Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Futbol olamining aqlga sig‘mas ajib natijalari

Futbol olamining aqlga sig‘mas ajib natijalari

Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu haqida so‘z ochilgani bilan ko‘pchilik xayoliga qandaydir rekordga bog‘liq faktlar kelishi oddiy holga aylanib ulgurgani rost. Ikki «o‘zga sayyoralik»ning familiyasi rekord iborasi bilan ma’nodoshdek, go‘yo. Ammo tushunarliki, futbol olami rekordlari faqat Messi va Ronalduga tegishli emas. Tarix sahifalariga shunday natijalar ham yozilganki, ularga hattoki birdan ishonish qiyin. Xullas, quyida aynan aqlga sig‘mas natijalar porsiyasi havola etilmoqda e’tiboringizga...

1. Neymar La Ligada Messidan oldin oy laureati bo‘lgan

Bu fakt Leo Messining personal muxlislarini hayratga solishi tayin. Lekin haqiqat shuki, argentinalik dahocha 2016 yilning yanvariga qadar Ispaniya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovringa ega chiqmagan. To‘g‘ri, La Ligada oy laureatini aniqlash 2013 yilning sentyabridagina yo‘lga qo‘yilganini eslatish kerak. Keyingi deyarli 2,5 yil davomida naq 17 nafar futbolchi oy laureati bo‘lgan. Xoh ishoning, xoh ishonmang, ular orasida Neymar bor, ammo Messi yo‘q. Ispanlar faqat 2016 yilning boshiga kelib, Leoni ilk marta oy futbolchisi sifatida e’tirof etishgan.

2. «Dandi Yunayted» klubi «Barselona»ga qarshi o‘yinlarda 100 foizlik ko‘rsatkichga ega

Shotlandiyaning kamtarin klubi o‘z tarixida Kataloniya grandi bilan 4 marta to‘qnash kelgan va 4ta o‘yinda ham g‘alaba qozongan! «Dandi Yunayted» bunday natijaga ega Buyuk Britaniyaning yagona klubi sanaladi. Aniqroq aytsak, mavsum-1966|1967da «Barsa»ni 2 marta dog‘da qoldirgan «Dandi» oradan 20 yil o‘tib (mavsum-1986|1987) bu ishni yana bir bora takrorlagandi.

3. Filipp Lam 1 yil davomida biror marta qo‘pollik ishlatmagan

Ajabo, himoyachi shuncha uzoq vaqt toza o‘ynashi mumkinmi? Ha. Har holda, Germaniya futboli afsonasi Filipp Lam vaziyatni oldindan to‘g‘ri baholash qobiliyati evaziga 2014 yil sentyabr - 2015 yil oktyabr oralig‘ida Bundesliga bahslarida raqiblariga nisbatan loaqal bir marta qo‘pol harakatlanmagan. Binobarin, u qachon qayerda turishni va raqibga qanday peshvoz chiqishni yaxshi o‘zlashtirgan edi. Yana shuni qo‘shimcha ma’lumot o‘rnida keltirish kerakki, Germaniya milliy jamoasi sobiq sardori butun faoliyati davomida biror marta qizil kartochka olmagan.

4. Mark Xyuz 1 kunda ikki mamlakatdagi o‘yinlarda maydonga tushgan

Bugungi yoshlar Uels faxrining futbolchilik faoliyatidan bexabarlar, albatta. Vaholanki, u ancha muvaffaqiyatli to‘p surgan. Hozirda ko‘pchilik Xyuzni asosan murabbiy sifatida taniydi. Xullas, uelslik yulduz 1987 yili 1 kunda ikki o‘yinda ishtirok etgan, yana turli mamlakatlarda. Demak, avvaliga kunning tush payti Uels milliy jamoasi safida Chexoslovakiya termasiga qarshi bahs­da maydonga tushgan Xyuz o‘yin tugashi hamono samolyotda Germaniyaga qaytib, «Bavariya» libosida ham harakatlanishga ulgurgan. 

5. Kris Nikoll 2:2 hisobida yakunlangan o‘yinda 4ta gol urgan

1976 yili «Aston Villa» va «Lester» o‘rtasida kechgan o‘yin 2:2 hisobida xotima topadi. Eng hayratlanarli tomoni, bu natija muayyan futbolchi gollari evaziga yuzaga kelgandi. Qisqacha tafsilot: Kris Nikoll avvaliga 2ta avtogol bilan «Lester»ni hisobda oldinga olib chiqadi, keyin «dubl» qayd etish asnosida o‘z xatolarini to‘g‘rilab, «Aston Villa»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoladi.

6. Darvozabon Rojerio Seni jami 131ta gol urgan

Bunday mahsuldorlik ayrim hujumchilarga ham orzu bo‘lishi mumkin. Braziliyalik darvozabon Rojerio Seni esa 100ta gol marrasidan osongina oshgan. U vaqtida «San-Paulu» mashg‘ulotlarida penalti va jarima zarbalari tepish ustida alohida shug‘ullangan ekan. Senining eng yaxshi mavsumi 2005 yilga to‘g‘ri kelganini qo‘shimcha qilish joiz. Darvozabon o‘shanda naq 21ta gol muallifiga aylangan edi.

7. Timo Verner CHLda Ronaldodan ko‘proq gol urgan

Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri Luis Nazario Ronaldo yoxud «so‘yloq» CHL turnirida atigi 14ta gol urgan. «Chelsi»da yaxshi vaziyatlarni ko‘kka sovurish bilan band bo‘lgan germaniyalik Timo Verner hisobida esa asosiy yevroturnirda urilgan 17ta gol bor. Shuningdek, Ronaldo faoliyatini CHL bosh sovrinisiz yakunlagan bo‘lsa, Verner «Chelsi» bilan «shalpangquloq» kubok sohibiga aylangan.

8. Joze Mourinyo 9 yil davomida uy o‘yinlarida mag‘lubiyatni tan olmagan

Portugaliyalik mutaxassisning faoliyat yo‘li yorqin sahifalarga to‘la. Misol uchun, «Benazir» boshqargan klublar 2002-2011 yillar oralig‘ida milliy ligalar doirasidagi ketma-ket 150ta uy o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan. Mourinyo bu davrda 4ta chempionatda 4ta klubni boshqarganini alohida ta’kidlash kerak - «Portu», «Chelsi», «Inter» va «Real».

9. Ronaldu 30 yoshidan keyin gol urishda Runining butun faoliyatidagi natijasidan o‘zib ketdi

Krishtianu Ronaldu 30 yoshga to‘lganidan keyin ham gol urish sur’atini pasaytirgani yo‘q. U bu oraliqda allaqachon 400ta gol dovonidan oshdi ham. Bu esa Ueyn Runining butun futbolchilik faoliyatida yiqqan gollari sonidan  ko‘proqdir. Portugaliyalik yulduz hamon gol urishdan to‘xtamayotganini ham aytish joiz.

10. «Milan» bir mavsumda 36ta gol bilan «A» seriya chempioni bo‘lgan

«Milan» tarixdagi eng yorqin jamoalardan biri sifatida tilga olinadi. Ammo «rossonerlar» har doim ham hujumkor o‘yin ko‘rsatishmagan. Masalan, 1993|1994 yillar mavsumini olsak, «Milan» atigi 36ta gol urgan. Shunga qaramay, jamoa o‘ta kuchli himoya­si evaziga yakunda skudetto sohibiga aylangan. Ya’ni «San Siro» egasi o‘sha mavsum «A» seriyada atigi 15ta gol qo‘yib yuborgan edi. 

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 17.09.2024 07:00. O'qildi: 3022 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik