Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Tekinga tushgan topilmalar

Tekinga tushgan topilmalar

Futbol olami, jumladan, transfer bozori ham ajabtovur voqealarga boy.

Qaysidir futbol yulduzi uchun millionlar sarf qilinsa, ayrim iqtidor sohiblarini jamoalar suv-tekinga o‘z saflariga qo‘shib oladilar. Bu galgi hikoyamiz shu mavzuda.

Alexandro Grimaldo («Bayer», 28 yoshda, lateral)

Ispaniyalik futbolchi «Benfika»dagi uzoq yillik faoliyatdan so‘ng erkin agent maqomida «Bayer»ga o‘tdi. Yozdagi mazkur transfer «dorishunoslar»ning natijalari va Alonsoning taktikasiga shunchalik kuchli ta’sir o‘tkazishini hech kim kutmagandi. Xabi ilk uchrashuvdayoq vatandoshining nimalarga qodir ekanligini his etdi va lateral bosh rolni o‘ynaydigan 3-4-3 taktik sxemasini qo‘llash payti kelganligini tushundi. Biroq Frimpong anchadan beri jamoada bo‘lgan va uslubga allaqachon moslashib olgan bo‘lsa, Grimaldo bir ko‘rishda notanish ustozining g‘oyalarini uqib oldi. Alexandro joriy mavsumda faqat Bundesliganing o‘zida 8ta gol va 9ta samarali uzatmani rasmiylashtirdi, jumladan, «Bavariya» darvozasini zabt etdi, bir necha yildan beri yetakchi beshlikdagi himoyachilar orasida eng sermahsul himoyachilar safida bormoqda.

Isko Alarkon («Betis», 31 yoshda, pleymeyker)

Garchi bu futbolchi jarohat tufayli bir oydan beri maydonga tushmagan bo‘lsada, faoliyatidagi pauzadan keyin «Betis»da o‘z mahoratini namoyish etishga ulgurdi. O‘z vaqtida «Malaga»da muvaffaqiyatli to‘p surgan, «Real»da sovrinlarga erishgan pleymeyker ruhiyatiga jarohat salbiy ta’sirini o‘tkazgandi. Shu sababli Isko Madridda o‘z iqtidorini to‘liq namoyish eta olmadi. Lekin yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida ortiqcha vazndan forig‘ bo‘lgach, «Betis» rahbariyatining ishonchini qozondi. Endi Iskoni Saudiya­ga taklif etishmoqda. Ya’ni, sevilyaliklar klubi faxriy futbolchi bilan xayrlashish arafasida mo‘may daromadga ega bo‘lishi mumkin. Hozircha, uning gollari va assistlaridan bahramand bo‘lmoqda.

Milan Shkrinyar («PSJ», 29 yoshda, markaziy himoyachi)

Yil boshida olgan jarohati tufayli «PSJ»dagi o‘yinlarni o‘tkazib yubormoqda. Lekin slovakiyalik futbolchi «Inter»ni tark etganidan keyin Fransiyada 20ga yaqin bellashuvlarda maydonga tushgan. 50 mln. yevroga baholangan himoyachini parijliklar erkin agent sifatida o‘z saflariga qo‘shib olishdi. Albatta, Milan yanada ishonch­liroq o‘yin ko‘rsatishi mumkin edi. Biroq jamoadagi murabbiylar qo‘nimsizligi bunga imkon bermadi. Shuningdek, jamoaning tayanch hududi va qanot himoyachisi chizig‘i talab darajasida emas. Donnarumma Milan bilan bir xil tilda gaplashsada, Markinyos bilan ishonchli himoya juftligini shakllantira olmadi. hozircha, shunday vaziyat hukmron. Bu yog‘iga, himoya chizig‘i mukammal o‘yin ko‘rsatishi shart. Axir oldinda YECHLning pley-off bosqichi kutmoqda. Shkrinyar yana bir finalni ko‘rish ishtiyoqida va albatta, asosiy tarkibda. «Inter»dagi o‘yinni u zaxira o‘rindig‘ida kuzatgandi.

Deyli Blind («Jirona», 33 yoshda, markaziy himoyachi)

Yaqinda Anchelotti Karvaxaldan lateral uchun «Jirona»ga qarshi bahsda himoya chizig‘i markazida to‘p surish qulayroqmi yoki qanotlarda, deb so‘ragandi. Unga farqi yo‘q ekanligini ta’kidlagan Dani o‘sha kuni chap qanot markaziy himoyachi pozisiyasida o‘ta samarali to‘p surdi. «Real» o‘zi uchun rekord uchrashuvda to‘p o‘tkazib yubormadi, «Jirona»ga esa aynan to‘psiz harakatlari bilan xavfsizlikni ta’minlaydigan tajribali Blind yetishmadi. Michel to‘xtatib bo‘lmaydigan hujumkor jamoani shakllantirgan. Deyli esa xatoliklardan xoli emas - Madriddagi bellashuvni sariq kartochkalari ko‘payib ketganligi tufayli o‘tkazib yubordi. Lekin yuragidagi jiddiy xastalikni yengib o‘tgan 33 yoshli niderlandiyalik himoyachi yozgi transfer mavsumining eng omadli kelishuvlaridan biri ekanligi aniq. «Bavariya»ning sobiq futbolchisini o‘z jamoasiga qo‘shib olishda Gvardiolaning ukasi o‘ta puxta ish yuritdi.

Ilkay Gyundogan («Barselona», 33 yoshda, xavbek)

Grimaldodan farqli ravishda, germaniyalik futbolchining yangi jamoasi bilan chempionlikka erishish imkoniyati juda oz. O‘tgan mavsumda «Barselona» La Ligada zafar quchgandi, hozir hamma mavsum yakunida jamoani tark etishini taxmin qilmoqda. Lekin undan avval jamoani «Napoli»ga qarshi o‘yin kutmoqda. Demak, mavsum nihoyasiga yetgani yo‘q. Ilkay yangi jamoadagi debyutini risoladagidek o‘tkazdi. Lekin yoshi ulg‘ayib qolgani ba’zan sezilib qolmoqda. jamoadagi muammolar esa shunchalik ko‘pki, ularni bartaraf etishga bir nafar futbolchining kuchi yetmaydi. Nima bo‘lganda ham, Gyundogan bahor bosqichini samarali o‘tkazishga urinib ko‘radi. Axir Yevro-2024da tomoshabin bo‘lib qolmaslik uchun Bundes­timdan chorlov olishi kerak. Shuningdek, «Barsa» bilan imzolagan shartnomani ham unutmasligi kerak. Kelishuv muddati «Manchester Siti»dagidan ancha uzunroq, Ilkay yaqin yillar ichida futbol bilan xayrlashmoqchi emas.

Markus Tyuram («Inter», 26 yoshda, hujumchi)

YECHLda «Aston Villa»ga yordam bera oladigan Tilemans bor - belgiyalik xavbek zaxiradan maydonga tushadi. «Atletiko»da rotasiya va xaloskor gollar uchun Depay bor, u boshlang‘ich tarkibda. Asensio esa «PSJ»ga hujum chizig‘idagi rotasiyaga shay. Tyuram esa mavsumlar oralig‘ida erkin agentga aylangan futbolchilar orasidagi ulkan omad timsoli. Simone Inzagi universal hujumchini «Inter»da Lautaro Martines bilan yonma-yon to‘p surishiga ishontirdi. Argentinalik hujumchining Italiyadan ketish niyatida emasligi ham fransiyalik kasbdoshiga dalda bo‘ldi. Natijada eng sermahsul hujumchilar dueti shakllandi. Joriy mavsumda Tyuram 9ta gol va 7ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi, Martinesning ko‘rsatkichlari yanada yuqoriroq. Shu sababli «Inter» «A» seriyasining yetakchisi, 2-o‘rindagi «Yuventus»dan 7 ochkoga oldinda bormoqda. Qizig‘i shundaki, mazkur tafovut 23-tur natijalaridan keyin yuzaga keldi, buyuk himoyachi Lilian Tyuram «Yuventus» bilan shohsupani zabt etgan bo‘lsa, Markus «Inter» bilan cho‘qqi sari dadil parvoz qilmoqda. Moliyaviy muammolar tufayli «Inter» Lautarodan voz kechgan taqdirda ham, Markus hech qayoqqa ketmaydi.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, yozdagi erkin agentlardan Benzema, Kante va Firminolar Saudiyaga yo‘l olishdi. Messi milliard yevrodan voz kechib, AQSHda to‘p surmoqda. Anxel Di Mariya o‘zi uchun begona bo‘lmagan «Benfika»ga qaytdi, Serxio Ramos yana qadrdon klubi - «Sevilya»da to‘p surmoqda. Biroq gap top,ligalardagi muvaffaqiyatlar xususida ketganda, yuqorida zikr etilgan qahramonlarimiz ustunroqlar.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 01.03.2024 23:56. O'qildi: 5190 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik