Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Fermin Lopes: «OAV «Barsa»ga ta’sir ko‘rsatolmaydi»

Fermin Lopes: «OAV «Barsa»ga ta’sir ko‘rsatolmaydi»

Fermin Lopes hech kim kutmagan vaqt «Barselona» tizimidagi asosiy jamoa tarkibiga yorib kirdi.

Umuman, yosh yigitchaning joriy mavsumga bog‘liq statistikasi hattoki, o‘zi uchun ham yoqimli «syurpriz» bo‘lganini bemalol ta’kidlash mumkin: 17ta o‘yinda 712 daqiqa harakat, 2ta gol va 1ta assist. El 10 del Barsa dasturi shularni e’tiborga olib, yarim himoyachini suhbatga chorladi va u jurnalist­-larning eng dolzarb savollariga qisqa-qisqa javob berdi.

- Xavi «Barselona» uchun Aleks Fergyusondek murabbiy bo‘lishi mumkinmi, unga yana imkoniyat berish kerakmi yoki...?

- Shundan umidvorman. Xavi shaxsan menda o‘z salohiyatimga nisbatan ishonchni keskin oshirdi, katta orzu bilan ishlash va yashashni o‘rgatdi tom ma’noda. Bugun shunday murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanayotganimdan bag‘oyat baxtliman.

- Ukangiz esa ma’lum muddat «Real» tizimida shug‘ullandi...

- Ha, shunday, lekin u hozir boshqa klub ixtiyorida. Ukam yorqin tomonga o‘tdi (kuladi).

- «Real» haqidagi El Chiringuito hazillarini hech ko‘rdingizmi?

- Hozir ko‘rmayapman, lekin ilgari ko‘p tomosha qilardim. Bolaligimda miriqib kulardim ham...

- Xavi OAV jamoaga kuchli ta’sir o‘tkazayotganini aytmoqda...

- Aslida matbuot bizga jiddiy ta’sir ko‘rsatolmaydi, lekin oxir-oqibat, ba’zi ma’lumotlar yigitlarga yetib keladi. Fakt shuki, e’tiborni tortish va ta’sir ko‘rsatish o‘rtasida katta farq bor. Murabbiy so‘zlariga kelsak, tashqarida chindan ham, «Barsa»ga qaratilgan zaharli muhit bor va bu yaxshi emas.

- «Barselona» futbolkasida qanday gol urishni istardingiz?

- Bilmayman... Deylik, CHL finalida «Real» darvozasini nishonga olish imkoniyatiga qarshi emasman. Albatta, agar imkoni bo‘lsa... Umuman, har qanday o‘yinda xohlagan raqib darvozasiga gol urish yoqimli, baribir.

- Ayni holatda «Real»ning qaysi futbolchisini «Barsa»da ko‘rishni xohlardingiz?

- Hech birini! Barcha eng yaxshi futbolchilar bizning tarkibimizda.

- Kim zo‘rroq: Gavi yoki Bellingem?

- Javob aniq, aytishim shart emas.

- «G‘orliklar» («Real»ning maqtoviga zid har narsaga qarshi «madridchilar» laqabi) Gavini qo‘pol futbolchi sifatida «ta’riflashmoqda», uni nazarga ilishmayapti. Bunga nima deysiz?

- Gavi o‘yinini hech qachon ko‘rmagan yoki uni umuman bilmaydigan kishigina shunday deyishi mumkin. Haqiqat shuki, Gavi eng kuchli fazilatlar sohibi - jamoamiz uchun juda muhim yigit.

- «Barselona» tarixida siz uchun eng sehrli lahza qaysi?

- Tarkibda Messi, Inyesta, Buskets, Xavi o‘ynagan vaqt... Muayyan o‘yinmi? «Kamp Nou»da «Real» 5:0 hisobida tor-mor etilgan bahs, yana «Madrid» zaxira o‘rindig‘i oldida Pike va Mourinyo o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuv.

- Aytana Bonmati Cadena Cope reportajiga javoban ijtimoiy tarmoqlarda keskinroq fikr bildirdi: «Futbolchilar katta kuch hisoblanadilar va muayyan voqealikka munosabat bildirishlari uncha to‘g‘ri emas»...

- Ha, buni o‘qidim. Ba’zan qaynoq nuqta o‘rtasiga tushishingiz yaxshi. Ammo ommani chalg‘itmaslik uchun keskin gapirishdan qochish ma’qulroq.

- Robert Levandovski qanday inson?

- Juda ta’sirli, har doim yordam berishga urinadi. Umuman, Robert va Gyundogan kabi tajribali futbolchilar hamisha yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga shay turishadi. Jamoa faxriylaridan tanbeh ham eshitamanmi? Agar ular biror jahatdan qoniqishmasa, koyishadi, albatta. Professional ish jarayoni talabi - shu.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 29.12.2023 10:18. O'qildi: 1550 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik