Vitaliy Levchenko: «Bunyodkor»ni yengish ikki hissa yoqimli»
Superligada 23-tur yakunlandi. «Neftchi» jamoasi bu tur o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— Biz «Bunyodkor»ga ochko kerakligini bilar edik. Shu bois, ilk taym juda yopiq o‘yin ko‘rdik. Bizda bitta imkon bo‘ldi, ammo undan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda gol urgach, o‘yin ochilib ketdi. Keyin yana bitta to‘p kiritdik, ammo yakun juda asabiy o‘tdi. Gol o‘tkazgach, bahs so‘nggida natijadan xavotirlandim. Yigitlarga bor kuchini maydonda tashlab ketgani uchun tashakkur bildiraman.
— «Bunyodkor» «Neftchi»ga qadar 5 ta uchrashuvda yutqazmagan edi. Bugun siz Zeytullayevni yengdingizmi?
— Agar ikkinchi davrani olsak, «Bunyodkor» o‘zgardi. Bu bosh murabbiyning mehanti ekanligini aniq. Taktika va strategiya borasida qarash murabbiyga tegishli. Jamoa ikkinchi davrada ochko jamg‘arish borasida yetakchilardan. Ularni yenganimiz ikki xissa yoqimli.
— Nega zaxira o‘rindig‘idan futbolchilarni kech maydonga tashladingiz?
— Bu taktik o‘zgarishlar futboldagi ayyorliklar bilan bog‘liq. Vaqt yakunlayotgan paytda, qo‘shimcha o‘zgarishlar pauzalarni yuzaga keltirar edi.
— «Neftchi» bilan kelasi mavsumda ishlashingiz necha foiz haqiqatga yaqin?
— Barchasi yaratgandan va rahbariyatning qaroriga bog‘liq. Bu masalani hal etadigan odamlarning qo‘lida qolgan. Men o‘z ishimni qilaman. Men mish-mishlarga ishonmayman. Hozir «Neftchi»da ishlayapman. Qachonki, rasmiy xabar bo‘lsa, keyin fikr bildirish mumkin.
— Bu yilgi «Neftchi» o‘tgan yilgisiga o‘xshashi uchun nima yetishmadi?
— Futbolchilar o‘zgarmoqda. Natija hali-xamon turnir jadvalining yuqori qismida turibdi. Agar taqqoslasak, mavsum hali yakunlanmadi. Qolgan 3 ta o‘yinda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ochkolarni jamg‘arish kerak. Hammasi hali oldinda.
— «Neftchi» tarkibida yosh futbolchilarni juda ham kam ko‘ryapmiz?
— Agar qaydnoma haqida gap borsa, ular ro‘yxatda bor. Hech kim asosiy jamoani eshigini yopib qo‘ygani yo‘q. Agar yosh futbolchi asosiy tarkibdagi futbolchi bilan raqobatda yutqazsa, uni majburlab asosiy tarkibga joylashga xojat yo‘q. Bugun yoshlar darajaga javob bermaydi. Yoshlar bilan natija qila olmasam, nega jamoani yoshlarga qoldirdingiz deb savol berishingiz mumkin. Ular o‘sishi uchun tizim va tuzilma kerak.