Kelib chiqishi
«Chelsi» - London shahri sharafini himoya qiluvchi jamoa. 1905 yilda tashkil etilgan. 1992 yilda tashkil etilgan Angliya premyer-ligasi musobaqasining tashabbuskorlaridan biri. Jamoa to‘rt marta Angliya chempioni bo‘lgan. Bundan tashqari yetti marta Angliya futbol asosiasiyasi kubogida, to‘rt marta Angliya liga kubogida zafar quchgan. Xalqaro maydonda 2012 yilda Yevropa chempionlar ligasida, Kubok egalari kubogida, Yevropa ligasi va UYEFA superkubogida chempion bo‘lgan.
«Chelsi» tashkil etilganining dastlabki 50 yilida muxlislar qalbidan tez joy oldi, lekin sovrinlarni qo‘lga kirita olmadi. Ilk yutug‘i sifatida 1915 yil Angliya kubogining finaliga chiqqanini aytish mumkin. Jumladan, 1911, 1920, 1932, 1950 va 1952 yillarda yarim finalda imkoniyatni boy bergan. 1954/54 yilgi mavsumda jamoani qabul qilib olgan Ted Dreyk «Chelsi» butunlay o‘zgartirib yubordi va jamoaga ilk chempionlikni olib keldi. Jamoa Angliya chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U jamoani qabul qilib olganida shunday degan edi: «Stemford Brij»ga juda ko‘p odamlar «Chelsi»ni qo‘llab-quvvatlash uchun emas, futbol tomosha qilish uchun kelishadi. Ortda qolgan yillar davomida futbolchilar estrada artistlaridanham mashhur bo‘lishdan charchashdi. Odamlar «Chelsi» bilan yeyishi, «Chelsi» bilan ichishi va «Chelsi» bilan yotishi kerak».
Dreyk jamoa tuzilishi bilan unga berilgan laqab «pensioner»ni olib tashladi. Klub ramzidan ham «pensioner» rasmi olindi. Uning qo‘l ostida jamoa birinchi marta yevrokuboklarda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi. «Chelsi»ning Yevropa chempionlar kubogida qatnashishiga esa Angliya futbol ittifoqi ruxsat bermadi. Sabab qilib Angliya chempionatidagi grafik tig‘izligi keltirildi.
1960 yilga kelib jamoani Tommi Doxert qabulqilib oldi va u «Chelsi»ga yoshlarni jalb etdi. 10 yil davomida juda ko‘p yarim finallarda imkoniyatni boy berdi. 1970 yilga kelib Angliya futbol assosiasiyasi kubogida zafar quchgan «Chelsi» xalqaro maydondagi ilk g‘alabasi tantana qildi. Jamoa Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritdi. Afinadagi finalda «Real Madrid» mag‘lub etildi. 70-yillar oxiri 80-yillar boshida jamoa iqtisodiy muammolarni boshdan kechirdi. «Stemford Brij»ni 60 000 muxlisga mo‘ljallab katta qilmoqchi bo‘lgan jamoa byudjeti 1.3 million funt zarar ko‘rdi. Qarzlar ham haddan tashqari oshib ketdi. Jamoa yetakchilarni sotishga majbur bo‘ldi va natijada «Chelsi» ikkinchi divizionga tushib ketdi. Jamoa 1982 yilga kelib bankrot ostonasiga kelib qoldi va Ken Beys nomli tadbirkor «Chelsi»ni BIR FUNTga sotib oldi. Rahbarlar stadionni ham qurilish kompaniyasiga sotib yuborishdi. Natijada «Chelsi» stadionidan ayrildi. Majburan futbolchilar «Fulhem» hamda «KPR»stadionlarida shug‘ullanishdi. 1982/83 yilgi mavsum jamoa uchun omadli keldi. Ko‘pchilik tomonidan uchinchi divizionga tushib ketishi kutilgan jamoa oxirgi turda durang o‘ynadi va ikkinchi divizionda qoldi. Buni fantastik natija sifatida qabul qilishdi. 1983 yilda jamoaga Jon Nil bosh murabbiy bo‘ldi. U kam pul evaziga juda yaxshi tarkibni shakllantirdi va jamoa ikkinchi divizionda g‘alaba qozonib, premyer ligaga yo‘l oldi. «Chelsi» 1988 yilda ham ikkinchi divizionga tushib ketdi va o‘sha mavsumdayoq chempion bo‘lib, premyer ligaga qaytdi.
1992 yilga kelib, Ken Beyntsning harakatlari bilan «Chelsi» o‘z stadioni «Stemford Brij»ni qaytarib oldi. Ularning baxtiga stadionni sotib olgan qurilish kompaniyasining o‘zi bankrot bo‘ldi.
1993 yilda jamoani Glenn Xoddl qabul qilib oldi. Murabbiyqo‘l ostida jamoa o‘yini sezilarni tarzda o‘sdi. «Chelsi» 1994 yilda Angliya kubogining finaligacha bordi. Jamoa iqtisodiy tomondan ham ancha o‘zini tiklab oldi. «Milan»ning afsonaviy yulduzi Rud Gullit ham «Chelsi»ga kelib qo‘shildi. Bir mavsum ichida Gullit muxlislar qalbidan shu darajada joy oldiki, uni «Chelsi» tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb atay boshlashdi. 1996 yilda Glenn Xoddl Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgach Gullit o‘ynovchi murabbiy bo‘ldi. Italiya futbolini yaxshi bilgan Gullit jamoaga italiyalik futbolchilarni olib keldi. Birin-ketin Janluka Vialli, Roberto Di Matteo va Janfranko Zolalar «Chelsi»ga kelishdi. 1997 yilda jamoa 26 yillik tanaffusdan keyin «Chelsi» ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Angliya kubogi finalida jamoa «Midlsbro»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 1998 yilga kelib Gullit jamoadan ketdi. Uning o‘rnini Janluka Vialli egalladi. Vialli murabbiyligida «Chelsi» Angliya futbol assosiasiyasi kubogida va UYEFA kubok egalari kubogida g‘alaba qozondi. Lekin jamoaning ichki muhitida hammasi joyida emasdi. Vialli hamda futbolchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi. Uning transferlari ham o‘z so‘zini ayta olmadi. Jamoa tarkibi qariya futbolchilar bilan to‘liq ketdi va «Chelsi»ga yangi murabbiy, yangi qon kerak edi. Shu maqsadda bosh murabiy etib yana bir italiyalik Klaudio Ranyeri tayinlandi. Bungacha murabbiy «Fiorentino» hamda «Valensiya»da yaxshi faoliyat olib borgan edi. Ranyeri qo‘l ostidagi birinchi mavsumda «Chelsi» UYEFA kubogiga yo‘llanma oldi. 2003/2004 yilgi mavsumda «Chelsi» premyer ligada ikkinchi o‘rinni egalladi va chempionlar ligasiga qaytdi. Shunga qaramay jamoadagi to‘rtinchi mavsumdan keyin Klaudio Ranyeri o‘z vazifasidan ozod qilindi.
2003 yilning 2 iyunida Ken Beynts «Chelsi»ni Roman Abramovichga 140 million funtga sotdi. 110 million funtga futbolchilar sotib olindi, lekin Ranyeri hech nima yuta olmadi, shuning uchun o‘rniga Joze Mourinyo bosh murabiy etib tayinlandi. Mourinyo klub tarixidagi eng yaxshi murabbiy bo‘lib tarixdan joy oldi. Uning qo‘l ostida «Chelsi» ikki marta qatorasiga Angliya chempioni bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin chempionlikni himoya qilgan beshinchi jamoa ham aynan «Chelsi» bo‘ldi. 2007 yilda «Chelsi» Norvegiyaning «Rusenburg» jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va o‘sha o‘yindan keyin jamoa Mourinyo bilan xayrlashdi. O‘sha o‘yindan keyin Mourinyo shunday degan edi: «Albatta, natijadan qoniqmadim. Biz yomon o‘ynadik. Yigirmata imkoniyatdan bitta gol urdik. Menimcha, ikkita gol urishimiz uchun qirqta, uchta gol urishimiz uchun oltmishta imkoniyatga ega bo‘lishimiz kerak».
Mourinyo ketgach uning o‘rnini isroillik Avram Grant egalladi. Grant jamoada sport direktori bo‘lib ishlagan va Isroil terma jamoasidan ketgan edi. Grant jamoani yuqori darajada ushlab tura oldi. 2008 yilda jamoa premyer ligada ikkinchi o‘rinni egalladi va o‘sha mavsuma chempionlar ligasining finaligacha yetib bordi. Moskvadagi finalda jamoa «MYu»ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Finaldagi mag‘lubiyatdan keyinoq Grant iste’foga chiqarildi.
2008 yilning 12 iyunida «Chelsi» bosh murabbiyi etib Luis Filipe Skolari tayinlandi. Braziliya bilan jahon chempioni bo‘lgan murabbiy ham ko‘p qolmadi. 2009 yilning fevralida uni ham iste’foga chiqarishdi. Jamoa Angliya chempionatida to‘rtinchi o‘rinda borayotgan edi. Mavsumning ikkinchi qismida jamoani Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Gus Xiddink terma jamoani ishidan kechmagan holda qabul qilib oldi. Uning qo‘l ostida «Chelsi»Angliya futbol assosiasiyasi kubogida chempion bo‘ldi. 2009 yil 1 iyunida esa Xiddink jamoadan ketdi. Futbolchilar uning ketishini ko‘z yosh bilan qarshi olishdi. Uning o‘rnini Karlo Anchelotti egalladi. Karlo Anchelotti qo‘l ostida «Chelsi» 2009/2010 yilgi mavsumda oltin dublni qayd etdi. Jamoa Angliya premyer ligasi hamda Angliya kubogida g‘alaba qozondi. 1963 yildan buyon ilk marta chempionatda yuztadan ko‘p gol urdi. Keyingi yil esa hech nima yuta olmagan Anchelottining ham pattasi qo‘liga tutqazildi.
2011 yilning 22 iyunida jamoani Andre-Villash Boash qabul qilib oldi. Uning «Portu» bilan shatnomasini bekor qilishi uchun «Chelsi» 15 million yevro to‘ladi. Jamoa AVB bilan yaxshi o‘ynay olmadi va ichki nizolar sabab u ishdan olindi va o‘rnini yordamchisi Roberti Di Matteo egalladi. Uning qo‘l ostida jamoa aql bovar qilmas o‘yinlarni ko‘rsatdi. «Chelsi» Angliya kubogi hamda o‘z tarixida birinchi marta UYEFA chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Finalda «Bavariya» mag‘lub etildi. Lekin Di Matteo ham ko‘p ushlanib qolmadi. Kelasi mavsumda chempionlar ligasida «Yuventus»dan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyatdan keyin Di Matteonining o‘rnini Rafael Benites egalladi. U bilan jamoa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi, lekin mavsum oxirida Benites ham ketdi. 2013 yilning 3 iyunida «Chelsi» Joze Mourinyoni bosh murabbiy etib tayinladi. «Chelsi» bu mavsumda premyer ligada uchinchi o‘rinni egalladi.
------------------------------
Bugun futbol olamida Londonning «Chelsi» klubi o‘z o‘rniga ega. Ammo bu darajaga erishishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. O‘z vaqtida quyi divizionlarda to‘p surgan klub uzoq va mashaqqatli mehnat evaziga bugungi holatiga yetib keldi. Sahifamizda jamoaning ana shu shonli tarixiga to‘xtalib o‘tamiz.
«CHELSI»NING NOMI VA STADION TARIXI
Jamoa 1905 yilda juda qiziq tarzda vujudga kelgan. «Stemford Bridj» stadioni esa 1877 yilda ochiladi va birinchi yildanoq London sport klubi tasarrufiga o‘tadi. Biroq 1904 yilda Londonda ko‘chmas mulk bilan savdo qiluvchi Gas Mirs London klubiga stadionni eng yaxshi sport arenasiga aylantirmoqchi bo‘ladi. Bu vaqtda Angliyaning «Fulxem»i maydon uchun asosiy da’vogarlardan biri edi, biroq stadion uchun talab qilingan ijara haqi jamoa rahbariyatiga ma’qul bo‘lmaydi va klub «Kreyven Kottej» stadionini tanlaydi. Oqibatda Mirs G‘arbiy temir yo‘l kompaniyasiga stadionni barcha jihozlari bilan sotib olishni taklif etadi. Lekin Mirsning do‘sti Frederik Parker uni stadionni sotmaslikka, aksincha, endigina tashkil etilayotgan jamoasining maydoniga aylantirishga ko‘ndirgan.
Bo‘lajak jamoaning nomi ham uzoq muhokamalarga sabab bo‘lgan. Dastlab «FK Kensington» va «FK Stemford Brij» nomlari taklif etilgan. Biroq Parker taklif etgan variant hammaga ma’qul kelib, yangi klub «Chelsi» deya atala boshlangan. 1905 yilda esa Londonda yangi klub — «Chelsi» rasman tashkil topgan.
DASTLABKI QADAMLAR
Klub asoschisi Mirs va do‘sti Parker Angliya Futbol Ligasiga a’zo bo‘lishdi. O‘z navbatida «Chelsi» 1905 yilning 1 iyunida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra Futbol Ligasining ikkinchi divizioniga qabul qilindi.
Dastlabki ikkita o‘yinni «Chelsi» Liga debyutantlariga qarshi o‘tkazdi. 1905 yilning 2 sentyabrida klub mehmonda kechgan matchda «Stokport Kaunti»ga imkoniyatni boy berdi (1: 0). Birinchi uy uchrashuvida, qolaversa, dastlabki rasmiy o‘yinda «Chelsi» yirik g‘alabaga erishdi, «Xall Siti» 5:1 hisobida taslim etildi. Keyingi o‘yinlarda futbolchilar 6 bor maydonni mag‘lub holda tark etishdi. Shunday bo‘lsa-da, jamoa Ikkinchi Ligada uchinchi o‘rinni egallab, Birinchi Ligaga yo‘l oldi.
QAYG‘U va QUVONCh YONMA-YON
1912 yilning fevralida, jamoa ikkinchi Diviziondan chiqish uchun harakat qilayotgan bir paytda, jamoa asoschisi Gas Mirs 37 yoshida bevaqt olamdan o‘tdi. Shu mavsumda «Chelsi» ilk bor Angliya Kubogi yarim finaliga chiqdi, bu yo‘lda «Nyukasl» 3: 0 hisobida taslim etildi.
Jamoaning beshinchi murabbiyi — Angliya terma jamoasi va «Arsenal» klubining sobiq hujumchisi Ted Dreyk davrida «Chelsi» o‘z tarixidagi eng yaxshi g‘alabalarini qo‘lga kiritdi. 1955 yilda «Chelsi» Angliya chempioni bo‘ldi. Futbol Ligasi «Chelsi»ning Yevropa Chempionlar kubogida ishtirok etish borasidagi so‘roviga rad javobini berdi. Bu esa jamoaning keyingi mavsumda omadsiz o‘yin ko‘rsatishiga sababchi bo‘ldi. Keyingi yili «Chelsi» 1-o‘rindan birdaniga 16-o‘ringa tushib qoldi. 1962 yilda esa jamoa o‘z tarixida uchinchi bor Birinchi Divizionga tushib ketdi.
BEQAROR MAVSUMLAR
Klub keyinchalik ancha omadsizliklarni boshdan kechirdi. Oqibatda rahbariyat Dreykning ham jamoadan ketish vaqti bo‘lganini tushunib yetdi. Dreykning kursisini esa Shotlandiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Tommi Dokerti egalladi. Dokerti boshqaruvida o‘tgan 1962 — 1967 yillarda «Chelsi» kuchaydi. Birinchi yildanoq klub Ikkinchi Divizionning vise-chempioni bo‘ldi (birinchi o‘rinni «Stok Siti» qo‘lga kiritdi), keyingi yil esa Birinchi Divizionda 9-o‘rindan pastga tushmadi.
Dokerti davrida «Chelsi» ikki bor, ya’ni 1965 va 1966 yillarda Angliya Kubogi yarim finali ishtirokchisiga aylandi, keyingi yil esa finalga chiqdi. Ammo mukofotlar kolleksiyasi to‘lmay qoldi, finalda «Chelsi» «Tottenxem»ga 2: 1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
MAG‘LUBLAR: «REAL», «MANCHESTER SITI»
Dokertidan keyin klub boshqaruvini Deyv Sekston o‘z qo‘liga oldi. Jamoaning omadli o‘yinlari esa davom etdi. Kubokning qo‘lga kiritilishi bu zafarli yurishlarning kulminasiyasi bo‘ldi. 1969-1970 yillarda klub uchinchi o‘rinni egalladi va Kubok finaliga chiqdi. Finalda esa ularni mavsumda 2-o‘rinni egallagan o‘sha paytlardagi buyuk «Lids» klubi kutib turardi. Yorkshirliklar bu o‘yinda favorit sanalishardi. «Lids» o‘yinchisi Jek Charlton hisobni ochganida esa bu fikr yana bir bor isbotini topdi. Tanaffus arafasida esa «Chelsi» futbolchisi Piter Xausmen hisobni tenglashtirdi. Keyinchalik omad London klubiga kulib boqdi va ular Angliya Kubogidagi birinchi g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi.
Bu g‘alaba «Chelsi»ga kuch bag‘ishladi, jamoa o‘z tarixida ilk bor Kubok ishtirokchisiga aylandi. Jamoa «Aris» (Saloniki), «SSKA» (Sofiya) va «Bryugge» klublarini yengib, yarim finalga chiqdi. Bu bosqichda esa «Chelsi»ni o‘tgan yilgi turnir g‘olibi «Manchester Siti» kutib turardi. Biroq London jamoasini «Manchester Siti» ham to‘xtatolmadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2: 0 hisobida ustun kelgan Deyv Sekston shogirdlari finalda jiddiy raqib — Madridning «Real» jamoasi bilan to‘qnash kelishdi. Afinada o‘tgan final matchida dastlab Piter Osgud hisobni ochdi. Ammo o‘yin yakunlanishiga oz muddat qolganda «Chelsi» o‘yinchisi Jon Dempsining xatosidan foydalangan «Real» hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha daqiqalarda hisob o‘zgarmagach, ikkinchi o‘yinni ham o‘tkazishga majbur bo‘lishdi. Ikki kundan keyin o‘tkazilgan o‘yinda esa Jon Dempsi o‘tgan o‘yindagi xatosini yuvib, 32-daqiqada hisobni ochadi. Osgud esa jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qiladi. O‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganda esa Madrid klubi hisobni qisqartiradi. Lekin, baribir, g‘oliblik «Chelsi»ga nasib qiladi va ingliz jamoasi bu kubokni qo‘lga kiritgan to‘rtinchi Angliya jamoasi sifatida tarixga kiradi. Sekston 1974 yilda jamoa bilan xayrlashadi, oradan bir yil o‘tib esa «Chelsi» Birinchi Divizionni tark etadi.
YANGI TARIX: UCh OG‘AYNI BOTIRLAR
1974-1993 yillar oralig‘ida klubda 9 nafar turli murabbiylar ishlashdi. Ular orasida Jon Nil (1981 — 85) eng uzoq ishlagan mutaxassis hisoblanadi. Dastlab «Chelsi» Ikkinchi Divizionda zo‘rg‘a jon saqlagan, uni uchinchi diviziondan atigi ikki ochko ajratib turardi. Lekin keyingi yili klub Ikkinchi divizionda birinchi o‘rinni egalladi (birinchi marta). Nil keyinchalik jamoa direktoriga aylandi, bosh murabbiy lavozimi esa avval Jon Xollins, keyin esa Bobbi Kempbelga ishonib topshirildi. Shuningdek, «Chelsi»ni Ian Porterfild, Devid Uebb va Glenn Xoddllar boshqarishdi va aynan ana shu mutaxassis boshchiligida jamoa yangi tarix yaratishga kirishdi. Yangi prezident Ken Beyts Xoddl yordamida jamoani tamomila o‘zgartirdi, yangi o‘yinchilar xarid qilindi. Ana shunday futbolchilardan biri gollandiyalik yulduz Ruud Gullit edi. 1996 yilda Xoddl terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu vaqtda esa «Chelsi» chempionatning kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Xoddl davrida, aniqrog‘i, 1994 yilda «Chelsi» Angliya Kubogi finalida «MYu»ni yirik — 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Xoddl o‘z postini Gullitga topshirib ketdi. Bu vaqtda klub tarkibi uch nafar italiyalik buyuk futbolchi: Vialli, Dzola va Di Matteo bilan boyitildi. 1997 yilda jamoa o‘z tarixida ikkinchi bor Angliya Kubogini egalladi, finalda «Middlsbro» 2: 0 hisobida taslim etildi. O‘sha o‘yinda Di Matteo va Eddi Nyuton qahramonlarga aylanishdi. 1998 yilning fevralida klub Liga Kubogiga yetib borganida esa Gullit lavozimidan bo‘shatildi, uning o‘rnini Janluka Vialli egalladi. Finalda «Chelsi» «Middlsbro»ni Angliya kubogida bo‘lgani kabi 2: 0 hisobida taslim etdi. Bu esa klubga Kubok egalari kubogida qatnashish imkonini berdi. Mazkur musobaqa finalida esa «Chelsi» Stokgolmda «Shtutgart» bilan ro‘baro‘ bo‘ldi va Janfranko Zolaning goli evaziga Yevropa kubogi sohibiga aylandi. Keyingi zafar Yevropa superkubogida qo‘lga kiritildi, Gustavo Poyet o‘z goli bilan «Real»ni sovrindan mahrum etdi.
G‘ALABALAR DAVOM ETADI
1998-1999 yilgi mavsumni uchinchi o‘rinda yakunlagan «Chelsi» Chempionlar Ligasi ishtirokchisiga aylandi. Guruhdan chiqishni uddalagan jamoa chorak finalda qoqildi. Kataloniyaning «Barselona»si London jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi.
1999-2000 yillardagi mavsumda Angliya kubogida «Chelsi» aql bovar qilmas g‘alabaga erishdi. «Stemford Brij»da «Manchester Yunayted» yirik hisobda taslim etildi (5:0 — Poyetning dubli, Morris va Sattonning gollari, Berganing avtogoli). Yarim finalda esa Nyukasl, keyinchalik «Uembli»dagi finalda «Aston Villa» (Di Matteoning goli evaziga) taslim etildi. «Chelsi» yana bir sovrinini qo‘lga kiritdi.
Bu «Chelsi»ning yaqin yillargacha bo‘lgan tarixi edi. O‘ylaymizki, millionlar o‘yini va, ayniqsa, «Chelsi»ning ashaddiy ishqibozlari klubning 2000 yildan keyingi faoliyati bilan tanish. Yana ishonamizki, ushbu jamoa buyuk tarix yaratishda davom etadi.
Jamoaning eng yaxshi futbolchilari. Yillar bo‘yicha
1967. Piter Bonetti
1968. Charli Kuk
1969. Devid Uebb
1970. Jon Xollins
1971. Devid Uebb
1972. Jon Xollins
1973.Piter Osgud
1974.Gari Lok
1975.Charli Kuk
1976.Rey Uilkins
1977.Rey Uilkins
1978.Miki Droy
1979.Tommi Lengli
1980.Klayv Uoker
1981. (1945—1991) Peter Borota
1982. Mayk Filleri
1983. Joi Jons
1984. Pet Nevin
1985. Devid Spidi
1986. Eddi Nedzveski
1987. Pet Nevin
1988. Toni Dorigo
1989. Grem Roberts
1990. Ken Monkou
1991. Endi Taunsend
1992. Pol Elliott
1993. Frenk Sinkler
1994. Stiv Klark
1995. Erland Yonsen
1996. Ruud Gullit
1997. Mark Xyuz
1998. Dennis Uayz
1999. Janfranko Dzola
2000. Dennis Uayz
2001. Jon Terri
2002. Karlo Kudichini
2003. Janfranko Dzola
2004. Frenk Lempard
2005. Frenk Lempard
2006. Jon Terri
2007. Maykl Essyen
2008. Jo Koul
2009. Frenk Lempard
2010. Didye Drogba
2011. Petr Chex
2012. Xuan Mata
2013. Xuan Mata
2014. Eden Azar
Klub prezidentlari
1905—1935. Klod Kirbi
1935—1936. Charlz Pratt
1936—1940. Charlz Krisp
1940—1966. Jo Mirs
1966—1968. Charlz Pratt ml.
1968—1969. Len Uitli
1969—1981. Brayan Mirs
1981—1982. Charlz Kadogan
1982—2004. Ken Beyts
2004—... Bryus Bak
Murabbiylar
Ted Dreyk. 1952—1961
Tommi Doxerti. 1962—1967
Deyv Sekston.1967—1974
Jon Nil. 1981—1985
Jon Xollins. 1985—1988
Bobbi Kempbell. 1988—1991
Ruud Gullit. 1996—1998
Janluka Vialli. 1998—2000
Joze Mourino. 2004—2007, 2013- ...
Gus Xiddink. 2009
Karlo Anchelotti. 2009—2011
Roberto Di Matteo. 2012
Rafael Benites 2012-2013.
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Liverpul | 29 | 70 |
2 | Arsenal | 29 | 58 |
3 | Nottingem Forest | 29 | 54 |
4 | Chelsi | 29 | 49 |
5 | Manchester Siti | 29 | 48 |
6 | Nyukasl | 28 | 47 |
7 | Brayton | 29 | 47 |
8 | Fulhem | 29 | 45 |
9 | Aston Villa | 29 | 45 |
10 | Bornmut | 29 | 44 |
11 | Brentford | 29 | 41 |
12 | Kristal Pelas | 28 | 39 |
13 | Man. Yunayted | 29 | 37 |
14 | Tottenhem | 29 | 34 |
15 | Everton | 29 | 34 |
16 | Vest Xem | 29 | 34 |
17 | Vulverhempton | 29 | 26 |
18 | Ipsvich | 29 | 17 |
19 | Lester | 29 | 17 |
20 | Sautgempton | 29 | 9 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Barselona | 10 | 25 |
2 | Bavariya | 12 | 25 |
3 | Inter | 10 | 25 |
4 | Liverpul | 10 | 24 |
5 | Real Madrid | 12 | 24 |
6 | Arsenal | 10 | 23 |
7 | Borussiya D | 12 | 23 |
8 | PSJ | 12 | 22 |
9 | Aston Villa | 10 | 22 |
10 | Atletiko | 9 | 18 |
11 | PSV | 12 | 18 |
12 | Lill | 10 | 17 |
13 | Benfika | 12 | 17 |
14 | Feyenoord | 12 | 17 |
15 | Bryugge | 12 | 17 |
16 | Bayer | 10 | 16 |
17 | Milan | 10 | 16 |
18 | Atalanta | 10 | 15 |
19 | Yuventus | 10 | 15 |
20 | Monako | 10 | 14 |
21 | Seltik | 10 | 13 |
22 | Brest | 10 | 13 |
23 | Sporting | 10 | 12 |
24 | Manchester Siti | 10 | 11 |
25 | Dinamo Zagreb | 8 | 11 |
26 | Shtutgart | 8 | 10 |
27 | Shaxtyor | 8 | 7 |
28 | Bolonya | 8 | 6 |
29 | Srvena Zvezda | 8 | 6 |
30 | Shturm | 8 | 6 |
31 | Sparta | 8 | 4 |
32 | RB Leypsig | 8 | 3 |
33 | Jirona | 8 | 3 |
34 | Zalsburg | 8 | 3 |
35 | Slovan | 7 | 0 |
36 | Yang Boyz | 8 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
Nimchorak final | |||
---|---|---|---|
09.02.2021 | |||
22:30 | Byornli |
|
Bornmut |
10.02.2021 | |||
00:30 | Man. Yunayted |
|
Vest Xem |
22:30 | Suonsi Siti |
|
Manchester Siti |
11.02.2021 | |||
00:30 | Lester |
|
Brayton |
00:30 | Sheffild Yunayted |
|
Bristol Siti |
01:15 | Everton |
|
Tottenhem |
22:30 | Vulverhempton |
|
Sautgempton |
12.02.2021 | |||
01:00 | Barnsli |
|
Chelsi |
Chorak final | |||
20.03.2021 | |||
17:15 | Bornmut |
|
Sautgempton |
22:30 | Everton |
|
Manchester Siti |
21.03.2021 | |||
18:30 | Chelsi |
|
Sheffild Yunayted |
22:00 | Lester |
|
Man. Yunayted |
Yarim final | |||
17.04.2021 | |||
21:30 | Chelsi |
|
Manchester Siti |
18.04.2021 | |||
22:30 | Lester |
|
Sautgempton |
Final | |||
15.05.2021 | |||
21:30 | Chelsi |
|
Lester |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Barselona | 5 | 12 |
2 | Bavariya | 5 | 10 |
3 | Benfika | 3 | 9 |
4 | Tottenhem | 5 | 8 |
5 | Atletiko | 3 | 7 |
6 | Arsenal | 4 | 7 |
7 | Man. Yunayted | 3 | 7 |
8 | Real Madrid | 6 | 5 |
9 | Chelsi | 1 | 3 |
10 | Fiorentina | 3 | 3 |
11 | Inter | 3 | 2 |
12 | Roma | 1 | 1 |
13 | Yuventus | 3 | 1 |
14 | Milan | 3 | 1 |
15 | Gvadalaxara | 3 | 1 |
16 | Vissel Kobe | 1 | 0 |
17 | Napoli | 2 | 0 |
18 | Fenerbaxche | 2 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Liverpul | 1 | 1 |
2 | Manchester Siti | 1 | 1 |
Chorak final | |||
---|---|---|---|
22.12.2020 | |||
22:30 | Brentford |
|
Nyukasl |
23.12.2020 | |||
01:00 | Arsenal |
|
Manchester Siti |
22:30 | Stok Siti |
|
Tottenhem |
24.12.2020 | |||
01:00 | Everton |
|
Man. Yunayted |
Yarim final | |||
06.01.2021 | |||
00:45 | Tottenhem |
|
Brentford |
07.01.2021 | |||
00:45 | Man. Yunayted |
|
Manchester Siti |
Final | |||
25.04.2021 | |||
20:30 | Manchester Siti |
|
Tottenhem |
16.03.2025. APL . 29-tur. | |||
18:30 | ![]() Arsenal |
1-0 | ![]() Chelsi |
04.04.2025. APL . 30-tur. | |||
00:00 | ![]() Chelsi |
-:- | ![]() Tottenhem |
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|