jamoasi murabbiyligiga taklif qilinishini intiqlik bilan kutishda davom etmoqda.

El Nacional xabariga ko‘ra, madridliklar afsonasi klub italiyalikning o‘rnini bosmoqchi bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxatidan joy olgan. Raulning potensial raqobatchilari Ispaniya terma jamoasi va "Real Madrid"dagi sobiq jamoadoshlari bo‘lishi mumkin: "Real- U19"ni boshqarayotgan Alvaro Arbeloa va Germaniyaning "Bayer"ida ishlaydigan Xabi Alonso.

Raulning "Kastilya"dagi ishlari qanday? Ispaniya uchinchi divizionining joriy mavsumida uning jamoasi 24 turdan keyin peshqadam “Alkorkon”dan (44 ochko) atigi ikki ochkoga ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Afsonaviy ispaniyalik "Real Madrid"ning asosiy jamoasi bilan ishlashga tayyormi? Agar so‘nggi paytlarda jamoani jalb qilishdan tez-tez noroziligini bildiruvchi Karlo Anchelotti shartnoma muddati tugamasdan (2024 yil yozigacha) klubni tark etsa, taklif juda tez orada kelishi mumkin. Tarix “Kastilya”da ishlagan, so‘ng “Real”ga uchta Chempionlar Ligasi kubogini olib kelgan Zidan misolini eslaydi.

Tarozining boshqa tomonida Santyago Solarining asosiy jamoaga omadsiz kirishi bo‘lishi mumkin. Lekin siz Raul boshchiligidagi “Real” va Xavi boshchiligidagi "Barselona" bilan o‘yinni qanday tasavvur qilasiz. Shunchaki dahshat!

Kiritildi: 10.02.2023 11:09. O'qildi: 2477 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik