Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Barselona» va «Negreyra ishi» bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar

«Barselona» va «Negreyra ishi» bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar

“Negreyra ishi” tufayli “Barselona” hamon sanksiyalar xavfi ostida qolmoqda. Bu holatni UEFA ham o‘rganmoqda, La Liga prezidenti Xavyer Tebas esa kuchli xavotirda.

Nimalar bo‘layotgani haqida qisqacha: 1 oy oldin “Barselona” 3 yil davomida Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) hakamlar qo‘mitasi vise-prezidenti Enrikes Negreyraga pul to‘lab kelgani aniqlandi. Katalon klubining o‘zi Negreyraga hakamlar bo‘yicha hisobotlar uchun pul to‘laganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Negreyra 2001 yildan beri katalon klubidan kamida 7,3 million yevro pul olgan, ammo sud faqat oxirgi o‘n yillikdagi o‘tkazmalar bo‘yicha ish olib boradi. Shuningdek, Negreyra asosan 2014 yildan 2018 yilgacha olgan 3 million yevroga alohida e’tibor beriladi.

“Barselona” futbolchilariga turli hakamlar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligi aytilgan, klub investorlari xavotirda

Marca nashrining xabar berishicha, Negreyraning o‘g‘li Xavyer Enrikes Romero “Barselona”ga futbolchilarning ba’zi hakamlar bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi haqida hisobot yuborgan. Masalan, Neymarga Ignasio Iglesias Vilyanueva boshqaruvidagi o‘yinlarda raqiblar bilan kontaktlarni bo‘rttirib yubormaslik, aks holda hakam qoidabuzarliklarni qayd etmay qo‘yishi aytilgan.

Xordi Alba va Serxio Busketsga hakamlar bilan bahslashmaslik, Luis Suaresga esa Inyaki Bikandi Garrido ishlayotgan o‘yinlarda simulyasiya qilmaslik, bahslashmaslik va o‘zini yaxshi tutishi tavsiya qilingan. Bosh hakam Xose Munuera Montero Xerard Pikega nisbatan qattiqqo‘lligi ma’lum bo‘lgan.

Ispaniyaning La Vanguardia gazetasi “Kamp Nou” va uning atrofidagi hududlarni modernizasiya qilish loyihasini moliyalashtiruvchi Espai Barca investorlarining norozi ekani haqida yozmoqda. Ular UYEFA tergovi va klubning musobaqalardan chetlatilishi mumkinligidan xavotirda. Investorlar “Barselona” uchun eng yomon ssenariy qanday bo‘lishi mumkinligini bilishni xohlamoqda.

Bundan oldin investorlar Xoan Laportaga Negreyra ishining ehtimoliy oqibatlari haqida yigirmata savoldan iborat so‘rovnoma yuborgan. “Barselona” prezidenti savollarga javob berib, shaxsiy fikrlari bildirilgan xat jo‘natgan. Ammo bu investorlar uchun yetarli emas, ular batafsilroq tushuntirishlarni xohlamoqda.

Prokuratura Negreyra ishida uning “Barselona” uchun qilgan xizmatlarini sanab o‘tdi. U kartochkalar ustidan shikoyat qilish bo‘yicha tavsiyalar bergan, RFEF va liga o‘rtasidagi kelishmovchiliklar haqida ma’lum qilgan.

UYEFA tergovi rasman davom etmoqda. Tashkilot reglamentida agar klub milliy yoki xalqaro miqyosdagi o‘yinlar natijasiga bevosita va/yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, bir mavsumga diskvalifikasiya qilinishi nazarda tutiladi. Shu bilan birga tashkilot uchun milliy arbitraj yoki davlat sudining qarori yetarli.

Ispan matbuotining yozishicha, UYEFA bu ishni taftish qilish orqali Superliga g‘oyasidan voz kechmagan “Barselona”ga saboq berib qo‘ymoqchi.

O‘z navbatida “Barselona” ham “qarshi hujum”ga o‘tdi. Mundo Deportivo nashriga ko‘r, UEFA Ispaniya sudlari qaroridan avval “Barselona”ga sanksiya qo‘llaydigan bo‘lsa katalon klubi tashkilotni sudga beradi. “Barselona” UEFAdan 100 million yevro kompensasiya undirishga harakat qiladi. Klub Chempionlar Ligasi bir mavsumidagi daromadlari va yo‘qotishlarga ketadigan pulni shuncha hisoblagan.

Tebas kechalari uxlay olmayapti va Laportadan “arvohlar yo‘q joyda ularni ko‘rishdan to‘xtatishni” so‘ramoqda

Ispaniyada vaziyat ancha tinchroq. La Liga prezidenti Xavyer Tebas liga klubga jazo bermasligiga aniqlik kiritdi, lekin ular sud qaroriga bo‘ysunadi (va ehtimoli kam bo‘lsa-da klubni chetlatish imkoniyati mavjud).

Tebasning o‘zi shu qadar xavotirdaki, uxlashga qiynalmoqda:

"Xoan Laporta Negreyra ishi bo‘yicha nima uchun izoh bermayotganini tushunish hali ham qiyin. Shu sabab men tunda uxlolmayapman. Vaziyatni obro‘ va siyosiy miqyosda qanday hal qilishimiz meni xavotirga solmoqda — klubning ahamiyati, turnirning ahamiyati, oradan shuncha yillar o‘tgani tufayli... Matbuotda “hamma shunday qiladi” nomli matn e’lon qilindi. Lekin, bilishimcha, hakamlar qo‘mitasi vise-prezidentiga hamma ham pul to‘lamaydi".

Tebas UEFA bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan afsusda: “Bu ispan futboli tarixidagi eng yomon voqea. Laporta arvohlar yo‘q joyda ularni ko‘rishni bas qilishi va qo‘lidan kelganicha tergovga yordam berishi kerak”.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 31.03.2023 12:15. O'qildi: 5993 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik