Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Flik "Barselona"ga liderlar so‘radi

Flik "Barselona"ga liderlar so‘radi

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik jamoa tarkibiga nafaqat yuqori saviyadagi, balki katta o‘yinlar tajribasiga va yetakchilik xususiyatlariga ega futbolchilarni jalb qilishni so‘ragan.

SPORT jurnalisti Sergi Kapdevila ma’lumotiga ko‘ra, Robert Levandovski va Ronald Arauxoning ketishi jamoa ichida tajriba va liderlik borasida ma’lum bo‘shliq qoldirgan. Flik yangi mavsumda, ayniqsa Chempionlar Ligasining hal qiluvchi bosqichlarida bu omil katta ahamiyat kasb etishini hisobga olmoqda. Arauxo "Liverpul"ga ijaraga berilgan, Levandovski esa "Barselona"dagi faoliyatini yakunlagan.

Aynan shu jihat Rodri Ernandes transferiga Flikning darhol rozilik berishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Nemis mutaxassisi 30 yoshli yarim himoyachining o‘yin sifatlarini juda yuqori baholaydi, ammo uning xalqaro tajribasi va kiyinish xonasidagi yetakchilik qobiliyatini ham alohida qadrlaydi.

Rodri 2024 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan va Ispaniya milliy jamoasini 2026 yilgi jahon chempionligiga sardor sifatida yetaklagan. "Barselona"da uning kelishi yosh futbolchilar ko‘p bo‘lgan tarkibga tajriba va sovuqqonlik olib kirishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

Kapdevilaga ko‘ra, Flik Rodri transferi masalasida tashabbusni shaxsan o‘z qo‘liga olgan. Murabbiy futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib, "Barselona"ning sport loyihasi, uning jamoadagi roli va rejalar haqida bevosita tushuntirish bergan. SPORT'ga tayanib tarqalgan avvalgi xabarlarda ham aynan Flikning shaxsiy qo‘ng‘irog‘i Rodrining kataloniyaliklar variantiga jiddiy qarashida muhim omil bo‘lgani aytilgan.

Ayni paytda transferning moliyaviy qismi hal qilinmagan. "Manchester Siti" "Barselona"ning dastlabki 45 mln yevrolik taklifidan keyin 60 mln yevro atrofidagi ikkinchi taklifini ham rad etgan. Manchesterliklar futbolchi uchun taxminan 60-65 mln funt talab qilmoqda. Rodri esa faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga moyil ekani xabar qilinmoqda.

"Barselona"da sardorlar ham almashadi

Jamoadagi avlodlar almashinuvi sardorlik iyerarxiyasiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Frenki de Yong jarohati sabab bir necha oy maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. Shu bois yangi mavsumda Rafinya asosiy sardor, Pedri esa ikkinchi sardor vazifasini bajarishi kutilmoqda. Gavi va Erik Garsiya ham sardorlar guruhiga kirish uchun asosiy nomzodlardan.

Rafinya Flikning kiyinish xonasidagi eng ishonchli futbolchilaridan biri sifatida qaraladi. Pedridan esa murabbiy so‘nggi mavsumlarda nafaqat maydonda, balki jamoa ichida ham kattaroq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni so‘ragan. Erik Garsiya yoshlar jamoalarida ham sardor bo‘lgan, Gavi esa asosiy tarkibda besh yillik tajriba to‘plagan.

Tarkibda tajribali futbolchilar soni kamaygani ham Flikni o‘ylantirayotgan omillardan. Voysex Shchensni jamoaning eng katta yoshli va xarizmatik futbolchilaridan biri bo‘lsa-da, "Barselona" Rodri kabi eng mas’uliyatli vaziyatlarda maydonda yetakchilik qila oladigan futbolchiga ehtiyoj sezmoqda. Joau Kanseluning katta futboldagi tajribasi ham bu borada muhim deb baholanadi.

Shu tariqa, "Barselona" uchun Rodri transferi faqat tayanch yarim himoya pozisiyasini kuchaytirish emas, balki jamoadagi liderlik muvozanatini tiklashga qaratilgan strategik qadam sifatida ham ko‘rilmoqda. Flik uni Chempionlar Ligasi va mavsumning hal qiluvchi pallasida o‘yin taqdirini o‘zgartira oladigan futbolchilardan biri deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 14.08.2026 12:30. O'qildi: 3255 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik