Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Pau Kubarsi: «Barsa» har doim oxirigacha kurashadi»

Pau Kubarsi: «Barsa» har doim oxirigacha kurashadi»

17 yoshli Pau Kubarsining «Barselona»dagi ishlari shunchaki, super!

O‘smir yigitcha bir urinishda jamoaning asosiy futbolchilari qatoriga kirib oldi. Pau ayniqsa, «Napoli» va «Atletiko»ga qarshi kechgan o‘yinlarda ortiq kelajak umidi emasligi, balki allaqachon haqiqiy «blaugrana»ga aylanib ulgurganini isbotladi.

- 17 yoshli yigit keng umum-e’tirofdan esankirab qolmaydimi? Atrofingda yuz berayotgan voqealar «og‘ir»-ligini qanday ko‘taryapsan?

- Ishoning, hozir mutlaqo xotirjamman. Zero, oilamiz a’zolari va do‘stlarim hamisha yonimdalar, ular oyog‘im yerdan uzilishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Tabiiyki, bu juda muhim. Umuman, tabiatan ancha bosiqman va hozir men bilan sodir bo‘layotgan ishlarga ham oddiy jarayondek qarayapman. 

- Tashqi ko‘rinishingga qarab ham, ma’lum darajada qanday sifatlarga egaligingni bilib olish mumkin. Xo‘sh, qandaydir bosimni his qilasanmi o‘zi...?

- Bosimdan imkon qadar qochaman. Ammo «Barselona»dek klubda o‘ynar ekansan, qo‘shimcha bosimni his qilmasliging mumkin emas. Axir jamoa libosini kiyishning o‘zi ko‘p narsani anglatadi. Oddiy aytganda, «Barselona» futbolchilari hamisha katta bosim ostida o‘ynashadi. Eng muhimi, buning ijobiy ta’siri kuchliroq. Ya’ni biz aynan bosim ortidan ham eng yaxshi futbolchilarga aylanamiz.

- Butun hayotingni «Barsa»ga bag‘ishlaganingni ayt­gan eding. Xo‘sh, shunday qadr­li klub safidagi erta debyut yosh futbolchiga qanday ta’sir qilar ekan?

- Albatta, bundan faxrlanaman, axir aqlimni tanibmanki, «Barselona» tizimidaman. Ammo maydonga tushganimda, yoshim haqida o‘ylamayman. Oddiy aytganda, o‘zimni jamoaga yordam beradigan odatiy futbolchilardan biridek tutishga harakat qilaman. Yana fikrimni to‘liq o‘yinga qaratib, bor kuchimni ishga solaman.

- CHLda «Napoli»ga qarshi kechgan javob bahsining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olinding. Bunday bo‘lishini kutganmiding? Umuman, eng yaxshi futbolchiga atalgan sov­rinni qo‘lga olgach, xayolingdan avvalo, nimalar o‘tdi?

- To‘g‘risini aytaman, avvaliga ishonmadim, kimdir ustimdan kulayotgandek tuyuldi. Keyin hammasi jiddiy ekanligiga iqror bo‘lgach, jamoa manfaati yo‘lida bajargan ishimdan bag‘oyat mamnun bo‘ldim. Binobarin, individual mukofotlar har qanday futbolchiga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Yana qo‘shimcha qilishim kerak, bunday sovrinlar muayyan bir futbolchiga topshirilgani bilan butun jamoaniki hisoblanadi. 

- Odatda uncha-muncha holatda to‘pni yo‘qotmaysan, o‘ta tartibli harakatlanasan. Vaholanki, markaziy himoya chizig‘ida xatoga yo‘l qo‘ymaslik juda qiyin. Asabiylik holatini yengish masalasida qandaydir alohida formulang bormi?

- Ochig‘i, nima deyishni ham bilmayman. Yo‘q, biror-bir formula haqida gapirish ortiqcha. Shunchaki, bolaligimdan xotirjam o‘ynashga o‘rganganman. Ehtimol, murakkab vaziyatlarda ham jazavaga tushmaslik tabiatimga xos qirralardan biridir.

- Xavi oshkora tan oldi: «Agar to‘p Pauda bo‘lsa, o‘zimni erkin his qilaman, chunki uning to‘g‘ri ish tutishini yaxshi bilaman». «Barselona» hayotida yorqin iz qoldirgan va muhim o‘rin tutadigan shaxsdan shunday yoqimli maqtov eshitish duch kelgan iqtidorga ham nasib etavermaydi...

- Buni o‘ziga xos avans sifatida qabul qilishim kerak. Axir Xavi nafaqat jamoa bosh murabbiyi, balki barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri sanaladi. Umid qilamanki, u menga baho berishda oshirib yubormagan. Xavining maqtovi zimmamga mas’uliyat ham yuklaydi. Chunonchi, murabbiyni uyaltirib qo‘ymaslik uchun ham ikki hissa ko‘p harakat qilishim kerak. Umuman, Xavining «Barselona»da men kabi yosh futbolchilarga katta ishonch bilan qarayotgani quvonarli hol. Gap taqdim etilayotgan shu imkoniyatdan qay tariqa foydalanishda.

- O‘zi hozirgi yutuqla-ring­da Xavining roli nechog‘li katta?

- U har nafasda «La Masiya»ga ishonch bildiradi. Qolaversa, bizga ichki salohiyatimizdan maksimal darajada foydalanishda bevosita yordam beradi. Asosiy xislati - yosh yigitchalarga ham, jamoa­ning faxriy a’zolariga ham teng munosabatda bo‘ladi. Bunday muvozanat o‘z navbatida, jamoada ichki muhit yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.

- Qiziq, aynan qaysi futbolchilar asosiy tarkibda o‘z o‘rningni topishingda hammadan ko‘proq yordam berishdi?

- Bu borada kimnidir ajratib ko‘rsatishim qiyin. Chunki barcha futbolchilar yordam qo‘lini cho‘zishmoqda. Umuman, «Barselona» - bir butun, yaxlit jamoa. To‘g‘ri, ayniqsa, taktika masalasi va shaxsiy ishlar yuzasidan katta yordam ko‘rsatgan Ronald Arauxoni alohida tilga olishim kerak. Shuningdek, Joau Kanseluni ham - gap «Barselona»dagi eng quvnoq yigitlardan biri haqida ketmoqda. Joau hamisha atrofidagilarga yaxshi kayfiyat ulashadi, uning yonida o‘zingni juda qulay his etasan beixtiyor.

- Kiyinish xonasida hazil-mutoyibaga vaqt bormi?

- Topiladi. Gohida hattoki, haddan ortiq ko‘p hazillashamiz.

- Unda aytchi, senga qanday laqab berildi?

- Hozircha laqabim yo‘q. Yigitlar kiyinish xonasida ba’zan oddiygina xirgoyi qilishlari mumkin: «Ku-Ku-Kubarsi». Diqqatga sazovor holat - muxlislar ham buni tribunalarda tobora ko‘p va jarangliroq takrorlamoqdalar. Asosiysi, «Ku-Ku-Kubarsi» o‘zimga ham juda ma’qul.

- Faxriy futbolchilar senga aynan nimalarni o‘rgatishdi yoki o‘rgatishmoqda?

- Ko‘pincha aynan «Barsa» yulduzlaridan taqlid olishga urinaman - bu yanada yaxshi o‘ynash salohiyatini o‘zlashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li. Binobarin, faxriy klubdoshlarim dunyo futbolida eng zo‘rlar qatoridalar. Tabiiyki, ayniqsa, o‘z pozisiyamda to‘p suradigan futbolchilar harakatini obdon kuzatishga moyilman. Chunki rivojlanish uchun eng kuchlilarning eng kuchli jihatlarini «o‘g‘irlash» kerakligini yaxshi bilaman.

- Umuman, o‘zingni qanday futbolchi sifatida tavsiflaysan?

- Asosiy sifatlarim - xotirjamlik va harakatchanlik. Har holda, to‘pni jamoam darvozasi sari yaqinlashtirmaslik va hamisha nazorat ostida ushlab turishga zo‘r beradigan himoyachilar toifasidanman. Yana uzatmalar uchun yaxshi vaziyat topishga jiddiy e’tibor qarataman.

- Asosiy kumirlaringni ayta olasanmi?

- Bolaligimdan Puyolga chin qahramonim sifatida qaraganman, yana Pikega ham. Puyol nafaqat maydon, balki uning tashqarisida ham ishonchliligi, kuchli ambisiya­si va xarakteri bilan ajralib turardi. Haqiqiy namuna. Pike esa sal boshqacha. Uning harakatlarini ilk marta televizor orqali kuzatganimdayoq uslubi yoqib qolgandi.

- «La Masiya» sportchi va shaxs sifatida rivojlanishingda qanday o‘rin tutdi?

- Bu yerda «Barselona» DNKsi haqida ko‘p gapirishadi. O‘zi har doim to‘p nazoratiga asoslangan futbolni qadrlab kelganman. «La Masiya»ning shakllanishimdagi o‘rni? To‘g‘risi, buni to‘liq ifodalab berolmayman.

- Lamin Yamal ham «La Masiya» tarbiyalanuvchisidir. Uni qanday ta’riflarding?

- Lamin hali juda yosh bo‘lsa-da, jamoaning asosiy futbolchilaridan biridir. Uning gollari xotirjamlikni oshiradi. Akademiyada Lamin bilan ko‘p yillar birga shug‘ullandim va uning qanday yigit ekanligini yaxshi bilaman - ochiqko‘ngil, samimiy, hazilkash. Hozirgi kompozisiyada Laminning borligi ham o‘zimni yanada qulayroq his etishimga xizmat qiladi. 

- Mavsumning qolgan qismidan nimalar kutyapsan?

- Asosiy maqsad - CHLda imkon qadar uzoqroqqa borish va La Ligada muddatidan oldin taslim bo‘lmaslik. Hali oldinda o‘yinlar yetarli va «Barsa» doimgidek oxirigacha kurashadi. Bunga zarracha shubham yo‘q.

- Sizlarni CHLda «PSJ» to‘sig‘i kutmoqda...

- Birinchi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Axir anchadan buyon chorak finalga chiqolmagandik. Endi maydonda borimizni berishimiz aniq. O‘ylaymanki, muxlislarni juda sifatli futbol va katta raqobat kutmoqda. 

- Senga dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri - Kilian Mbappe qarshi turadi.

- Bu haqda hali o‘ylamadim, har qanday vaziyatda o‘zligimni yo‘qotmaslik va dongdor raqibga imkon qadar jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urinaman. Aslida eng asosiysi - jamoaviy o‘yin. Demoqchimanki, «PSJ» bilan bahsda avvalo, jamoa­viy uyg‘unlikka e’tibor qaratib, yuqori intensivlik bilan balanslashgan o‘yin namoyish etishimiz kerak. Agar hamjihat to‘p sursak, nafaqat Mbappe, balki «PSJ»ning boshqa hujumchilarini ham to‘xtata olamiz.

- Oxirida «million dollarlik» savol: Kubarsi yana 10 yildan keyin o‘zini qaysi darajada ko‘radi?

- Hammasi yaxshi bo‘lishi yo‘lida izchil ishlashda davom etaman. Umid qilamanki, 10 yil davomida hayotim mazmuni sanalgan «Barselona»ning muhim qismiga aylanaman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 12.04.2024 09:50. O'qildi: 1021 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik