Kirish Registrasiya

STD.UZ/BUNYODKOR

Bunyodkor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

AFSONALAR

 Luiz Felipe Skolari

leftTug‘ilgan sanasi: 09.11.1948

Tug‘ilgan joyi: Passo Fundo, Braziliya

Fuqaroligi: Braziliya

Bajargan vazifasi: Bosh murabbiy

“Bunyodkor” FKdagi faoliyati: 2009-2010 yillar

“Bunyodkor” FK bilan erishgan natijalari: O‘zbekiston chempioni (1): 2009

Braziliyalik mashhur murabbiyning “Bunyodkor” futbol klubi bilan keyingi faoliyatini bog‘lashi dunyoning yetakchi OAV vakillarini karaxt ahvolga keltirib qo‘ygandi. Skolari Londonning “Chelsi” klubidagi faoliyatini yakunlab, to‘ppa-to‘g‘ri Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishladi. Uning boshchiligida “qaldirg‘ochlar” faqatgina O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishdi. Shuni ham unutmaslik lozimki, Skolari “Bunyodkor”ni O‘zbekiston kubogi finaliga yetaklab kelganidan so‘ng klubni tark etgandi. Shu boisdan ham 2010 yilgi O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritilishida braziliyalik murabbiyning munosib hissasi bor, deyish mumkin. Skolari “qaldirg‘ochlar”dagi faoliyati mobaynida o‘zbekistonlik murabbiylarga taktik jihatdan qanday bilimlarga ega ekanligini ko‘rsatib berdi. Ayniqsa, “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi poytaxt derbilarida bunyodkorchilarning taktik o‘yini hammani lol qoldirgan.

Artur Antunesh Koimbra Ziko

Tug‘ilgan sanasi: 03.03.1953

Tug‘ilgan joyi: Rio-De-Jeneyro, Braziliya

Fuqaroligi: Braziliya

Bajargan vazifasi: Bosh murabbiy

“Bunyodkor” FKdagi faoliyati: 2008-2009 yillar

“Bunyodkor” FK bilan erishgan natijalari: O‘zbekiston chempioni (1): 2008, O‘zbekiston kubogi sohibi (1): 2008

“Bunyodkor” futbol klubi 2008 yilgi mavsumda juda kuchli o‘yin namoyish etib, qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining yarim finaliga qadar yetib kelgandi. Jamoani final ostonasida Mirjalol Qosimovdan qabul qilib olgan Zikodan juda ko‘p narsa kutilgandi. Biroq braziliyalik mutaxassis debyut o‘yinidayoq turnirni hal qiluvchi bahsiga o‘ta olmasligiga ishora qildi. Biroq Ziko o‘sha mavsum ichki musobaqalarda zafar quchib, “Bunyodkor” tarixidagi ilk “oltin dubl”ni qo‘lga kiritilishida o‘zining beqiyos hissasini qo‘shdi. 2009 yilgi mavsum boshlanishi arafasida braziliyalik mutaxassisga Moskvaning SSKA klubidan taklif tushdi va u Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Mirjalol Qosimov

Tug‘ilgan sanasi: 17.09.1970

Tug‘ilgan joyi: Toshkent, O‘zbekiston

Fuqaroligi: O‘zbekiston

Bajargan vazifasi: Bosh murabbiy

“Bunyodkor” FKdagi faoliyati: 2007-2008 yillar, 2010-2014 yillar

“Bunyodkor” FK bilan erishgan natijalari – O‘zbekiston chempioni (3): 2010, 2011, 2013, O‘zbekiston kubogi sohibi (3): 2010, 2012, 2013, Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalchisi (2): 2008, 2012, O‘zbekistonning 2012 yildagi eng yaxshi murabbiyi

Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor” futbol klubini rivojlantirish yo‘lida qo‘shgan hissalarini qo‘shib hisoblaydigan bo‘lsak, juda katta maqola tayyorlashga to‘g‘ri keladi. Ushbu mutaxassis klub tarixida eng ko‘p faoliyat yuritgan murabbiy bo‘lish bilan bir qatorda, jamoaning eng yosh ustozi hamdir. Shuningdek, Mirjalol Qosimov klub tarixida eng ko‘p sovringa erishgan bosh murabbiylar ro‘yhatida ham peshqadam bo‘lib turibdi. “Bunyodkor” aynan Mirjalol Qo‘shoqovich ustozligida ikki marta qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo Chempionlar ligasi turnirining yarim finaliga qadar yetib borgan.

Vitor Borba Ferreyro Rivaldo

Tug‘ilgan sanasi: 19.04.1972

Tug‘ilgan joyi: Paulista, Braziliya

Fuqaroligi: Braziliya

Ampluasi: Yarim himoyachi

“Bunyodkor” FKdagi faoliyati: 2008-2010 yillar

“Bunyodkor” FK bilan erishgan natijalari: O‘zbekiston chempioni (3): 2008, 2009, 2010, O‘zbekiston kubogi sohibi (2): 2008, 2010, Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalchisi (1): 2008, O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari (1): 2009 yil (20ta gol)

2008-2010 yillar oralig‘ida “Bunyodkor” safida O‘zbekiston chempionatida to‘p tepgan Rivaldo jamoadoshlariga va boshqa klublardagi futbolchilarga haqiqiy master-klass o‘tkazib ketdi. U salkam 40 yoshida ham boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan darajada o‘yin ko‘rsatib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Rivaldoning zargarona jarima zarbalari, to‘p bilan ishlash texnikasi va ajoyib paslari juda ham betakror bo‘lib, braziliyalik futbol afsungarining o‘yinlari muxlislarga rohat bag‘ishlagan. Darvoqe, Rivaldo yarim himoyachi bo‘lishiga qaramasdan 37 yoshida O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan.

Server Jeparov

Tug‘ilgan sanasi: 03.10.1982

Tug‘ilgan joyi: Chirchiq, O‘zbekiston

Fuqaroligi: O‘zbekiston

Ampluasi: Yarim himoyachi

“Bunyodkor” FKdagi faoliyati: 2008-2010 yillar

“Bunyodkor” FK bilan erishgan natijalari: O‘zbekiston chempioni (3): 2008, 2009, 2010, O‘zbekiston kubogi sohibi (2): 2008, 2010, Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalchisi (1): 2008, O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari (1): 2008 (19ta gol), O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi (2): 2008, 2010, Osiyoning eng yaxshi futbolchisi (1): 2008

Aytish mumkin, Server Jeparov “Bunyodkor” futbol klubi tarixidagi eng omadli futbolchidir. U nafaqat jamoaviy, balki shaxsiy ko‘rsatkichlar borasida ham klubimizda faoliyat yuritgan yillarida yuqori natijalarni qayd etdi. Server “Bunyodkor” bilan uch marta O‘zbekiston chempioni, ikki marta O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lishdi. Mohir yarim himoyachi uchun 2008 yilgi yil kutilganidan-da omadli keldi. U shu yili shaxsiy ko‘rsatkichlar borasida O‘zbekistonning eng yaxshi to‘purari bo‘lishdan tashqari, mamlakatimizning hamda o‘zbekistonlik futbolchilar orasida birinchi bo‘lib Osiyoning eng yaxshi futbolchisi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Server Jeparov “Bunyodkor” futbol klubi tarixida qanchadan-qancha rekordlarni qayd etganligi bilan ham alohida ajralib turadi.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bunyodkor 0 0
2 Metallurg 0 0
3 Neftchi 0 0
4 Yunired 0 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 OKMK 3 7
2 Metallurg 3 4
3 Bunyodkor 3 3
4 Qizilqum 3 3

So'nggi uchrashuv

05.04.2024. Superliga . 5-tur.
19:15
Bunyodkor
0-0
Dinamo

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.