Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Andres Inyesta: «Real»ni kuzatib borish «Barsa»ga yordam bermaydi»

Andres Inyesta: «Real»ni kuzatib borish «Barsa»ga yordam bermaydi»

Ayni paytda Andres Inyesta Kataloniyadagi bolalar uchun yozgi futbol lagerining ishini kuzatib borish va dekabr oyida o‘zi tug‘ilib o‘sgan Albaseteda (Kastiliya-La-Mancha) «Inyesta Kubogi»ni tashkil etish ishlari bilan band.

Shunday tig‘iz kun tartibiga qaramay, Andres Mundo Deportivo nashriga intervyu berishga vaqt topdi. Unda yaqin o‘tmishning eng zo‘r yarim himoyachilaridan biri «Barselona», Ispaniya terma jamoasi va uning kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.

- «Barselona»dagi holatga qanday qaraysiz? Do‘stingiz Xaviga nima bo‘ldi?

- Agar tashqi tomondan qarasangiz va tafsilotlarga kirmasangiz, unda ishlar yaxshi ketmasa, siz azob chekasiz va agar bu sobiq jamoadoshi va do‘sti bilan sodir bo‘lgan bo‘lsa, unda siz bundan ham ko‘proq azob chekasiz. Umid qilamanki, «Barselona» barcha sovrinlar uchun kurashishga yetarli resurslarga ega. Bu haqda ko‘p gapirolmayman, chunki men u yerda emasman.

- «Real» Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan xavotir olyapsizmi?

- «Real»ning tarkibi va so‘nggi paytlarda qilayotgan ishlari ularga o‘ziga ishonch, xavfsizlik hissini beradi, ammo ularda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatib borish «Barselona»ga yordam bermaydi. «Barsa»da kim bo‘lishidan qat’iy nazar, uni rivojlantirish uchun klubga eng yaxshi o‘yinchilarni jalb qilishga harakat qiladi.

- «Barselona»ga qaytasizmi?

- Albatta, men qaytishni xohlardim, lekin bu qachon sodir bo‘lishini bilmayman.

- Qaysi lavozimga kelasiz?

- Futbolchilik faoliyatidan keyingi qadamim murabbiylik bo‘ladi va u yerda nima bo‘lishini ko‘ramiz. Asosiysi, maydondan tashqarisida ham o‘z joymni topishdir.

- Balki yoshlar jamoasidan boshlarsiz?

- Bilmayman, ehtimol. Ikki yildan keyin o‘z mahoratimni oshirgan bo‘laman, lekin hozir bilmayman.

- Birinchi jamoachi?

- Albatta, lekin hozircha lisenziyam yo‘q...

- Sizningcha, farzandlaringizdan biri kelajakda yuqori darajada o‘ynay oladimi?

- 9 yoshli o‘g‘lim Paolo futbol bilan yashamoqda va undan umidim katta.

- Yevro-2024dagi jamoa sizga 2008 va 2010 yillardagi Ispaniyani eslatmadimi?

- Bilmayman, chunki men hozir uning tarkibida o‘ynamayapman, lekin hozirgisi juda pozitiv narsalarni, birinchi navbatda, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni namoyish etmoqda. Shu jihatdan jamoa avvalgi Ispaniyaga o‘xshab ketadi. Bundan tashqari, boshlang‘ich tarkib juda kuchli, zaxirasi ham ancha katta.

- Bugungi Ispaniya termasi o‘yinida nimani alohida ta’kidlagan bo‘lardingiz?

- Ikkita toza vingerga ega bo‘lish o‘yinda ko‘p narsani belgilaydi, ammo shu bilan birga yarim himoyada to‘pni boshqarishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ham yetarli, masalan, Rodri, Fabian, Pedri, Merino, Olmo. Ular birlashtiradilar, ammo to‘p qanotlarga ko‘chirilganda va birga-bir holatlarning yuzaga kelishi - bu hozirgi Ispaniyaning o‘ziga xos xususiyati. Bizing davrda terma jamoada Silva va men qanotlarda o‘ynashimiz mumkin edi, lekin biz yaqqol vinger rolini o‘ynamaganmiz - bu boshqa narsa. Yevro-2012 finalida Buskets, Xabi Alonso, Xavi, Silva, Fabregas va men. Vilya yo‘q edi, Torres esa boshlang‘ich tarkibda tushmadi.

- 16 yoshli Lamin Yamal haqida qanday fikrdasiz?

- Bu biroz g‘ayritabiiydek ko‘rinmoqda, ammo istisnolar mavjud va u me’yordan oshib ketadigan o‘yinchilardan biri. U boshlang‘ich tarkibda o‘ynaydi. Lamin barqaror ishlashi va porloq kelajagi bo‘lishi uchun o‘rganishni va takomillashishda davom ettirishi kerak. U 23 emas, 16 yoshda axir.

- Niko Uilyamsni qanday baholaysiz?

- U ham hali yosh, lekin o‘yini allaqachon ayrim grandlar oromini buzmoqda.

- «Emireyts» bilan shart­nomangiz tugadi. Kelajak uchun qanday rejalar mavjud?

- Ularning takilfini kutaman. Agar tushmasa, keyinini keyin ko‘ramiz. Ikki-uch hafta o‘tgach, men uchun qiziqarli taklif bor-yo‘qligini bilib olaman va o‘shanda vaziyatni yana bir bor ko‘rib chiqishim mumkin bo‘ladi.

- O‘zingiz yana bir mavsumni o‘yinchi sifatida o‘tkazishni xlhlayapsizmi?

- Ha. Gap shundaki, so‘nggi paytlarda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va hozircha o‘ynashni davom ettirmoqchiman. O‘tgan mavsumda 20dan ortiq uchrashuvdan (29ta), 20tasini final hujtagigacha o‘ynadim (23ta). Agar futboldan to‘ygan bo‘lganimda va hech qanday shubha qolmaganida faoliyatimni tugatgan bo‘lardim. Lekin unday emas. Keling, bundan biror narsa chiqadimi yoki yo‘q, ko‘ramiz.

- Amirliklarda qolish siz uchun ustuvormi yoki Saudiya Arabistoni kabi ligalarga ham ochiqmisiz?

- Bu yaxshi variant, lekin sharoitlar munosib bo‘lishi kerak, ya’ni men futbolda qolgan vaqtimdan zavqlanishim kerak. Agar shunday taklif kelib tushsa, biz ijobiy va salbiy tomonlarini tortishimiz kerak. Bu ko‘proq mamlakatni o‘zgartirishni xohlaymanmi yoki yo‘qmi degan savolga o‘xshayapti. Ammo bu faqat o‘zim uchun emas... Bu oila uchun yaxshi tajriba, lekin men xato qilmaslikka harakat qilaman. Bizda sarguzashtlarga alohida ehtiyoj yo‘q.

- Sizni MLSga chorlashmayaptimi?

- Yaponiyani tark etganimda, mening kelajagim AQSH bilan bog‘liq emasligi aniq edi. Bu juda katta mamlakat va o‘yin uchun jamoa katta masofalarni bosib o‘tishi kerak. Men esa bunday mashaqqatlarni xohlamayman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 25.07.2024 23:55. O'qildi: 3462 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 30
2 Barselona 11 30
3 Atletiko 11 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 11 19
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Rasing 12 14
11 Rayo Valyekano 10 12
12 Espanyol 12 12
13 Osasuna 13 12
14 Xetafe 11 12
15 Vilyarreal 11 12
16 Selta 11 12
17 Levante 11 10
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

04.11.2026. ECHL. 4-tur.
01:00
Barselona
3-0
Aston Villa

Navbatdagi uchrashuv

09.11.2026. La-liga.
01:00
Atletiko
—
Barselona

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik