Kirish Registrasiya

STD.UZ/BUNYODKOR

Bunyodkor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Superliga-2025da kim chempion bo‘ladi? Zeytullayev javob berdi

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.
“Qaldirg‘ochlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

– Bugun har ikki jamoa o‘z xarakteriga namoyish etishga intildi. Bu bilan ikkala klub futbolchilarini tabriklasak bo‘ladi. O‘z jamoam haqida gapiradigan bo‘lsam, “Bunyodkor” 9 yildan buyon Namanganda g‘alaba qozona olmay kelayotgandi. Chunki bu yerda o‘ynash va zafar quchish qiyin. Shunga qaramay, uzoq davom etgan noxush an’anani sindira oldik. Buning uchun shogirdlarimga rahmat aytaman. Juda qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

– O‘yindan ham qoniqdingizmi yoki faqat natijadanmi?
– Bu yaxshi savol. To‘g‘risini aytaman, birinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan to‘liq qoniqdim. Ikkinchi bo‘limdan ham qoniqdim, faqat ozgina. Chunki yanada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Futbolda raqib sizga qanday imkoniyat bersa, shunday o‘yin ko‘rsatasiz. Balki bugun natijani ko‘zlab harakat qilgandirmiz, lekin faqat natijani o‘ylashdan tashqari, chiroyli o‘yin ko‘rsatishga ham harakat qilamiz.

– Birinchi davrada Odil Hamrobekov ko‘plab bahslarda “Bunyodkor”ga yordam bergandi. Uni ketgani jamoaga qanday ta’sir qildi?
– Hamrobekov O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U terma jamoa a’zosi va milliy jamoaning jahon chempionatiga chiqishida o‘z hissasini qo‘shdi. Shunday futbolchilar borki, maydonda ekanligida boshqalar xotirjam bo‘ladi. Hamrobekov shunday o‘yinchi. Lekin bu futbol, u faoliyatini boshqa joyda davom ettirish istagini bildirdi. Biz ham usiz qarab o‘tirganimiz yo‘q. Rasul Yo‘ldoshev, Amir To‘raqulov kabi futbolchilar uning o‘rnini yopishga harakat qilishmoqda. Meni futbol maktabimizdan chiqib kelayotgan yoshlar quvontirmoqda. Ular potensiali yuqori. Ammo tan olish kerak, bizga Hamrobekov yetishmayapti.

– Bugungi uchrashuvda 28-raqamli futbolchingiz (Matiya Krivokapich) 4–5 ta qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi. Uni o‘yini haqida fikringiz qanday? Ikkinchi savol, jamoangiz oldiga hech bo‘lmasa, 3-o‘rinni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilganmi?
– Ikkinchi savoldan boshlayman. Har qanday o‘yinda g‘alaba qozonishni maqsad qilamiz. Biz hatto mashg‘ulotda mini-futbol o‘ynasak ham, yutish uchun o‘ynaymiz. Raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, “Bunyodkor” g‘alaba uchun o‘ynaydi. Lekin bu doim ham o‘xshamasligi mumkin. Albatta, biz ham sovrinli o‘rinlarni xohlaymiz, faqat bugungacha sekin-asta qadam tashlash kerak bo‘ladi. Endi legioner futbolchimiz haqidagi savolga kelsak, Matiyaning holati bizni qoniqtiryapti. To‘g‘ri, u optimal formada emas, ammo harakat qilyapti. U endi-endi jamoaga kirishib ketyapti. Muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa, jamoamizga hali ko‘p foydasi tegadi.

– Sizningcha, qaysi jamoa O‘zbekiston chempioni bo‘ladi?
– Chempionlik uchun kurash uchta klub orasida kechadi: “Nasaf”, “Neftchi” va “Paxtakor”. Shuningdek, ozroq imkoniyat “Dinamo”da ham bor. Menimcha, chempionat finishi juda qizg‘in bo‘ladi. Lekin kim chempion bo‘lishini aytish mushkul.

– Siz Italiyada o‘ynagansiz va ishlagansiz. Fabio Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabatingiz?
– Men Fabio Kannavaroni shaxsan tanimayman. Birga ishlamaganman va shu paytgacha ishini kuzatmaganman. U o‘zidan nimadir qoldirish uchun O‘zbek­istonga keldi. Ishtiyoqi juda baland deb o‘ylayman. U bizni jahon chempionatiga olib boradi va bu o‘rinda bizning vazifamiz unga yordam berish – qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi. Terma jamoamiz kuchli futbolchilardan iborat, mundialda o‘zimizni ko‘rsatishga ishonaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 19.10.2025 07:06. O'qildi: 1269 marta. Fikrlar: 1 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 25 54
3 Paxtakor 25 49
4 Dinamo 24 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 25 40
7 Navbahor 25 37
8 So‘g‘diyona 25 31
9 Qizilqum 25 29
10 Andijon 24 28
11 Qo‘qon-1912 25 26
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 25 24
14 Mash’al 25 23
15 Buxoro 25 21
16 Sho‘rtan 25 12

Elit OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Buxoro 3 6
2 Lokomotiv 3 6
3 Bunyodkor 3 6
4 Namangan FA 3 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 OKMK 3 7
2 Metallurg 3 4
3 Bunyodkor 3 3
4 Qizilqum 3 3

So'nggi uchrashuv

18.10.2025. Superliga . 25-tur.
17:00
Navbahor
0-2
Bunyodkor

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.