Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Tabaresdan Katanesgacha: og‘ir kasallikka qaramay ishini davom ettirgan murabbiylar

Tabaresdan Katanesgacha: og‘ir kasallikka qaramay ishini davom ettirgan murabbiylar

Futbol murabbiysi bo‘lish juda og‘ir.  Ayniqsa, terma jamoalarni boshqaradigan murabbiylar judda kuchli bosim ostida ishlaydi. Braziliyada qancha aholi bo‘lsa, shuncha futbol murabbiysi bor, degan hazilomuz ibora bejiz aytilmagan.

Doimo bosim ostida ishlash esa sog‘liqqa jiddiy zarar keltirishi aniq. Albatta, sog‘liqni yomonlashtiradigan ko‘plab omillar bor: palapartish turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar hamda tamakiga ruju qo‘yish va hokazo.

Shunday bo‘lsa-da, asab tizimining buzilishi barcha kasalliklar “onasi” ekani hech kimga sir emas. Murabbiylarda esa birinchi bo‘lib ishdan chiqadigani bu — asab.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi Srechko Katanes ham anchadan beri sog‘lig‘idagi muammolardan aziyat chekib kelmoqda. Bugun, 20 yanvardan milliy terma jamoa Qatarda yig‘in boshladi. Ammo bu yig‘inga Katanes kela olmasligi xabar qilindi.

Bu birinchisi emas. Katanes 3 yil oldingi BAA yig‘inini ham koronavirus sabab o‘tkazib yuborgandi. Bundan tashqari, sog‘lig‘idagi muammolar sababli murabbiy eng muhim bahslar davomida 3 bor jamoaga yordam bera olmagan.

Katanes Turkmaniston bilan o‘yin oldidan jamoani uchinchi bor tark etsa, qaytib kelmasligini aytgandi. Ammo 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo mintaqasidagi 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarning eng muhimi — Eron va BAA terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda terma jamoaga kela olmagan.

Jahon futbolida ham bir qator murabbiylar sog‘lig‘idagi muammolarga duch kelgan, ammo murabbiylik faoliyatidan voz kechmagan. "Daryo" quyida ana shunday murabbiylarning ba’zilari haqida ma’lumotlarni jamladi.

Oskar Tabares
Davlat: Urugvay
Oxirgi ish joyi: Urugvay terma jamoasi

Oskar Tabaresga 2013 yilda Giyena-Barre sindromi tashxisi qo‘yilgan. Bu odamni butunlay falaj qiladigan nevrologik kasallik. Ammo bu tashxis bilan Tabarez 2021 yil oxirigacha Urugvay terma jamoasida ishladi.

Mustaqil harakatlana olmagani tufayli u mashg‘ulotlar va uchrashuvlarga qo‘ltiqtayoqda kelishga majbur bo‘lgan. Federasiya Tabaresga maxsus minikar yasattirib bergan. U hazillashib mashinasini "Ferrari" deb atashni yaxshi ko‘rgan.

Eduardo Berisso
Davlat: Argentina.
Ish joyi: "Leon" jamoasi.

2017 yilning noyabrida “Sevilya” bosh murabbiyi Eduardo Berissoda prostata saratoni aniqlangan edi. U o‘z lavozimida qoldi, ammo qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatildi.

Keyin argentinalik bir qator davolanish muolajalarini boshdan kechirdi va tez orada kasallik ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi. 2019 yildan beri Berisso Bilbaoning “Atletik” klubi, Paragvay va Chili terma jamoalarida ishlashga ulgurdi. Hozirda u Meksikaning "Leon" terma jamoasida ishlamoqda.

Xoakin Kapparos
Mamlakat: Ispaniya.
Oxirgi ish joyi: Armaniston terma jamoasi

"Sevilya" bosh murabbiyi Xoakin Kapparosga 2019 yilda leykemiya (oqqon) tashxisi qo‘yilgan edi. Ammo bu uning mavsum oxirigacha jamoada ishlashiga, qisqa vaqtdan so‘ng Armaniston terma jamoasini boshqarishiga to‘sqinlik qilmadi.

Kapparos 2022 yilning sentyabrida federasiya bilan o‘zaro kelishuv asosida Armaniston terma jamoasini tark etgan.

Klas Ingesson
Davlat: Shvesiya
Oxirgi ish joyi: "Elfsborg" klubi

90 yillarda futbol tomosha qilgan muxlislar "shafqatsiz" deb nom olgan shved yarim himoyachisini yaxshi eslashsa kerak. Futbolchilik faoliyatini tugatgandan so‘ng, Klas Ingessonga miyeloma (suyak iligi hujayralarining shikastlanishi) tashxisi qo‘yildi. Davolanish muvaffaqiyatli o‘tib, Ingesson "Elfsborg" yoshlar jamoasiga ustozlik qila boshladi.

2012 yilning dekabrida u asosiy jamoaga rahbarlik qildi. Ammo bir-ikki oy o‘tgach, uning kasali qayta qo‘zidi. Klas bir paytlar futbol maydonida bo‘lgani kabi oxirigacha kurashdi va nogironlar aravachasida bo‘lsa ham mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.

Afsuski, kasallik kuchliroq bo‘lib chiqdi. 2014 yil 29 oktyabrda Klas Ingesson murabbiylik faoliyatini davom ettirayotib vafot etdi.

Tommazo Maestrelli
Mamlakat: Italiya.
Oxirgi ish joyi: "Lasio"

Maestrelli o‘z vaqtida kuchli futbolchi bo‘lgan, hatto Italiya terma jamoasida bitta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiy sifatida ishlagan.

1971 yilda 51 yoshida “Lasio” bosh murabbiyligiga tayinlangan. O‘sha vaqtda bu muxlislar va bir qator o‘yinchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi, chunki futbolchi Maestrelli uch yil davomida "Roma"da o‘ynagan va hatto "bo‘rilar" sardori bo‘lgandi.

Ammo 1973-1974 yilgi mavsumda "Lasio" tarixidagi ilk skudettoni qo‘lga kiritgach, hamma tinchlandi. Keyingi yili rimliklar ham chempionlik uchun kurashdilar, biroq ularning murabbiyi jigar saratoni tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilganidan keyin taslim bo‘lishdi.

1975-1976 yilgi mavsumda Maestrelli murabbiylik lavozimiga qaytdi, ammo tez orada sog‘lig‘i sababli sport direktori lavozimiga o‘tdi. U 1976 yil 2 dekabrda vafot etgan.

Tito Vilanova
Mamlakat: Ispaniya
Oxirgi ish joyi: "Barselona" klubi

Tito Vilanova uzoq vaqt davomida Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo‘lib, avvaliga ikkinchi, keyin esa "Barselona"ning asosiy jamoasida ishlagan. Pep ketganidan keyin 2012-2013 yilgi mavsumda Tito bosh murabbiy bo‘lgandi.

U "Real"dan 15 ochko oldinlab ketib, "Barsa" bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ammo mavsum oxirida sog‘lig‘i sababli faoliyatini yakunladi. Vilanova saratondan aziyat chekdi va bir nechta operasiyalarni o‘tkazdi. U 2014 yil 24 aprelda 45 yoshida vafot etgan.

Sinisha Mixaylovich
Davlat: Serbiya
Oxirgi ish joyi: "Bolonya" klubi

Futbol tarixidagi eng yaxshi jarima zarbalari ijrochilaridan biri Sinisha Mixaylovich Italiyaning bir qator klublari, Lissabonning "Sporting" va Serbiya terma jamoasi bilan ishlagan. 2019 yilda Mixaylovichga dahshatli tashxis qo‘yildi: leykemiya (oqqon).

Tabiatan jangchi bo‘lgan Sinisha murabbiylik faoliyatini tark etmadi (o‘shanda u "Bolonya"ni boshqarayotgandi). Ammo 2022 yil sentyabrida u baribir kasallikka taslim bo‘ldi. Mixaylovich klub bilan shartnomasini bekor qildi, ikki oydan keyin esa 53 yoshda bu dunyoni tark etdi.

Sven-YOran Eriksson
Davlat: Shvesiya
Oxirgi ish joyi: Filippin terma jamoasi

Futbolchi sifatida nomdor klublarda to‘p tepmanagan bo‘lsa ham, Eriksson murabbiy sifatida ancha mashhurlikka erishdi. U Shvesiyaning “Gyoteburg”, Portugaliyaning “Benfika” klublarida, shuningdek, Italiyaning "Roma", "Fiorentina", "Latsio" kabi bir qator jamoalarida ishlagan.

Angliya terma jamoasidagi faoliyati esa uni top murabbiylar qatoridan joy olishiga sababchi bo‘lgan. Darvoqe, Eriksson Angliya terma jamoasi tarixidagi birinchi xorijlik murabbiy hisoblanadi.

2024 yil yanvar oyida Eriksson oshqozon osti bezi saratonining 4-bosqichi kasalligini boshdan kechirayotganini e’lon qildi. Shu yilning 26 avgustda 77 yoshida vafot etdi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 20.01.2025 22:31. O'qildi: 2636 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik