Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Tanishing: yaqin kelajak yulduzlari!

Tanishing: yaqin kelajak yulduzlari!

UYEFA o‘smirlar ligasi - yevrofutbolning bezagi bo‘ladigan noyob iqtidorlar makoni.

Ular shu qadar zo‘r va shiddatliki, «bir sakrashda» o‘rinbosarlar jamoalarini ortda qoldirib, asosiy tarkibdan joy oladilar. Eng sara g‘unchalar o‘nligi bilan tanishuv sizlarni zeriktirib qo‘ymaydi, degan umiddamiz.

UYEFA O‘smirlar Ligasi (O‘L) nima?

O‘L - 19 yoshgacha bo‘lgan jamoalar o‘rtasidagi YECHL. Hatto guruhlari ham kattalarniki kabi. Asosiy turnirdan yagona farqi - formatdagi o‘zgarish: 1|8 final bosqichi arafasida O‘L vakillari YELdagi kabi to‘qnash uchrashuvlarida kuch sinashadilar. Shu sababli o‘smirlar CHL asosiy turnirga nisbatan barvaqtroq bahorgi bosqichga qaytadi. O‘L joriy mavsumidagi qiziqarli fakt: musobaqaning amaldagi g‘olibi - «Benfika» guruh bosqichidan chiqa olmadi. «Barselona», «Real», «Liverpul», «Milan», «Manchester Siti», «Atletiko», «PSJ» va «Sporting» to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak final ishtirokchilariga aylanishdi.

1. Paul Vanner - «Bavariya», 17 yoshda, pleymeyker

Ro‘yxatdagi yetakchi yulduz. Hozirning o‘zida asosiy tarkibdan joy olib, jamoaning YECHLdagi eng yosh debyutanti bo‘lishga ham ulgurdi. Yuksak saviyani yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ba’zan O‘Lda ham maydonga tushadi: 3ta o‘yinda 1ta gol, 2ta assist. «Bavariya» guruhdan chiqa olmadi, lekin Paul yoqimli taassurot qoldiradi. Bo‘shliqni xush ko‘radigan pleymeyker ancha bo‘ydor (185 sm.), raqibga qarshi yakka kurashda o‘zini yaxshi his etadi. Chidamli, tezkor, driblingni yoqtiradi. Chapaqay.

2. Itan Mbappe - «PSJ», 16 yoshda, yarim himoyachi

Sayyoramizdagi eng yorqin o‘yinchilardan birining tug‘ishgan ukasi! Va o‘ta noyob iqtidor sohibi - akademiyaning kelajagi porloq vakillari yetakchisi. Joriy mavsumda Galtyening tashabbusi bilan asosiy jamoada mashq qilmoqda. Itan tayanch hududi yaqinida to‘p suradi: hujumning boshlang‘ich bosqichida yordam beradi, tez-tez ortga qaytadi. Uni Marko Verrattiga qiyoslashmoqda. Akasichalik shiddatli emas, lekin yuksak texnika sohibi. O‘yinni tashkil etish va to‘pni olib yurishni yoqtiradi.

3. Lamin Yamal - «Barselona», 15 yoshda, o‘ng qanot vingeri

La Masiyaning eng yorqin tarbiyalanuvchisi. U shunchalik zo‘rki, shartnoma muddatini uzaytirishini Xavi sabrsizlik bilan kutmoqda. Hozir Yamal O‘Lda debyut mavsumini o‘tkazmoqda. 4 marta zaxiradan maydonga tushgach, guruh bosqichining so‘nggi turida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Lamin o‘z tengdoshlariga nisbatan tez ulg‘aydi: jismonan 19 yoshli jamoadoshlaridan qolishmaydi, yuqori tezlikka erisha oladi, kuchli zarba sohibi, qadamlari katta. Chapaqay, hujum chizig‘ining o‘ng qanotida o‘ynaydi, tez-tez markazga o‘tib, aylanma zarbalarni amalga oshiradi. O‘zi endi 15ga chiqdi!

4. Niko Pas - «Real», 18 yoshda, pleymeyker

«Kantera»ning eng nodir javohirlaridan biri. Relevo nashri axborotiga ko‘ra, Pas Karlo Anchelottida yorqin taassurot qoldirgan. Endi don Karlo undan ulkan muvaffaqiyatlarni kutmoqda. O‘Lning joriy mavsumida Niko 5 uchrashuvda 5ta gol urdi, keyin «qaymoqranglilar»ning o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tdi. Tezlik va chaqqonlik bobida maqtana olmasada, Niko o‘z faoliyatini vinger pozisiyasida boshlagandi. Keyinchalik uni yarim himoya chizig‘iga o‘tkazishgach, o‘yini yurishib ketdi. Niko Pas - mahoratli, jismonan baquvvat o‘yinchi, hujumchi ortida o‘ynaydi va kreativ uchun to‘liq javobgar. Joriy mavsumda u shiddatli taraqqiyotga erishdi, yetuk futbolchilardan Fabian Ruis va Xames Rodrigeslarni eslatadi.

5. Viktor Barbera - «Barselona», 18 yosh, hujumchi

O‘ta sermahsul snayper. Bu borada raqamlarga murojaat qilamiz: O‘Ldagi 4ta bellashuvda 7ta gol, «Bavariya»ga xet-trik. Joriy mavsumda uni «Barselona» o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida toblamoqdalar - u yerda ham hujumchi merganlikni namoyish etdi: 14ta o‘yinda (8tasi boshlang‘ich tarkibda) 5ta gol. Viktorni Levandovski va Suaresning chatishmasi deyishadi. 4-3-3 sxemasida u sof hujumchi pozisiyasida to‘p suradi, to‘psiz o‘ta aqlli harakatlanadi, yuksak intellekt va instinkt sohibi.

6. Adrian Ninyo - «Atletiko», 18 yoshda, o‘ng qanot vingeri

Aftidan, El-Ninyo (Torresning taxallusi) «matraschilar» uchun yangi Ninyoni tarbiyalayotgandek. Adrian Fernando Torres rahbarligida O‘L doirasidagi 6 uchrashuvda raqiblari darvozasini 7 marta zabt etdi! Ninyo turnirning guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda gol urgan dastlabki futbolchi bo‘ldi. Biroq hanuzgacha asosiy jamoadan chorlov olgani yo‘q. Adrian harakatchan, tezkor o‘yinchi. Orqa chiziqdan bo‘sh hududda ochilishni xush ko‘radi, ko‘pincha chiziqlar o‘rtasida o‘ynaydi. Bosh bilan urgan gollari ko‘p emas.

7. Karlos Borges - «Manchester Siti», 18 yoshda, chap qanot vingeri

Portugaliyalik hujumchi joriy mavsumda 19 va 21 yoshgacha bo‘lgan jamoalarda umumiy 19ta o‘yinda 18ta gol urdi. Qo‘shimchasiga, 11ta assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. O‘Ldagi natijasi - 5 uchrashuvda 4}5. Tez orada asosiy jamoaga ko‘tariladigan ko‘rinadi: ijarami yoki asosiy tarkib zaxirasiga? Birinchisi ham, ikkinchisi ham bo‘lmasligi va Gvardiolaning o‘zi o‘smir bilan ko‘proq shug‘ullanishi mumkin. U «Siti» davridagi Leroy Sanega o‘xshaydi: tezkor, baland bo‘yli, qanotga yaqin hududda o‘ynaydi va kerakli paytda tezlikni oshiradi.

8. Mateus Fernandes - «Sporting», 18 yoshda, yarim himoyachi

O‘Ldagi eng qimmat (1,5 mln. yevro) o‘yinchilarning biri. O‘yini David Silvani eslatadi: texnik mahorat, olis uzatmalarni amalga oshirish qobiliyati, universalizm - zamonaviy futbolda qadrlanadigan xislatlar. Mateus O‘Lning 4 uchrashuvida 5 (2}3) ballni rasmiylashtirib, asosiy jamoa bilan ichki chempionat va YECHLda debyutini nishonlashga ham ulgurdi. 

9. Alesh Garrido - «Barselona», 18 yoshda, yarim himoyachi

19 yoshlilar jamoasining navbatdagi muhim o‘yinchisi. U hujumkor o‘yinchilardan ancha orqaroqda to‘p suradi va ular uchun qulay vaziyatlar yaratish bilan shug‘ullanadi. Garrido joriy mavsumda 6ta assistni amalga oshirdi. U Luka Modrichga juda o‘xshaydi - bo‘y (170 sm.) va o‘yin uslubi jihatidan: yuksak mahorat va sifatli uzatma, shuningdek, maydondagi vaziyatni to‘g‘ri baholash va taktik zukkolik. Lekin «Barsa»dagi kuchli raqobat sharoitida o‘z o‘rnini topa olarmikan?

10. Ilyos Husniy - «PSJ», 17 yoshda, hujumchi

O‘L guruh bosqichining eng yaxshi to‘purari - 6ta o‘yinda 8ta gol. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Fransiya Kubogi doirasidagi uchrashuvda «PSJ» tarkibida ilk marta zaxiradan maydonga tushdi. Shuncha gol urgani tufayli uni hujumchi, deb hisoblashadi. Aslida Ilyos jamoadoshlari uchun ko‘proq vaziyatlar yaratadi. Jamoa to‘pni oldingi chiziqqa yetkazishda muammolarga duch kelganida, u ortga qaytadi va sheriklariga yordam beradi. Raqib jarima maydonchasi yaqinida ham u avvalo jamoadoshlarini qulay vaziyatga olib chiqishga urinadi. Vaholanki, dribling va tezlikni o‘zi uchun imkoniyat yaratishda foydanishi ham mumkin edi. Ilyos raqib himoyasidagi zaif jihatlarni o‘z vaqtida ko‘ra oladi va ulardan unumli foydalanadi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 13.02.2023 13:09. O'qildi: 6206 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik