Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Barchasi uchun rahmat, «Maestro»!

Barchasi uchun rahmat, «Maestro»!

Futbolda katta yulduzlar juda ko‘p, albatta. Ammo «Barselona» afsonasi Andres Inyesta kabi hamma-hammaning hurmatini birdek qozonganlari sanoqli.

Mana, futbol olami shunday benazir yulduzni ham nafaqaga kuzatdi. «Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi hayotida chuqur iz qoldirgan, hamisha olijanobligi bilan ajralib turgan zargarona uzatmalar «maestro»si professional faoliyatiga nuqta qo‘yganini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. 40 yoshli yarim himoyachi 1996-2018 yillar oralig‘ida «Barselona» tizimida shug‘ullangan va to‘p surgan. Andres bu oraliqda asosiy jamoa libosida barcha turnirlar hisobidan 674ta o‘yinda qatnashib, 57ta gol va 136ta assist qayd etgan. U keyinchalik Yaponiyaning «Vissel Kobe» va BAAning «Emireyts» klublarida o‘ynadi. Alohida aytish kerak, Inyesta Ispaniya termasi bilan Yevropa chempionatida 2 marta, JCHda esa bir bora zafar quchdi. Kutilishicha, Inyesta endi o‘zini murabbiylik rolida sinab ko‘radi. U yangi sohadagi ishini Ispaniya yoshlar jamoalarida boshlash niyatida.

- Andres, futboldan ketar chog‘i «Barselona»dagi faoliyatingizni qanday xotirlaysiz? 

- Aytishim shart emas, gap hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborgan jamoa haqida ketmoqda. «Barselona» hayotim mazmuniga aylandi. Shunday jamoada bo‘lish, barcha yosh toi­fasi aro yuksalish, professional darajada «Barca» oilasini ifodalash, uning sharafini himoya qilish, chiroyli futbolkasini kiyib maydonga tushish... Bahosi yo‘q noyob sayohat. Xullas, klubga bog‘liq yaxshi xotiralarimning chek-chegarasi yo‘q.

- 2018 yili negadir hayotingiz mazmunidan voz kechib, Yaponiyaga yo‘l oldingiz. Buning asl sababini hozir aytarsiz...

- O‘shanda faoliyatimdagi eng murakkab qarorlardan birini qabul qilgandim. «Barsa»dan kechib, Yaponiyaga ketishda ko‘nglimdan nimalar o‘tgani faqat o‘zimga ayon. Qandaydir xavotir yo‘q emasdi. To‘g‘ri, hozir aytishim kerak, Osiyoda qoyilmaqom tajriba orttirdim. Yaponiyada hamma menga yordam qo‘lini cho‘zdi va ajoyib hikoya yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Oila sifatida ham eng go‘zal davrni boshdan o‘tkazdik. Yaponlar bizni aqlga sig‘mas darajada, xuddi qadrdonlaridek kutib olishdi, zo‘r munosabatda bo‘lishdi. «Vissel Kobe»dagi har lahzada barchasini yaqqol his qildik. «Barsa»dan ketganim sababi? Bunisi endi tarix...

- Unda savolni boshqacharoq qo‘yamiz: faoliyatingizni «Barselona»da yakunlash imkoniyati bormidi?

- Yashirmayman, butsalarimni aynan qadrdon klubimda mixga ilishni rejalashtirgan edim, ammo Kataloniyada hamisha 100 emas, 300 foiz kuch bilan harakatlanish talab etiladi. Bunaqasi men uchun imkonsiz ekanligini tushungach, keskin qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keldi. Chunki hech qachon o‘yin masalasida oqsoqlanishni, o‘z haqimda salbiy fikrlar tug‘ilishini istamaganman. «Barsa» bilan hech narsaga yaramay qolgan futbolchi sifatida xayrlashish menga umuman yarashmasdi. Oddiy ayt­ganda, «Barsa» muxlislari Inyestani yuqori notada kuzatib qo‘yishlarini xohladim.

- Nega aynan hozir futboldan ketishni lozim topdingiz? 

- Yo‘q, butunlay chetga chiqmayman, chunki futbolsiz yasholmayman. O‘zimga qolsa, 90 yoshgacha o‘ynagan bo‘lardim, ammo hayot qonunlariga bo‘ysinish kerak. Hozir oxirgi kungacha chinakamiga kurashganim bilan faxrlanishim mumkin. Butun faoliyatimni bitta ibora bilan ta’riflash so‘ralsa, shubhasiz, javob beraman - g‘urur! 

- Faoliyatingiz davomidagi eng muhim va baxtli xotira qaysi? 

- «Barselona»dagi debyutim. To‘g‘rirog‘i, 2ta baxtli lahzaning ahamiyati teng: Bryuggeda debyutni nishonlaganim va «Bernabeu»da Rekreativo»ga qarshi bahsda ilk marta maydonga tushganim.

- Futbolda bosib o‘tgan yo‘lingizga nazar solsangiz, avvalo, nimalarni o‘ylaysiz? 

- Men uchun «Barselona» libosini kiyish orzu edi. Bor e’tiborni shu orzu ro‘yobiga qaratganman. Bunda birinchi navbatda, otamning hissasi katta. Futbolda erishgan barcha yutuqlarim uchun aynan undan qarzdorman.

- Qadrdon do‘stingiz Xavining «Barselona» bosh murabbiyi rolidagi ishi haqida nima deya olasiz?

- O‘ta noxush holat... Lekin murabbiylikda shunga o‘xshash achchiq tajribaga hamisha tayyor turishingiz kerak. Bilamanki, Xavi bundan ko‘prog‘iga qodir va munosib edi.

- Hozirgi «Barselona» yoqyaptimi?

- Umid qilamanki, Diter-Xans Flik «Barselona»da uzoq vaqt qoladi va klubga katta foyda keltiradi. U yaxshi ishlayapti va shunday davom etadi, menimcha. 

- «Barselona»ning ayni tarkibi chakki emas. Qiziq, kimlar bilan birga o‘ynashni istardingiz? 

- Ansu Fati, Pedri va ter Shtegenni o‘z jamoamda ko‘rishga qarshi chiqmasdim.

- Pedrini asosan sizga taqqoslamoqdalar...

- Ajoyib. Vaqtida meni Laudrup va Gvardiola bilan solishtirishgandi. Pedri o‘z iste’dodi bilan katta faoliyat yaratish imkoniyatiga ega. U meni o‘z kumiri sifatida aytgani? Pedrini qancha ko‘p kuzatsam, o‘rtamizdagi o‘xshashliklar yaqqolroq ko‘rin­yapti.

FAKT

Andres Inyesta faoliyatini tarixdagi eng intizomli futbolchilardan biri sifatida yakunladi. Diqqat qiling, professional darajada jami 1016ta o‘yin o‘tkazgan ispaniyalik «maestro» biror marta qizil kartochka olmagan.

Andres Inyestaning futbol sayohati 

raqamlarda

O‘yin - 1016ta

Gol - 107ta

Assist - 191ta

Sovrin - 40ta

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 23.10.2024 09:29. O'qildi: 3427 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik