Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Xosep Gvardiola: «Barsa» bilan yuz bergan voqealarda zarracha aybim yo‘q»

Xosep Gvardiola: «Barsa» bilan yuz bergan voqealarda zarracha aybim yo‘q»

Xosep Gvardiola va «Barselona» yo‘llari ayro tushganiga ancha bo‘lganiga qaramay, jurnalistlar hali-hanuz «Manchester Siti» ustozini «blaugrana»ga bog‘liq savollar bilan bezovta qilishadi.

OAV vakillari bu safar ispaniyalik murabbiyni o‘z jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan golf turnirida «tutishdi».

- «Barselona» rahbariyati Xavini ishdan bo‘shatdi va o‘rniga Xans-Diter Flikni tayinladi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Tushuning, Barselonadan yiroqdaman va klub ichidagi holatni yaqindan bilmayman. Shunday ekan, bu borada aytadigan gapim yo‘q, axir u yerda nimalar sodir bo‘layotganidan bexabarman. Shunchaki, Flikka yangi ish joyida omad tilashim mumkin, albatta, Xaviga ham.

- Sizningcha, Gvardiola bilan taqqoslashlar Xaviga nechog‘li xalaqit berdi?

- Aniq aytaman, oxirgi voqeliklarda zarracha aybim yo‘q, axir «Barselona»dan ketganimga ancha bo‘ldi. Qisqasi, klubning orqaga ketishida daxlsizman, oddiyroq aytganda, «gumonlanuvchi» emasman.

- Xo‘sh, qachondir «Barselona»ga murabbiy sifatida qaytishingiz mumkinmi?

- Bu eshik yopiq! «Barselona»ni murabbiy rolida boshqa shug‘ullantirmasligim aniq.

- Xans-Diter Flikni yaxshi bilasiz, u jamoani ravon yo‘lga olib chiqishga qodirmi?

- Yo‘q, Xansi bilan yaqindan tanish emasman, Manchesterda bir necha marta uchrashganmiz, xolos. Uning «Bavariya»da aqlga sig‘mas ishlarni bajargani esa - ayni haqiqat. Flik imkoni bor barcha sovrinlarni yutdi, qolaversa, terma jamoada ishlash tajribasiga ega. «Barselona»da murabbiyga yaqindan yordam berishsa, g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashsa, asta-sekin olg‘a borishiga imkon yaratishsa, bas. Futbolda murabbiyning qanday uslub va taktika tanlashi futbolchilar guruhiga bevosita bog‘liq. «Barsa» ixtiyorida esa turli chizmalarda o‘ynaydigan yigitlar bor. Asosiysi, klub ko‘plab yorqin yosh iste’dodlarga ega. Qisqasi, hozirgi tarkibi ham havas uyg‘otadi. Demak, Flikka vaqt berish kerak, zero, chempionat oktyabr oyida yutilmaydi. Umuman, «Barsa»da bosh murabbiy bo‘lishning o‘ziga xos mushkul jihatlari bor. Deylik, har bir qaroringiz keng muhokama qilinadi. Murabbiy esa futboldan tash­qaridagi gap-so‘zlarga chal­g‘ib qolmasligi kerak.

- Kanterada nima gaplar?

- La Masiya hech qachon muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi, chunki aniq tizim allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Hozir ham mahalliy tarbiyalanuvchilar guruhining jamoaga ta’siri juda kuchli. Ochig‘i, kantera qachon bunday darajada samara berganini eslolmayman, hatto. Faqat klub o‘z iqtidorlariga vaqt taqdim etishi, sabr bilan ularni himoyalashi zarur.

- Aytingchi, «Jirona»ning ishtirokidan hayratlandingizmi?

- O, CHLda aynan shu klub bilan to‘qnash kelishni istardim. Ehtimol, jamoa ichida qanday katta jasorat ko‘rsatishganini hali to‘liq anglamagandirlar... Axir kamtarona byudjet bilan La Ligada 3-o‘rinni egallash - fantastika. «Jirona» o‘yiniga ham shunday ta’rif berish mumkin. Qisqasi, Michel aqlga sig‘mas daraja ish olib bordi. Ishonchim komil, jamoada barqarorlikni ta’minlash yo‘lida to‘g‘ri qadam tashlanadi. Kouto va Savio? Hozircha ularni qaytarish mavzusini chuqur o‘rganmadik. Michel har ikki futbolchiga katta yordam berdi. Kouto hujumda vaziyat yaratish bobida yaqqol o‘sishga erishdi, Savio esa La Ligadagi eng xavfli ijrochilardan biriga aylandi. Har ikkisi City Football Group guruhiga tegishli ekan, ularning kelajagini bemalol, birgalikda hal qilishimiz mumkin.

- «Real» Kilian Mbappe bilan yanada kuchaydimi?

- «Real» Kiliansiz ham kuchli, baribir. Lekin deylik, CHLda bu jamoani yengish imkonsiz emas. Madridliklar tez-tez finalga chiqishadi va g‘alaba qozonishadi. Bu esa raqobatchilarni turnirda «Real» bilan o‘ynash va uni chiqarib yuborishga undaydi. Jamoa Mbappe misolida o‘ta xavfli hujumchiga ega bo‘lgani ham o‘z-o‘zidan tushunarli, albatta.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 28.06.2024 23:51. O'qildi: 5494 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 30
2 Barselona 11 30
3 Atletiko 11 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 11 19
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Rasing 12 14
11 Rayo Valyekano 10 12
12 Espanyol 12 12
13 Osasuna 13 12
14 Xetafe 11 12
15 Vilyarreal 11 12
16 Selta 11 12
17 Levante 11 10
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

04.11.2026. ECHL. 4-tur.
01:00
Barselona
3-0
Aston Villa

Navbatdagi uchrashuv

09.11.2026. La-liga.
01:00
Atletiko
—
Barselona

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik