EVRO-2016

EVRO-2016

Fransiya. 10 iyun — 10 iyul

Stadion.uz

O'tgan uchrashuvlar

Final
10.07.2016
23:59 Portugaliya 1-0 Fransiya
Yarim final
07.07.2016
23:59 Germaniya 0-2 Fransiya
06.07.2016
23:59 Portugaliya 2-0 Uels
Chorak final
03.07.2016
23:59 Fransiya 5-2 Islandiya
02.07.2016
23:59 Germaniya 1-1 Italiya
30.06.2016
23:59 Polsha 1-1 Portugaliya
Nimchorak final
27.06.2016
23:59 Angliya 1-2 Islandiya
21:00 Italiya 2-0 Ispaniya
26.06.2016
21:00 Germaniya 3-0 Slovakiya
18:00 Fransiya 2-1 Irlandiya

To'purarlar

№ ISM-SHARIFI JAMOA GOL
1 Antuan Grizmann Fransiya 6
2 Luish Nani Portugaliya 3
3 Dimitri Payet Fransiya 3
4 Alvaro Morata Ispaniya 3
5 Krishtianu Ronaldu Portugaliya 3
6 Olivye Jiru Fransiya 3
7 Garet Beyl Uels 3
8 Grasiano Pelle Italiya 2
9 Birkir Byarnason Islandiya 2
10 Ivan Perishich Xorvatiya 2
to'liq jadval »

EVRO-2016 REGLAMENTI VA SOVRINLARI

EVRO-2016 REGLAMENTIDAN KO‘CHIRMA

Fransiya mezbonlik qiladigan Yevropa chempionati-2016 reglamentning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

UMUMIY QOIDALAR:
1. Har bir o‘yin 90 daqiqadan iborat bo‘ladi. O‘yin har biri 45 daqiqadan iborat 2 ta bo‘lim va 15 daqiqalik tanaffusdan iborat bo‘ladi. Pley-off o‘yinlarining asosiy vaqti durang bilan tugasa, har biri 15 daqiqadan iborat 2 ta qo‘shimcha taym belgilanadi.

2. Har bir jamoa 23 nafardan iborat yakuniy ro‘yxatni musobaqada ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ulardan 3 nafari darvozabonlar bo‘lishi shart. Reglamentga ko‘ra, futbolchilarning liboslaridagi raqamlar 1 dan 23 gacha bo‘lishi shart. 1-raqam esa darvozabonlardan biriga berilishi shart.

3. O‘yin qaydnomasiga 11 nafar asosiy tarkib va 12 nafar zaxira tarkib futbolchilari kiritiladi va o‘yin davomida murabbiy yana 3 nafar o‘yinchini maydonga tushirishi mumkin. O‘yin qaydnomasi uchrashuv boshlanishiga 75 daqiqa qolganida to‘ldiriladi.

MUSOBAQA FORMATI:
4. YEVRO-2016da jami 24ta jamoa ishtirok etadi. Ular qur’a natijasida 6ta guruhga (“A”dan “F”gacha) bo‘linishgan;

5. Jamoalar guruh bosqichida bir-biri bilan o‘zaro bir martadan o‘ynab chiqishadi. Har bir o‘yinda: g‘olib jamoaga 3 ochko, durang uchun har bir jamoaga 1 ochkodan beriladi, mag‘lubiyat uchun ochko berilmaydi.

6. Jamoalarning guruhdagi o‘rinlari quyidagi tamoyillar asosida aniqlanadi:
A) o‘zaro o‘yinlarda ko‘p ochko to‘plagan jamoa;
B) o‘zaro o‘yinlarda yaxshi to‘plar nisbatiga ega bo‘lgan jamoa;
S) o‘zaro o‘yinlarda ko‘p gol urgan jamoa;
D) ushbu 3ta tamoyil qo‘llanilganidan keyin ikkita jamoaning ko‘rsatkichi teng bo‘lib turgan bo‘lsa, mazkur tamoyillar faqat ushbu ikki jamoaga nisbatan qo‘llaniladi. Shunda ham o‘rinlarni aniqlashning imkoni bo‘lmasa:
E) guruhning barcha o‘yinlarida eng yaxshi to‘plar farqiga ega bo‘lgan jamoa;
F) guruhning barcha o‘yinlarida ko‘p golurgan jamoa.
G) Yuqoridagi tamoyillarni qo‘llagandan keyin ham faqat ikki jamoaning natijalari bir xil bo‘lsa va bu jamoalar guruhning so‘nggi turida o‘zaro to‘qnash kelishgan bo‘lsa, bu jamoalar o‘yindan keyin penaltilar seriyasida ishtirok etishadi (2tadan ortiq jamoaning ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lsa, penalti tepilmaydi).
H) Fair Play qoidasi hisob-kitob qilinadi (ogohlantirish — 1 ball; ikkinchi sariq kartochka — 3 ball; to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka — 3 ball, sariq kartochka ketidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka — 4 ball).
I) UYEFAning koefisiyentlar jadvalida terma jamoaning o‘rni.

7. Har bir guruhning so‘nggi tur o‘yinlari bir vaqtda boshlanishi shart.

8. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. Shuningdek, 3-o‘rinni egallagan jamoalar orasidan 4ta jamoa ham pley-off yo‘llanmasi beriladi. Guruhlardagi 3-o‘rinni egallagan terma jamoalar reytingi quyidagicha tuziladi:

A) eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa;
B) eng yaxshi to‘plar nisbati;
S) ko‘p gol urgan jamoa;
D) Fair Play qoidasi hisob-kitob qilinadi;
E) UYEFAning koefisiyentlar jadvalida terma jamoaning o‘rni.

9. Pley-off bosqichida o‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Qo‘shimcha bo‘limlar bahsning asosiy vaqti yakunlanganidan so‘ng 5 daqiqa o‘tib boshlanadi. Qo‘shimcha bo‘limlar orasida tanaffus berilmaydi. Jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarni to‘liq o‘tkazishadi, ya’ni «oltin gol» va «kumush gol» qoidalari amal qilinmaydi. Qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng ham g‘olib aniqlanmasa, navbat penaltilar seriyasiga beriladi.

SARIQ VA QIZIL KARTOCHKALAR
A) O‘yinda qizil kartochka olgan futbolchi keyingi bahsni o‘tkazib yuboradi. Jiddiy qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lsa, UYEFA tartib-intizom qo‘mitasi qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llashi mumkin.
V) Sariq kartochkalari soni 2taga yetgan o‘yinchi navbatdagi bahsda maydonga tusha olmaydi.
S) Chorak final bosqichidan keyin bittadan ogohlantirishga ega bo‘lgan futbolchilarning sariq kartochkalari bekor qilinadi.
D) Musobaqa yakunlanganidan keyin futbolchilar hisobidagi sariq va qizil kartochkalar butunlay bekor qilinadi.

EVRO-2016 UNVON VA MUKOFOTLARI
Ushbu Yevropa chempionati uchun UYEFA quyidagi jamoaviy va shaxsiy unvon hamda mukofotlarni joriy qilgan:

Evro kubogi
- Musobaqa g‘olibiga final o‘yinidan so‘ng YEVRO kubogini UYEFA prezidenti topshiradi. Ammo bu Kubok UYEFA mulki hisoblanadi. Shu bois, chempion mamlakat assosiasiyasiga Kubokning kichik o‘lchamdagi nusxasi topshiriladi. Yevropa chempionatida ketma-ket 3 marta yoki umumiy hisobda 5 marta g‘olib chiqqan jamoaga Kubokning asl nusxasi umrbod taqdim etiladi. Shundan so‘ng yangi Kubok uchun yangi davr boshlanadi.

- Musobaqada dastlabki 2 ta o‘rinni egallagan jamoaning har bir a’zosiga (40 komplekt) oltin va kumush medallari taqdim etiladi.

Fair Play («Halol o‘yin») sovrini.
Ushbu sovrin musobaqa davomida maxsus reglament asosida aniqlanadi va uni qo‘lga kiritgan jamoaning har bir a’zosi va rasmiy shaxslari diplom bilan taqdirlanadi.

Oltin butsa:
- Oltin butsa musobaqada eng ko‘p gol urgan futbolchiga beriladi. Agar ikki yoki undan ko‘p futbolchilarning urgan gollari soni teng bo‘lsa, unda har bir futbolchining gollarga assistentlik qilgani inobatga olinadi. Shunda ham g‘olib aniqlanmasa, futbolchilarning maydonda o‘tkazgan vaqti hisoblanadi va maydonda eng kam vaqt o‘ynagan futbolchi g‘olib deb topiladi.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi
Turnirning eng yaxshi futbolchisi unvoni UYEFA ilmiy-texnik guruhi tomonidan aniqlanadi.

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik