Kirish Registrasiya

STD.UZ/BAVARIYA

Bavariya

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

KLUB TARIXI

Tashkil topishi

Shaharda tashkil qilingan birinchi futbol klubi hozirda ham faoliyat ko‘rsatayotgan “Myunxen 1860” bo‘ladi. Bu 1860 yili tashkil qilingan gimnastika klubi bo‘lib, keyinroq, 1899 yilda futbol seksiyasini ochadi. “Bavariya” esa keyinroq, 1900 yilning 27 fevralida, Nemis Futbol Ittifoqi (DFB) tashkil qilinganidan bir oy o‘tib ochilgan. MTV-1879 gimnastika klubi futbol seksiyasi yig‘ilishida gimnastikachilar qaramog‘ida qolish yoki mustaqil hayot kechirish masalasi o‘rtaga qo‘yiladi. Natijada Berlinlik Frans Yon boshchiligida 11 kishi yig‘ilish o‘tayotgan “Gizel” qovoqxonasini tark etadi va Germaniyaning bir qismi bo‘lgan yer - “Bayern” nomi sharafiga futbol klubi tashkil qiladilar. Sobif ittifoq xududida bu nom lotincha nom bilan ataladi - “Bavariya”.

Birinchi prezident etib, Frans Yon tayinlanadi, birinchi sardor, shu bilan birga o‘ynovchi murabbiy Paul Franke bo‘ladi.

“Bavariya” o‘zining birinchi mashg‘ulot uchrashuvini “Birinchi Myunxen” klubi bilan o‘tkazadi va 5:2 hisobida g‘alaba qozonadi.

Ammo Pragada o‘tkazgan birinchi halqaro o‘yinda DFK klubiga 0:8 g‘isobida yutqazib qo‘yadi. Shundan so‘ng a’zolik badalini 3dan 40 markagacha oshirishga qaror qilinadi. Bu klub byudjetiga yaxshi ta’sir qiladi va birinchi legioner – gollandiyalik Villem Xessellink taklif qilinadi, u bir yo‘la murabbiylik ham qiladi. Bu narsa ko‘plab myunxenlikliklarga yoqmaydi. “Myunxen 1860” shaharning eng mashhur klubi bo‘lib qolaveradi.

“Bavariya” Birinchi jahon urushigacha futbol modasi asoschi bo‘lib keladi, jumladan, birinchi bo‘lib angliyalik haqiqiy murabbiy Tomas Teylor olib kelinadi. Germaniya terma jamoasi safida o‘ynagan birinchi “bavariyalik” Maks Gablonski bo‘ladi, keyinchalik unga darvozabon Lyudvig Xofmayster va hujumchi Fris Fyurst qo‘shiladi. Ammo Myunxn tashqarisidagi g‘alabalarni uzoq kutishga to‘g‘ri keldi.

Germaniya chempionati Bundesliga tashkil qilingunga qadar ko‘p bosqichli bo‘lgan. Bavariya klublari avval Bavariya chempionatida g‘olib chiqib, keyin Janubiy Germaniya birinchiligida o‘ynashlri kerak bo‘lgan va shundan so‘ng Umumnemis chempionati chorak finalida qatnashishlari mumkin bo‘lgan.

1924 yil “Bavariya” Gimnastika ittifoqi bilan xayrlashadi – aynan shundan so‘ng hoo‘irgi ko‘rinishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Birinchi yutuqlar (1925-1932)

Klub birinchi yutuqni 1925/26 mavsumda qo‘lga kiritadi. “Bavariya” Janubiy hudud musobaqasida g‘olib chiqadi, ammo Germaniya chempionligi uchun kurashda Leypsigning “Fortuna”siga imkoniyatni boy beradi. Haqiqiy g‘alaba 1932 yil keladi, Germaniya chempionati finalida “Ayntraxt” 2:0 hisobida mag‘lub etiladi. Germani hokimiyatiga milliy-sosialistlar kelganidan so‘ng, “Bavariya” g‘alaba qozonmay qo‘ydi, klub prezidenti Landauer va muraabbiy Rixard Dombi (Vengriyalik yahudiy) Gestapo ta’qibi ostida mamlakatni tark etadi. Birinchi rolga Adolf Gitlerning sevimli jamoasi “Shalke 04” chiqadi.

Oltin davr (1963-1973)

“Bavariya” 1963 yil tashkil topgan Bundesligaga daroov tushib qolmadi. 1963 yil klub prezidenti etib Vilgelm Noydekker saylanadi. Noydekker bosh murabbiylikka bir yil avval “Kyoln”nni chempionlikka olib kelgan yugoslaviyalik Zlatko Chaykovskiyni taklif qiladi. Jamoa kuch yig‘a boshlaydi va tarkibida Zepp Mayer va Frans Bekkenbauer o‘ynay boshlaydi, 1964 yildan “Nordlingen”dan Gerd Myuller keladi.

1963 yil “Bavariya” nihoyat Bundesligaga chiqadi va birinchi mavsumda uchinchi o‘rinni egallaydi hamda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritadi. Bu ularga Kubok egalari kubogida qatnashishga yo‘l ochar edi. Bu yurish ham omadli keldi: 1967 yilning 31 may kuni Nyurnbergda o‘tkazilgan finalda “Bavariya” 70 ming muxlis qarshisida shotlandiyaning “Reynjers” jamoasini mag‘lub etadi. Yagona golni o‘yin tugashiga ikki daqiqa qolganida 21 yoshli Frans Rot kiritadi. Rot 60-yillar “Bavariya”sining afsonasiga aylangan edi.

1974 yil “Bavariya” uchun g‘alabali keldi. Chempionlar kubogi finalida Madridning “Atletiko”si bilan duch keladi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida tugaydi, qo‘shib berilgan yarim soatlikda ispanlar gol uradilar. “Atletko” muxlislari tantanani boshlab yuboorgan vaqtda, final hushtagi chalinishiga 7 sekund qolganda Georg Shvarsenberg uzoq masofadan zarba berib gol uradi va “Bavariya”ni saqlab qoladi. U vaqtdagi reglamentda penaltilar seriyasi bo‘lmagan va ertasi kuni qayta o‘tkazilgan o‘yinda “Bavariya” ispanlarni tor-mor etdi – 4:0.

FK “Gollivud” (1979- 1998)

80-yillar ko‘plab kadr almashtirishlar va moliyaviy muammolar sababli bioz “quruq” kelgan. Bu “Bavariya”ga superklub saviyasida o‘ynashga halaqit bergan. Klub Udo Lattek (1983-87) davrida muvaffaqqiyatli o‘yin ko‘rsatgan. 1982, 1984 va 1986 yillarda Germaniya kubogi, 1980/81, 1984/85, 1985/86, 1986/87, 1988/89, 1989/90 mavsumlarda Germaniya c