Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Luish Figu: «Real»ga baxt izlab o‘tgan edim...»

Luish Figu: «Real»ga baxt izlab o‘tgan edim...»

Afsonaviy Luish Figuning tarixi ko‘pchilikka ma’lum - portugaliyalik yulduz eng yuqori sport formasiga chiqqan pallada «Barselona»dan «Real»ga o‘tgan va butun Kataloniya nafratiga uchragan edi.

Luish yaqinda Marca nashriga eks-klyuziv intervyu berdi va unda o‘tmish voqealarini esga oldi. Ham «Barselona», ham «Real»da o‘ynagan tarixdagi kam sonli futbolchilardan biri shuningdek, bugungi «Madrid» holati, yana Kilian Mbappe transferiga to‘xtaldi. Suhbat esa uning kundalik hayoti haqida boshlandi.

- Bugun Luish Figuning odatiy bir kuni qanday o‘tadi?

- Tan olaman, oldingidek futbol masalasida uncha faol emasman. Ha, «Madrid» yoki UYEFAdagi ishim bilan qayerlargadir safar uyushtirishim mumkin. Qolgan vaqt asosan homiylar bilan uchrashaman yoki shaxsiy biznes loyiham ustida ishlayman. Madridda bo‘lsam, oilamga ham ma’lum vaqt ajrataman, albatta.

- Umuman, sport bilan shug‘ullanib turibsizmi?

- Ha. Faqat aynan futbolga yetarlicha vaqt ajratish imkoni yo‘q. Agar biror shou yoki xayriya o‘yiniga taklif etishsa, borishga urinaman, lekin maydonda ko‘p o‘ynamayman. Aslida o‘ynashga tashnaman hamon, biroq xayriya o‘yinlarida jarohatlanish xavfi katta. 

- Professional faoliyatdan so‘ng ham oldingi jarohatlardan aziyat chekayotgandeksiz...

- Yo‘q, xayriyatki, hech qanday asorat sezilmayapti. Futbolda ko‘pincha   mushaklar bilan bog‘liq jarohatlar orttirardim. Ha, to‘pig‘im ham lat yegan, bir safar jarrohlik amaliyo­tiga ehtiyoj sezganman. Muhimi, hozir bemalol yugura olaman va binoyidek o‘ynashim ham mumkin.

- Futbolchilik faoliyatingizdagidek yuqori raqobatni birinchi o‘ringa qo‘ysangiz kerak, umuman, hamon qiziqqonmisiz yoki...?

- Ha, oldin qanday bo‘lsam, hozir ham shundayman. Nafaqat sport, balki boshqa ishlar masalasida ham. Axir raqobatsiz o‘sish bo‘lmaydi.

- Kuchli raqobatga moyillik biznes ishlarida ham qo‘l kelyaptimi?

- Ha, albatta. Yaqinda moda olamida ish boshladim va hozir g‘oyat hayajondaman. Umid qilamanki, yangi yo‘nalishdagi ijodim odamlarga yoqadi va muvaffaqiyat faqat mashhurligim bilan   bog‘liq bo‘lmaydi. Tabiatan shundayman: qaysidir ishga kirishsam, bor muhabbat va kuchimni unga yo‘naltiraman.

- Qiziq, jahon futbolini nechog‘li   kuzatyapsiz?

- Imkon qadar ko‘proq o‘yinlar ko‘rishga harakat qilaman. Deylik, sobiq klublarimning hech biriga befarq emasman, yana barchaning e’tiborida turadigan katta uchrashuvlarga ham. Oddiy aytganda, Ispaniya, Portugaliya va Italiya chempionatlari doimiy e’tiborimda. Shuningdek, yevrokuboklarga qiziqishim baland.

- Ayrimlar 90 daqiqalik o‘yin muxlislarni zeriktirishini ta’kidlashmoqda. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Tushunarliki, sohaga muxlislarning yangi oqimini jalb etish kerak. O‘yin vaqtiga doir bahs-munozaralarga kelsak, muayyan bir jamoa tarafdori sanalgan muxlis 90 emas, balki 180 daqiqada ham aslo zerikmaydi. Ha, tanganing orqa tomoni ham bor: deylik, «Rayo Valyekano» yoki «Alaves» muxlislaridan boshqa jamoalar o‘yinlarini to‘liq tomosha qilish-qilmasliklarini so‘rasangiz, yakdil javob berishadi - «Yo‘q». Lekin bu ular futbolni yoqtirmasliklarini anglatmaydi. Bugungi asosiy vazifa - yoshlar muhabbatini qozonish yo‘lida boshqa ko‘ngilochar platformalar bilan raqobatlashish. Asosiysi, futbol hamon birinchi raqamli sport turi sanalmoqda. 

- Ko‘proq qaysi klublarni kuzatasiz?

- Birinchi navbatda, «Real»ni! Tabiiyki, sifatli futbol va mazmunli o‘yin ko‘rishga moyilman. Umuman, sportga befarq qarolmasligimdan deylik, «Sevilya» - «Osasuna» bahsini ham tomosha qilishim mumkin. Qisqasi, hammasini kuzataman.

- Yangi «Bernabeu»da bo‘ldingizmi?

- Ha, mavsumiy abonementim bor. Agar Madriddan uzoqroqda bo‘lsam, o‘rnimga qizlarim borishadi. Umuman, 20 yildan oshdiki, «Real»ning rasmiy sosyosi (muxlisi)man.

- Demak, klub prezidenti lavozimiga da’vogarlik qilishingiz mumkin.

- Ha, maqsadlardan biri ham shu.

- Sizda buning uchun pul bor.

- Yo‘q, mablag‘ hali yetarli emas.

- Umuman olganda, Luish Figuni   «Madrid» prezidenti sifatida ko‘rishimiz mumkinmi?

— Aslida hech qachon nimanidir rejalashtirmayman. Zero, hayot yo‘lining o‘zi sizni turli qarorlar sari yetaklaydi. Ya’ni har qanday tanlov uchun o‘z vaqti bo‘ladi. Har holda, menda hamisha shunday - vaqtdan ilgarilab ketishni istamayman. 

- Sizga qolsa, zamonaviy futbolda nimani o‘zgartirardingiz?

- Menga futboldagi ayni tizim mohiyati ma’qul. Demoqchimanki, jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urish yoki kelajak voqealarini to‘liq rejalashtirishdan ma’no ko‘rmayapman. Futbol halollikni yoqtiradi, natijalarni soxtalashtirish yaxshilikka olib kelmaydi. Futbol - tabiiy sport va u xatolardan xoli emas. Maydonda qaysidir tomon xatoga yo‘l qo‘yadi va ikkinchisi bundan foydalanadi. Hakamlik xatolari xususida ham shunday fikr bildirish mumkin. Shaxsan menga o‘yinga tashqi aralashuvning ko‘payishi aslo yoqmaydi. Ha, misol uchun, jahon yoki Yevropa chempionatida to‘p darvoza chizig‘idan o‘tgan-o‘tmaganini aniq ko‘rsatib beradigan texnologiya ishlatilishiga qarshi emasman, lekin kichik epizodlarni ham texnika aralashuvi bilan hal etish ortiqcha.

- Bugungi «Real»ni qanday ko‘ryapsiz?

- Menimcha, jamoa yaxshi holatda. Deylik, g‘alaba qozonish salohiyati katta. Tarkibda esa iste’dodli, sovrinlarga tashna yoshlar ko‘p, shuning barobarida murabbiy zo‘r. O‘ylaymanki, «Real» joriy mavsum chempionlikni nishonlaydi.

- Jud Bellingem sizni ham hayratda solyaptimi?

- Ha, uning tezda moslashganidan lol qoldim, lekin o‘yinidan emas. Chunki Jud katta iste’dod ekanligini oldindan bilardim. Mantiqan har qanday iqtidor yangi klubga ko‘nikishda biroz qiynaladi, unga ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Jud esa bunga muhtoj emasligini ko‘rsatdi - «Real» uchun haqiqiy topilma!

- Figu, Zidan, Raul va Ronaldosi bor «Real»da Bellingemga joy topilardimi?

- Yo‘q, lekin yana kim biladi...? Bilmayman. Bizda chindan ham, ajoyib avlod, qoyilmaqom jamoa bor edi. To‘g‘ri, Jud kabi iste’dodlar uchun har doim va har qanday jamoada joy topiladi.

- O‘sha galaktikosdan kimdir bilan do‘stona munosabatni saqlab qolganmisiz?

- Hamma bilan. Hayotdagi eng katta g‘alabalarimdan biri - klubdoshlarim bilan yaxshi munosabat o‘rnatganim. Haligacha ko‘plab yigitlar vaqti-vaqti bilan aloqaga chiqib turishadi: Moryentes, Yerro, Elgera, Raul, Bekxem, Ronaldo, Roberto Karlos, Kasilyas, Michel...

- Endi «Barsa»ga ham to‘xtalsak. Xavi ketmoqda...

- Bilasizmi, bu haqda gapirishni istamayman. Agar «Barsa» afsonalari qanday ketishganiga qarasangiz, Kataloniyada futbol nimaligi ayon bo‘ladi - faqat natija muhim. Achinarli, lekin shunday. Qarang, «Barsa» o‘tgan mavsum chempion bo‘ldi, biroq murabbiy ishini davom ettirolmaydi. Qandaydir beqarorlik. Aslida «Barsa» kabi katta jamoa barqarorlikni birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak, ayniqsa, hozirgi qiyin iqtisodiy holatda. 

- «Negreyra ishi» bo‘yicha xulosangiz qanday?

- Nima derdim? Hammasini tushunish va oqibatlarga tayyor turish kerak. Juda jiddiy masala.

- Sizningcha, oqibati qanday ko‘rinish olishi kerak?

- Bilmayman, axir sudya emasman. Qonunlar mavjud va ularga rioya etish talab etiladi. Aks holda, ham ijtimoiy, ham sport qonunlarini buzish odatga aylanib qoladi.

- Qiziq, hozir o‘ynayotganingizda, Saudiya Arabistoniga borarmidingiz?

- Bilmadim. Menda bunday imkoniyat tug‘ilgandi, lekin bormadim. Barchasi muayyan vaziyat, ehtiyoj, loyiha kabi jihatlarga bog‘liq. Saudiyaga yo‘l olganlarni tanqid qilolmayman, chunki qayerda o‘ynash har kimning huquqi. Arablar milliy chempionat oldinga qadam tashlashi uchun ko‘p sarflashdi, shunday ekan, muhim ijrochilarni o‘z tomonlariga og‘dirish harakatini hali susaytirishmasa kerak. Mahalliy futbol va turmush tarziga moslashish esa hamma uchun individual masala.

- Tasavvur qiling, agar Mbappe oldingizga kelsa, unga qanday maslahat berardingiz?

- Shunchaki, baxtli bo‘lish yo‘lini izlashi kerakligini aytardim.

- «Madrid» haqida-chi?

- Hayotda asosiy hilqat - baxt. O‘z tajribamdan aytsam, «Real»ga baxt izlab o‘tgan edim. Madridda 5 yil davomida zavq-shavq bilan o‘ynaganimni e’tiborga olsak, klubda o‘z baxtimni topdim ham.

- Yevro-2024 starti yaqinlashmoqda. Portugaliya termasi imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Yevropa chempionati futbol olamidagi eng yaxshi turnirlardan biridir. Yo‘q, UYEFA vakili bo‘lganim uchun shundan xulosa aytmayapman. Axir barchasi jamoalar va futbolchilar darajasidan ma’lum. Portugaliya termasiga kelsak, gap jahonning eng kuchli jamoalaridan biri haqida ketmoqda. Futbolchilarda iste’dod ham, tajriba ham yetarli. Demak,   Fransiya, Angliya, Ispaniya, Germaniya, Belgiya termalari qatorida Portugaliya milliy jamoasini ham favorit o‘rnida ko‘rsatish mumkin.

- Krishtianu Ronaldu o‘ynashda bardavom va g‘ayrioddiy holat yuz bermasa, u qit’a chempionatida yana bir bora qatnashadi...

- Krish - haqiqiy yirtqich. Bu yigit - men o‘zimdan keyin ko‘rgan eng katta kuch (kuladi).  Hamon gol urishdan to‘xtamayotganidan xursandman. Menimcha, Ronaldu faoliyatini gol urish bilan yakunlaydi.

- Joau Felishga ishonasizmi?

- Juda iste’dodli yigit, lekin unga yana nimadir kerak. Aynan nima? Ehtimol, ozgina g‘azab yoki biroz chan­qoqlik... Ammo har bir inson o‘ziga xos va uni o‘zgartirish juda qiyin. Xullas, Felish o‘z iste’dodini namoyish etgan, ammo barqarorlikka muhtoj yigit, menimcha.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 06.04.2024 07:35. O'qildi: 3490 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik