Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Olqishga loyiq faoliyat

Olqishga loyiq faoliyat

Uning katta futboldan ketishi avvaldan ma’lum edi...

 41 yoshda talab darajasida to‘p surish oson emas. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli hol bo‘lsada, asrimizning eng mohir darvozabonlaridan biri endi maydonga tushmasligiga ko‘nikish qiyin.

Xayrlashuv benefisi

41 yoshda ham Klaudio Bravo ishonchli to‘p sura olishini Amerika Kubogi turniridagi o‘yinlari yaqqol ko‘rsatib berdi. To‘g‘ri, Chili terma jamoasi guruhdan chiqa olmadi. Biroq Bravo 3ta uchrashuvda atigi bir marta, jahon chempioni bo‘lmish Argentinaga qarshi bahsning 88-daqiqasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqandi. Jamoadoshlari birorta gol ura olmaganlariga faxriy darvozabon aybdor emas. O‘sha o‘yinda Klaudio 8 marta jamoani muqarrar goldan qutqarib qolgan va Bravo («Ofarin», «barakalla» ma’nolarini beradi) familiyasiga mos ekanligini isbotlagandi.

Sharhlovchilar fikricha, Bravo faoliyatini davom ettirishi, «Betis»da zaxira darvozaboni maqomida yurib, terma jamoa o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin edi. Biroq futbolchi o‘zgacha qarorga keldi: «Men professional futboldan ketyapman - bu oila doirasida rosa o‘ylab, keyin qabul qilingan aqlli qaror. Hayotimdagi muhim bosqichni yakunlash vaqti keldi. Professional futboldagi 23 yillik faoliyatim uchun ota,onam, aka-ukalarim, rafiqam va 4 nafar farzandlarimga minnatdorchilik bildirishni istayman. Ular tufayli samarali va sarguzashtlarga boy davrni o‘tkazdim».

22ta sovrin! Ular orasida YECHL g‘olibligi, KJCHdagi zafar, Yevropa Superkubogi, 2ta Amerika Kubogi, 2ta Ispaniya chempionligi, Angliya chempionligi, milliy kuboklar komplekti bor. Shaxsiy sovrinlari orasidagi 2ta - Segunda va La Ligadagi Samora kuboklari.

«Sosyedad»dagi moslashish va «Barselona»dagi  yuksalish

Klaudio faoliyatidagi eng uzoq davr «Real Sosyedad» klubida o‘tdi. U yerdagi 8 yilning 3 yili Segundaga sarflandi. Albatta, mashhurlik va nufuzga Bravo Chilining «Kolo-Kolo» klubida erishgandi. Lekin ko‘pchilik qit’adoshlari kabi, u ham Yevropada dong taratishni istardi. Nomdor jamoadan taklif tushishiga umid yo‘q, «Sosyedad» esa maqbul variant edi.

San-Sebastyanda Klaudio turli holatlarni - Asyer Riyesgoning soyasida o‘tirish, La Ligani tark etish va 3 yillik elitaga qaytish davrini boshdan kechirdi. Lekin kayfiyatni ko‘taradigan voqealar ham yo‘q emasdi - Samora Kubogi, elitaga qaytgani, jarima zarbasidan gol urgani. Bravo o‘z nufuzini tasdiqlashdan tashqari, ancha oshirib olishga ham ulgurdi. Natijada darvozabon Valdes bilan xayrlashishga qaror qilgan «Barselona» safidan joy oldi. Hatto uning faxriylar yoshida ekanligi ham kelishuvga xalal bermadi. O‘shanda Klaudio 31ga chiqqandi, uning JCH-2014dagi ishonchli ishtiroki esa tanlovning to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi.

Bravoning «Barselona»dagi debyuti ham fantastik ko‘rinish oldi. Dastlabki 8ta o‘yinda darvozabon birorta to‘p o‘tkazmadi. Uning darvozasiga faqat «Real» El Klasiko bahsida yo‘l topa oldi. Ronalduning 11 metrli zarbasi 754 daqiqalik «quruq» seriyaga nuqta qo‘ydi, o‘yin esa «Barsa»ning 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Biroq mag‘lubiyat Kataloniya grandining chempion bo‘lishiga to‘siq bo‘la olmadi. Klaudio 37ta uchrashuvda 19 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Bu La Liga tarixidagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich (0,51) edi. Undan avval «Deportivo» posboni Fransisko Lianyo 1992|93 yillar mavsumida yaxshiroq (0,47) natijaga erishgandi. O‘sha mavsumda «Barselona» Ispaniya Kubogi va YECHL Kubogini ham qo‘lga kiritdi. To‘g‘ri, xalqaro musobaqada darvozani Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqlagandi, kataloniyaliklar bu muvaffaqiyatni 2014 yil yozida ham takrorladilar. Germaniyalik kasbdoshini Bravo xavotir bilan qarshi oldi. Chunki Luis Enrikening Bundestim darvozabonini olib kelishini o‘ziga nisbatan ishonchsizlik sifatida qabul qilgandi. Biroq chililik posbon o‘z o‘rnini osonlikcha berib qo‘ymadi. 2015|16 yillar mavsumida asosan u maydonga tushdi, undan 9 yoshga kichik bo‘lgan ter Shtegen esa zaxirada o‘tirdi.

Orzuga zid transfer

Biroq yozda «Barselona» bilan Bravo o‘rtasidagi roman kutilmaganda, chempionat startidan keyin nihoyasiga yetdi. Chililik posbonni «Manchester Siti»ga sotib yuborishdi. Tashabbus Xosep Gvardioladan chiqqandi. Klau­dio esa yangi jamoada ishi yurishmasligini sezgandek, ketishni istamadi. Biroq u paytda g‘isht qolipdan ko‘chib bo‘lgandi. «Barsa» Bravoni 25 mln. yevroga almashtirdi.

Manchesterdagi ishtirokini mankunian derbisida boshlagan posbon o‘zini o‘ta noqulay his etgandi. Garchi, «Old Trafford»dan «Siti» g‘alaba (2:1) bilan qaytgan bo‘lsada, Bravo o‘yinni asabiy ruhiyatda o‘tkazgan, ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygandi. Biroq Gvardiola uni maqtovlarga ko‘mib tashladi.

Bravo faoliyatida raqiblari uning darvozasini ishg‘ol etgan o‘yinlar ham ko‘p bo‘ldi. YECHL doirasida «Kamp Nou»ga qaytishi ham omadsiz yakunlandi. 0:1 hisobidagi o‘yin chog‘ida Klaudio jarima maydonchasi tashqarisida qo‘l bilan o‘ynab, maydondan chetlatildi, uning o‘rnini egallagan Villi Kabalyero esa yana 3ta to‘p o‘tkazib yubordi. Keyinchalik Bravo Kabalyeroga raqobatni boy berdi va zaxiradan joy oldi. 

Yangi mavsumda «shaharliklar» Edersonni xarid qilishgach, muntazam ravishda maydonga tushishga odatlanib qolgan Bravo o‘rindiqqa mixlangandek «dembel»ni kutishga majbur bo‘ldi. Nihoyat, 3 yildan keyin u 37 yoshida erkin agent maqomini oldi. Bunday vaziyatda ko‘pchilik qo‘lqopini mixga iladi.

Lekin Klaudio Ispaniyaga qaytdi va «Betis»da to‘p sura boshladi. Faqat 4 mavsumning dastlabkisida u asosiy darvozabon vazifasini bajardi, qolganlarida kasbdoshining o‘yinlariga tomoshabin bo‘ldi. Yoshi esa o‘tib borardi, bir yoqda jarohatlar. Shunday bo‘lsada, posbon xayrlashishga oshiqmadi. Go‘yo Amerika Kubogini kutayotgandek. Oxir-oqibat, aynan shu turnir yorqin o‘ynadi va o‘z faoliyatiga chiroyli yakun yasadi.

Bravoning «Siti»dagi omadsizligi unutilib ketadi, «Barselona» va Chili terma jamoasidagi porloq o‘yinlarini esa, muxlislar ancha vaqtgacha eslab yurishadi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 19.09.2024 07:30. O'qildi: 1529 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 30
2 Barselona 11 30
3 Atletiko 11 28
4 Betis 11 23
5 Real Sosyedad 11 19
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Rasing 12 14
11 Rayo Valyekano 10 12
12 Espanyol 12 12
13 Osasuna 13 12
14 Xetafe 11 12
15 Vilyarreal 11 12
16 Selta 11 12
17 Elche 11 10
18 Levante 11 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

04.11.2026. ECHL. 4-tur.
01:00
Barselona
3-0
Aston Villa

Navbatdagi uchrashuv

09.11.2026. La-liga.
01:00
Atletiko
—
Barselona

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik