Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Kunde «Barselona»da asosiy o‘yinchi...

Kunde «Barselona»da asosiy o‘yinchi...

Va o‘z pozisiyasida dunyodagi eng yaxshilaridan biriga aylandi. Qanday qilib?

«Barselona» Xansi Flik rahbarligida mavsumni har taraflama muvaffaqiyatli boshladi: sifatli o‘yin, natija, yorqin uslub. Bunday muhitda bir qator o‘yinchilar ochilishdi. Masalan, yaqinda OAV e’tiborini tortgan Rafinya yoki 10ta gol bilan to‘purarlar yetakchisi bo‘lib olgan Levandovski.

Ular orasida Jyul Kunde e’tibordan chetda qolmoqda. Vaholanki, u yuksak saviyasi evaziga Flik jamoasida muhim rol o‘ynamoqda. Fransiyalik iqtidorning ixtisosi qanot himoyachisi emasligini hozir ko‘pchilik unutishga ulgurdi. Keling, yaxshisi Xavi o‘z davrida qanotda to‘p surishga ko‘ndira olmagan markaziy himoyachi o‘ta qisqa vaqt ichida dunyodagi eng yaxshi qanot himoyachilari safiga ko‘tarilganini ko‘rib chiqamiz.

Kundening Xavi davridagi vazifasi:  3-2-5 tizimida yordamchi himoyachi

Kunde «Barselona»ga 2022 yilda o‘tgandi. O‘shanda top-klublar e’tiborini qozongan markaziy himoyachi Tomas Tuxel uni qanotga tushirmoqchi ekanligi sababli «Chelsi» taklifini rad etgani va «Barsa»ga o‘tgani haqida yozishgandi.

Amalda Kataloniyada ham shu holat takrorlandi. Mavsum davomida Xavi 3-2-5 sxemasidan foydalanishga qaror qilgan va Kundeni o‘ng qanotga tushirgandi. Aslida, u to‘psiz paytida o‘ng qanotda bo‘lsada, jamoa oldinga intilganda uchlik shakllanardi. Bu rol Kundega yoqmasligi haqida ko‘p yozishgani bois, Xavi o‘ng qanotga Arauxoni tushirgan vaqtlar ham bo‘ldi. 

Nihoyat, o‘zgarishlar oqibatida yuz bergan muammolardan keyin muvozanat tiklandi: Kunde muntazam ravishda o‘ng qanotda o‘ynay boshladi. Natijada jamoada ishonchli himoya chizig‘i yuzaga keldi: 3Q2 bloki hujumga yordam berishdan tashqari, raqibning qarshi hujumlarida mustahkam qo‘rg‘onga aylandi.

Flik davrida Jyul o‘sha pozisiyada, lekin hujumda yanada dadilroq

Endi «Barsa» vertikal futbolni namoyish etadigan dadil jamoa. Dadillik tayanch hududidagi yagona o‘yinchining harakati va ko‘pgina o‘yinchilar oldinda ekanliklarida namoyon bo‘ladi. Ana shu rolni ko‘pincha Kunde ijro etmoqda. To‘p jamoaga o‘tgan vaqtda Kunde 2ta variantni qo‘llaydi. Birinchisi - dastlabki bosqichda uchlikni shakl­lantiradi, ikkinchisida - faollik bilan hujumga intiladi. Bu uning o‘yinni keskinlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini oshiradi. Misol uchun, ortda qolgan «Osasuna» va «Yang Boyz»ga qarshi bahslarda o‘ta faolligi bilan yaqqol ajralib turdi. Ya’ni, ko‘proq vaqtini raqib yarim maydonchasida harakatlandi.

Kunde Yamal bilan ajoyib bog‘lam yaratdi

Hujumga otlangan pallada Jyul Lamin Yamal bilan yonma-yon harakatlagani sababli, bir-birining holatiga moslashishga tayyor bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Shunda tushunmovchiliklar yuz bermaydi.

Harakatlarini raqibga sezdirmaslik niyatida futbolchilar bir nechta variantlarni qo‘llashadi. Masalan, Kunde Yamalning ortidan oldinga intilib, sherigi uchun to‘pni maydon bo‘ylab yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Yoki aksincha, yarim fangdan reyd uyushtirish bilan Laminga markazda bo‘sh hudud yaratadi.

Bundan tashqari, raqiblarning aksariyati asosiy e’tiborni Yamalni zararsizlantirishga qaratishi ham Jyulga ko‘proq erkinlik beradi. Misol uchun, yaqinda «Xetafe» darvozasiga urilgan gol ham shu juftlikning ijod mahsuli. Lamin to‘pni keng pozisiyada qabul qiladi, Kunde uzatmani ilib olish uchun qanotdan olg‘a intiladi. Bir qarashda oddiy, lekin samarali usul.

Jyulning to‘psiz bajaradigan vazifasi muhim: ba’zan omadsiz bo‘lsada, ko‘pincha yaxshi uddalanadi

Flik davrida «Barselona» juda dadil pressing tizimidan foydalanmoqda: jamoa markaziy yo‘nalishni «betonlab», qanotlarda raqiblariga keng bo‘shliqlar qoldiradi. Bunday vaziyatda qanot himoyachilari zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklanadi. Bu nafaqat taktik, balki jismoniy tayyorgarlikni talab etadigan vazifa. O‘ng qanotda to‘psiz o‘ynash bobida uncha kuchli bo‘lmagan Lamin Yamal to‘p surishini inobatga olganda, vaziyat yanada murakkablashib, Kundening ishini og‘irlashtirib yuboradi.

Biroq Jyul uddalamoqda. Fransiyalik himoyachining yuksak sport formasi va o‘yinlardan keyingi qo‘shimcha mashg‘ulotlari juda ko‘p muhokamada bo‘lgan. Marhamat, Flikning e’tirozi bilan tanishing: «Unga hordiq chiqarish zarur ekanligini o‘zingiz tushuntiring. U o‘yindan keyin ham mashq qilishni istaydi. Bu noo‘rin harakat. Avval hech qachon bunday futbolchiga duch kelgan emasman».

Kunde esa bunga javoban murabbiyning boshqarish uslubi va jamoa bilan munosabatini maqtaydi: «Bosh murabbiy barcha talablarini o‘ta aniqlik bilan bizga yetkazadi. U bilan ishlaganda faqat lazzat olamiz».

Biroq ayrim kamchiliklar ham uchrab turadi. Lekin bu dadil pressing tizimi tufayli yuz beradigan jiddiy tavakkalchiliklar asorati. Ba’zida ulkan bo‘shliqni yopish uchun Kunde jismonan ulgura olmay qolgan va raqibga hujumni qanotdan davom ettirish imkoniyatini berib qo‘ygan lavhalar ham bo‘lib turadi.

Hozir Jyul ajoyib sport formasida va «Barselona»ning muhim o‘yinchisi maqomida to‘p surmoqda. Agar muvaffaqiyatning sabablarini tizimga tushirishga urinadigan bo‘lsak, bir nechta omilni alohida e’tirof etish lozim.

* Birinchisi: qachondir yangi bo‘lgan (Xavi davrida boshlangan) pozisiyaga bosqichma,bosqich moslashish; 

* Ikkinchisi: yangi bosh murabbiyning g‘oyalariga qo‘shila olganligi;

* Uchinchisi: Flikning ko‘p kuch talab qiladigan uslubida muhim omil bo‘lgan yuksak sport formasi;

* To‘rtinchisi: sherigi (birinchi navbatda Yamal) bilan qanotdagi mukammal harakatlar.

Ayni pallada Kundening holati yanada rivojlanish va jamoadagi nufuzini oshirishga yetadigan darajada.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 20.10.2024 23:24. O'qildi: 1463 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik