Kirish Registrasiya

STD.UZ/BUNYODKOR

Bunyodkor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Superliga-2024: 4-turda yuzaga kelgan 10 ta bahsli vaziyatdan 2 tasida hakamlar xato qaror chiqargan

Joriy yilning 31 mart kuni O‘zbekiston Superligasi 2024 yilgi mavsumi 4-turi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlangach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 4-tur doirasida o‘tkazilgan 7 o‘yinda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: «Dinamo» – «Metallurg» uchrashuvi, penalti.

Turning ochilish bahsi 69-daqiqasida «Dinamo» futbolchisi A. Hojimirzayevning raqib jarima maydonchasi ichida darvoza tomon yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p mehmonlar futbolchisi A. Toshqo‘ziyevning qo‘liga tegib, maydonni tark etgan. Bosh hakam Aziz Asimov dastlab o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan, so‘ngra VAR vaziyatga aralashib, Asimovni monitor yoniga chaqirgan. Takrorlarni ko‘rib chiqqach, hakam 11 metrli nuqtaga ishora qilib, A. Toshqo‘ziyevga 2-sariq kartochka ko‘rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Metallurg» futbolchisining qo‘li darvozaga ketayotgan to‘p yo‘lini o‘zgartirgan. VAR vaziyatga aralashib, to‘g‘ri qilgan hamda penalti to‘g‘ri belgilangan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

2-vaziyat: «Dinamo» – «Metallurg»: ehtimoliy penalti.

Uchrashuvning 65-daqiqasida «Metallurg» jarima maydonchasi ichida mehmonlarning 5-raqamli futbolchisi hamda «Dinamo» a’zosi A. Hojimirzayev o‘rtasida kontakt sodir bo‘lib, hujumchi yiqilgan. Bosh hakam bu vaziyatda qoidabuzarlik yo‘q, deb topib, erkin zarba belgilagan. VAR hakamlari ham hakamning qarorini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda «Metallurg» futbolchisi raqibini oyog‘idan chalgan. Bosh hakam penalti belgilashi kerak edi. Hakamlar jamoasining qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

3-vaziyat: OKMK – «Bunyodkor» bahsi, ehtimoliy qizil kartochka.

Olmaliqdagi bahsning 8-daqiqasida «Bunyodkor»ning 8-raqamli futbolchisi F. Cirjak mezbonlarning 10-raqamli a’zosi X. G‘iyosovga nisbatan qo‘pol o‘yin sodir etib, tirsagi bilan uning yuziga tekkan. Bosh hakam Akobirxo‘ja Shukurullayev bu harakat uchun «Bunyodkor» a’zosiga sariq kartochka ko‘rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bosh hakam «Bunyodkor» futbolchisiga ehtiyotsiz harakat uchun sariq kartochka ko‘rsatib, to‘g‘ri qilgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

4-vaziyat: OKMK – «Bunyodkor»: ehtimoliy fol.

O‘yinning 90+3-daqiqasida mehmonlar burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib bergach, to‘p «Bunyodkor» a’zosi M. Mirahmadovdan maydon tashqarisiga chiqib ketgan. Shu vaziyatda OKMKning 15-raqamli a’zosi O. Rustamov hamda «Bunyodkor»ning 7-raqamli futbolchisi S. Izzatov bir-biri bilan kontaktga kirishib, ikkisi ham jarima maydonchasi ichida yiqilgan. Bosh hakam o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu holatda VAR vaziyatga aralashmay, to‘g‘ri qilgan. Kontakt va qoidabuzarlikni qayd etish uchun kadrlar yetarli emas. O‘yinni davom ettirish kerak edi. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

5-vaziyat: «Andijon» – «Nasaf» bahsi, ehtimoliy penalti.

Vodiydagi ushbu uchrashuvning 90+2-daqiqasida «Nasaf»ning 70-raqamli a’zosi J. Jigauri raqib jarima maydonchasi ichida «Andijon»ning 28-raqamli himoyachisi I. Mamatkazin bilan to‘qnashib, yiqilgan. Vaziyatni yaqin pozisiyadan kuzatib turgan bosh hakam o‘yinni davom ettirish kerakligiga ishora qilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Hujumchi bu holatda o‘zi kontaktga kirishgan va penalti ishlashga harakat qilgan. Hakam vaziyatni yaxshi pozisiyadan kuzatib turgani bois buni darhol ilg‘agan va o‘yinni davom ettirgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

6-vaziyat: «Paxtakor» – «So‘g‘diyona» uchrashuvi, penalti.

Toshkentdagi bahsning 54-daqiqasida «So‘g‘diyona»ning 14-raqamli hujumchisi L. Doriyev raqib jarima maydonchasi ichida «Paxtakor»ning 22-raqamli a’zosi U. Adhamzoda tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatib qolingan. VAR hakamlari bosh hakam Shavkat Nasibullayevni monitor oldiga chaqirgach, hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi hujumchining oyog‘iga zarba bergan. O‘zFHM tomonidan ikki darvoza ortiga qo‘yilgan kameralar bu safar ham muvaffaqiyatli ish berdi: ulardagi kadrlarda oyoqqa berilgan zarba yaqqol ko‘ringan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

7-vaziyat: «Navbahor» – «Surxon» o‘yini, penalti.

Ushbu uchrashuvning 90+3-daqiqasida mezbonlarning 9-raqamli a’zosi O. Hamrobekov raqib jarima maydonchasi ichida qo‘pollik namoyish etib, yiqitildi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov 11 metrli nuqtaga ishora qilib, penalti belgilagan. VAR ham bosh hakamning qarorini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Takroriy lavhalarda ham qo‘pollik aniq ko‘ringan. Penalti belgilanishi kerak edi. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

8-vaziyat: «Olimpik» – «Neftchi» uchrashuvi, ehtimoliy qizil kartochka.

Ushbu bahs taqdirini hal qilgan gol 90+2-daqiqada urilgach, gol nishonlash jarayonida «Neftchi»ning 20-raqamli futbolchisi A. G‘ofurov «Olimpik»ning 15-raqamli a’zosi M. Bazarovning oyog‘iga zarba berib, agressivlik namoyish etgan. VAR hakamlari bosh hakam Ilgiz Tantashevni monitor oldiga chaqirib, bu vaziyatni qayta ko‘rib chiqishini so‘ragan. Bosh hakam takrorlarni ko‘rib chiqqach, sariq kartochka bilan kifoyalanishga qaror qilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakat namoyish etib, raqibini oyog‘idan chalgan. Bu qizil kartochkaga tortadigan holat. Hakam «Neftchi» futbolchisini maydondan chetlatishi kerak edi. Hakamlar jamoasining qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

9-vaziyat: «Olimpik» – «Neftchi»: ehtimoliy penalti.

Shu uchrashuvning 90+12-daqiqasida «Neftchi»ning 8-raqamli futbolchisi K. Karp raqib jarima maydonchasi ichida mezbonlarning 17-raqamli a’zosi J. Sodiqov bilan to‘qnashib, yiqilgan. Bosh hakam buni dastlab to‘p uchun tabiiy kurash sifatida baholab, o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. So‘ngra, VAR bu vaziyatni tekshirib, hakamning qarorini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Yuqoridagi vaziyatlar singari bu yerda ham hujumchi himoyachi bilan o‘zi kontaktga kirishgan. Fol yo‘q, o‘yin to‘g‘ri davom ettirilgan. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

10-vaziyat: «Olimpik» – «Neftchi»: fol, ehtimoliy penalti.

Bahsning 61-daqiqasida «Olimpik» jamoasi burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib bergach, to‘p jarima maydonchasidan uzoqlashtirilgan. Shu jarayonda «Olimpik»ning 23-raqamli a’zosi A. Bo‘riyev hamda mehmonlarning 99-raqamli futbolchisi N. Effiong bir-biri bilan kontaktga kirishib, qo‘l bilan qo‘pol o‘yin sodir etgan. Bosh hakam ikkala futbolchining qo‘polligi uchun fol qayd etgan va «Neftchi» futbolchisining keyingi harakatlari uchun unga sariq kartochka ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, VAR hakamlari bosh hakam Ilgiz Tantashevni ehtimoliy penaltini tekshirish uchun monitor yoniga chaqirgan. Hakam takrorlarni ko‘rib chiqqach, penalti yo‘q, degan qarorga kelgan va sariq kartochkani ham bekor qilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda penalti yo‘q, ikkala futbolchi to‘p uchun tabiiy kurashgan. Biroq, «Neftchi» futbolchisining keyingi harakatlari sportchiga xos bo‘lmagani bois, sariq kartochka bekor qilinmasligi kerak edi. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

Kiritildi: 02.04.2024 15:47. O'qildi: 1515 marta. Fikrlar: 1 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bunyodkor 0 0
2 Metallurg 0 0
3 Neftchi 0 0
4 Yunired 0 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 OKMK 3 7
2 Metallurg 3 4
3 Bunyodkor 3 3
4 Qizilqum 3 3

So'nggi uchrashuv

05.04.2024. Superliga . 5-tur.
19:15
Bunyodkor
0-0
Dinamo

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.