1908 yilning 9 mart kuni, Italiya vaqti bilan soat 23.30 da “FC Internazionale Milano” futbol klubi dunyoga keldi. Klub ranglari sifatida ko‘k va qora ranglar tanlandi. Bu ranglar “Inter” va “Milan” vakillari o‘rtasida mushtlashuvdan keyin tanada qolgan asoratlardan esdalik sifatida tanlangan. Gap shundaki, XX asr boshida Italiya futbol mutasaddilari o‘z ligalariga chet ellik o‘yinchilarni qabul qilishdan bosh tortishadi. Yangi qonun-qoidalar sabab “Milan” safida to‘p surayotgan ko‘plab futbolchilar klubdan chetlatiladilar. Aynan ular yangi klub tuzishga qaror qilishadi.
“Inter” o‘z tarixidagi dastlabki rasmiy o‘yinni 1909 yilning 10 yanvar kuni “Milan” klubiga qarshi o‘tkazgan (ilk rasmiy derbi). Bu o‘yinda “Inter” 2-3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. Ikkinchi rasmiy uchrashuvini “l'Unione Sportiva Milanese” jamoasiga o‘tkazgan “Inter” futbolchilari 2-0 hisobida g‘alaba qozonishadi. “Inter” qatnashgan dastlabki rasmiy musobaqa ikki haftadan keyin nihoyasiga yetadi. Bu faqat boshlanishi edi.
1909-1910 mavsumda “Inter” o‘z tarixida ilk oltin medallarni qo‘lga kiritadi. Mavsum so‘nggida “Inter” va “Pro Verchelli” jamoalari bir xil miqdorda ochko jamg‘arishadi. Italiya Futbol Federasiyasi 1910 kuniga “oltin match” belgilaydi. “Pro Verchelli” jamoasi tarkibidagi 4 futbolchi Italiya armiyasi terma jamoasiga chaqirilgani sabab o‘yin kunini boshqa sanaga ko‘chirishni so‘raydi. “Inter” rad javobini bergach, “Pro Verchelli” jamoasi norozilik belgisi sifatida o‘yinga yoshlardan iborat tarkibni tushiradi va natijada 3:10 sifatida mag‘lubiyatga uchrashadi. “Inter” o‘zining ilk skudettosini qo‘lga kiritganida jamoa murabbiyi va sardori Virdjilio Fosatti bo‘lgan. Fosatti 1918 yili Birinchi jahon urushida halok bo‘ladi.
1920 yili klub Birinchi jahon urushi sabab to‘xtab qolgan faoliyatini qayta tiklaydi va yana oltin medallarni qo‘lga kiritadi. Finalda “Inter” “Livorno”ga qarshi to‘p suradi va Agradining dubli va AYEbining goli evaziga 3-2 hisobida g‘alaba qozonadi.
1922 yili “Inter” Italiya “A” seriyasining “B” guruhida 11 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallaydi va musobaqa qoidalariga ko‘ra “B” seriyaga tushib ketishi kerak edi. Ammo, “La Gazetta dello Sport” gazetasi bosh muharriri Italiya futbol federasiyasiga “Inter”ni “A” seriyada olib qolish taklifi bilan murojaat qiladi. Yangi mavsum boshlanishiga bir necha hafta qolganida bu Federasiya bu taklifga ijobiy javob beradi va “Inter”ning o‘rniga “Venesiya” jamoasi “V” seriyaga ravona bo‘ladi. “Inter” bugungi kungacha “A” seriya tashkil etilganidan beri undan tushib ketmagan Italiyadagi yagona jamoa.
1928 – 1941 yillar. “Inter”dagi Djuzeppe Meassa davri. Ushbu futbolchi 1926 yili “Inter” safiga qo‘shiladi. Garchi o‘yinchi dastlab “Milan”da o‘ynashni istagan bo‘lsa ham, “Inter” tarkibida ulkan g‘alabalarga erishadi.
1928 yili Italiyadagi fashistik rejimi o‘rnatilgan davrda klub o‘z nomini “Ambrosiana C.C. Milano” deb o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Jamoa Milan shahrining ramzi bo‘lgan qizil hoch tushirilgan oq futbol formasida maydonga tushgan. 1929 yili klub prezidenti klub nomini “A.S. Ambrosiana”ga o‘zgartiradi. Shunday bo‘lsa ham, muhlislar klubni “Internasionale” deb atashda davom etishadi. Klubga hukumat bosimi biroz pasaygach, klub “A.S. Ambrosiana-Inter” deb atala boshlanadi.
1929-30 yillar mavsumida “Ambroziana” Skudetto sohibiga aylanadi. Italiyada “Yuventus” gegemoniyasi boshlanadi.
1938-39 yillar mavsumida hali hamon “Ambrozina” deb ataluvchi “Inter” o‘z tarixida birinchi marta Italiya kubogida g‘alaba qozonadi.
1939-40 yillar mavsumida “Inter” yana chempionlikni qo‘lga kiritadi.
Ikkinchi Jahon urushi tugagach klub o‘zining avvalgi “FC Internazionale Milano” nomini qayta tiklaydi.
1952-54 yillar davomida “Inter” ketma-ket o‘zining 6 va 7-skudettosini qo‘lga kiritadi.
1955 yili klub tarixidagi muhim shaxslardan biri – Anjello Moratti klub prezidentligiga keladi. Boshlanishi uncha omadli bo‘lmagan. A. Moratti klub murabbiyligiga Djuzeppe Meassani taklif qiladi. Lekin, klub u bilan hech qanday sovrin yuta olmaydi. Barchasi 1960 yili “Inter” murabbiyligiga Ellenio Errera taklif qilinishi bilan o‘zgaradi. 1962-1966 yillardagi “La Grande Inter” (“Buyuk Inter”) davri aynan uning nomi bilan bog‘lanadi. Bu davr mobaynida “Inter” 1963/64 va 1964/65 yilgi mavsumlarda mos ravishda “Real Madrid” va “Benfika”ni mag‘lub etib ketma-ket ikki marta Yevropa Chempionlari Kubogini qo‘lga qiritadi. Shuningdek, “Inter” Errera murabbiyligi ostida 1962/63 yillar mavsumida sakkizinchi, 1964/65 yillar mavsumida to‘qqizinchi va 1965/66 yillar mavsumida o‘ninchi marta Italiya chempioni bo‘ladi. 1966 yili 10 chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan “Inter” Turinning “Yuventus” klubidan keyin ikkinchi bo‘lib o‘z formasiga 10 karra chempionlik dovoni oshib o‘tilganini anglatuvchi yulduzcha qo‘yish xuquqini qo‘lga kiritadi.
60-yillardagi “Oltin davr”dan keyin “Inter” 11-skudettoni 1971 yili, 12-skudettoni esa 1980 yili qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 1978 va 1982 yillari “Inter” Italiya kubogida g‘alabaga erishgan. Klub inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan edi.
1990 – 2004 yillar oralig‘ida “Inter” uch karra UYEFA kubogi g‘olibiga aylanadi. 1993/94 yillar mavsumida “Inter”ni “V” seriyaga tushib ketishidan 1 ochko qutqarib qoladi.
1995 yili “Inter” prezidentligiga Anjelo Morattining o‘g‘li Massimo Moratti keladi. Massimo Morattining ilk transferi – Xavyer Zanetti. Keyinchalik Don Massimo “Traktor”ni o‘zining eng omadli transferi deb ataydi. Moratti klubga Ronaldo, Kristian Vyeri, Ernan Krespo kabi o‘z davrining eng yorqin yulduzlarini olib keladi. Shunday bo‘lsa ham “Inter” birorta Skudetto yuta olmaydi. 1998 yili finalda “Lasio” ustidan g‘alaba qozonib UYEFA kubogi qo‘lga kiritiladi.
1999/2000 yillar mavsumida Massimo Moratti “Inter”da bir qator o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Murabbiy sifatida Marchello Lippi taklif qilinadi. Anjelo Perussi, Loran Blan, Vladimir Yugovich kabi futbolchilar taklif qilinadi. Lekin, bu haridlar ham Skudettoni yutib olish uchun kifoya bo‘lmaydi.
2002 yili “Inter” Skudettoni qo‘lga kiritishi uchun “Lasio”ni Rimda mag‘lub etishi kerak edi. Lekin, o‘yinda “Lasio” g‘alaba qozonadi va “Yuventus” chempion bo‘ladi. Ronaldoning ko‘z yoshlarini ko‘pchilik eslasa kerak.
2002/2003 yillar mavsumida “Internasionale” Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Chempionalar Ligasi finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Milan”ga mag‘lub bo‘ladi. (0:0; 1:1.)
2005 yilning 15 iyunida “Inter” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Roma”ni mag‘lub etib Italiya kubogi sohibiga aylanadi. Shu yilning 20 avgust kuni “Yuventus” ustidan minimal hisobda qozonilgan g‘alaba evaziga Italiya Superkubogi qo‘lga kiritiladi.
2005/2006 yillar mavsumida “Inter”ga Kalchopoli natijasida chempionlik unvoni olib beriladi. Aslida, o‘sha mavsumda dastlab “Yuventus” chempion bo‘lgan edi. Lekin hakamlik va poraxo‘rlik bilan bog‘liq mojarolar sabab “Yuventus”dan chempionlik unvoni olib qo‘yiladi va “V” seriyaga tushirib yuboriladi. “Lasio”, “Fiorentina”, “Redjina” va “Milan” jamoalaridan ham ochkolar olib tashlanadi.
2006/2007 yillar mavsumida “Inter” Skudettoni o‘zida saqlab qoladi.
2007/2008 yillar mavsumida “Inter” Chempionlar Ligasining nimchorak final baxslarida “Liverpul”ga mag‘lub bulgach, mavsum so‘nggida Roberto Manchini iste’foga chiqishi ayon bo‘ladi.
2008 yili klub bosh murabbiyligiga Joze Mourinyo tayinlanadi. Mourinyo birinchi mavsumida (2008/2009) “Inter” uchun qatorasiga to‘rtinchisi bo‘lgan Skudetto va Italiya Superkubogi qo‘lga kiritadi. Lekin, Chempionlar Ligasi nim chorak finalida “Manchester Yunayted” to‘sig‘idan o‘ta olmaydi.
2009/2010 yillar mavsumida “Inter” eng yaqin ta’qibchisi “Roma”ni ikki ochkoga ortda qoldirib, o‘z tarixida 18 marta Italiya chempioni bo‘ladi. Finalda Myunxenning “Bavariya”si mag‘lub etilib, Chempionlar Ligasida g‘alaba qozoniladi. Shu yili “Inter” Italiya kubogida ham muvaffaqqiyatga erishib, “Trebl” qayd etadi.
2010 yilning yozida Mourinyo “Real”ga yo‘l olgach, jamoaga Rafael Benites taklif etiladi. Lekin, Benites na Moratti, va na o‘yinchilar bilan til topisha oldi. 2010 yilning 23 dekabr kuni Rafael Benites o‘z lavozimidan ozod etiladi. “Inter”dagi qisqa muddatli faoliyati davomida Benites Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida chempionlik unvonini qo‘lga kiritishga ulguradi. Benitesdan so‘ng “Inter” murabbiyligiga braziliyalik Leonardo taklif qilinadi. Leonardo boshchiligida “Inter” “A” seriya kumush medallari va Italiya Kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritadi.
Yozda PSJ taklifiga binoan Parijga yo‘l olgan Leonardo o‘rniga Jan Pyero Gasperini “Inter” murabbiyligiga taklif qilinadi. Gasperini boshchiligida klub dastlabki 5 o‘yinning 4 tasida mag‘lubiyatga uchrab, bitta durang qayd etadi. Bu “Inter”ning so‘nggi 90 yildagi eng yomon natijasi edi. Gasperini haydalib, o‘rniga Klaudio Ranyeri olib kelinadi. Lekin, uning ishlari ham uncha yurishmadi va u ham jamoadan ketishga majbur bo‘ldi. Ranyeridan keyin Massimo Moratti tavakkalga qo‘l urdi va “Inter” yoshlari bilan “Yoshlar Chempionlar Ligasi”da g‘olib bo‘lgan Andrea Stramachchionini bosh jamoaga murabbiy etib tayinladi. Lekin, Stramachchionining tajribasizligi pand berdi va 2012/2013 mavsumni “Inter” o‘zi uchun unchalik xos bo‘lmagan 9-o‘rinda yakunlashga majbur bo‘ldi.
2013 yilning 24 mayidan buyon “Inter”ga Valter Massari bosh murabbiylik qilmoqda.
2013 yilning so‘nggi oylarida Massimo Moratti “Inter” aksiyalarining nazorat paketini, aniqroq qilib aytganda 70 foizini Erik Tohir boshchiligidagi indoneziyalik tadbirkorlarga sotishga qaror qildi va prezidentlikdan ketdi. Prezident lavozimini bugungi kunda Erik Tohir egallab turibdi. Tohir “Inter” klubida bir qator islohotlarni amalga oshirib klubni yana Yevropa grandlari qatoriga qo‘shishni niyat qilgan.
JAMOA PREZIDENTLARI:
2013 yildan Erik Toxir 2006-2013 Massimo Moratti 2004-2006 Jachinto Faketti 1995-2004 Massimo Moratti 1984-1995 Ernesto Pellegrini 1968-1984 Ivano Fraissoli 1955-1968 Anjelo Moratti 1942-1955 Karlo Masseroni 1932-1942 Ferdinando Posani 1930-1932 Oreste Simonotti 1929-1930 Ernesto Turrosio 1926-1929 Senatore Borletti 1923-1926 Enriko Olivetti 1920-1923 Franchesko Mauro 1919-1920 Jorjio Xyuls 1914-1919 Juzeppe Modrone 1913-1914 Luiji Ansbaxer 1912-1913 Emilio Xirsel 1910-1912 Karlo di Medichi 1909-1910 Ettore Shtraus 1908-1909 Jovanni Paramitiotti
JAMOA BOSh MURABBIYLARI:
Virjilio Fossatti (Italiya, 1909-1915) Nino Resegotti (Italiya, 1919-1920) Bob Spotisvud (Angliya, 1922-1924) Paolo Shidler (Italiya, 1924-1926) Arpad Veys (Vengriya, 1926-1928) Yozef Viola(Vengriya, 1928—1929) Arpad Veys (Vengriya, 1929-1931) Ishtvan Tot (Vengriya, 1931-1932) Arpad Veys (Vengriya, 1932-1934) Dyula Feldmann (Vengriya, 1934-1936) Albino Karraro (Italiya,1936) Armando Kastellassi (Italiya, 1936-1938) Toni Karnyelli (Avstriya,1938-1940) Juzeppe Peruketti (Italiya, 1940) Italo Dzamberletti (Italiya, 1941) Ivo Fiorentini (Italiya,1941-1942) Jovanni Ferrari (Italiya, 1942-1945) Karlo Karkano (Italiya, 1945-1946) Nino Nutrisio (Italiya, 1946) Juzeppe Meassa (Italiya, 1947-1948) Karlo Karkano (Italiya, 1948) Dey Estli (Uels, 1948) Julio Kapelli (Italiya, 1949-1950) Aldo Olivyeri (Italiya, 1950-1952) Alfredo Foni (Italiya, 1952—1955) Aldo Kampatelli (Italiya, 1955) Juzeppe Meassa (Italiya, 1955-1956) Annibale Frossi (Italiya, 1956) Luidji Ferrero (Italiya, 1957) Juzeppe Meassa (Italiya, 1957) Jess Karver (Angliya, 1957-1958) Juzeppe Bigonyo (Italiya, 1958) Aldo Kampatelli (Italiya, 1959-1960) Kamillo Akilli (Italiya, 1960) Julio Kapelli (Italiya, 1960) Elenio Errera (Argentina, 1960-1968) Alfredo Foni (Italiya, 1968-1969) Eriberto Errera (Paragvay, 1969-1971) Jovanni Invernissi (Italiya, 1971-1973) Eneo Mazyero (Italiya, 1973) Elenio Errera (Argentina, 1973) Eneo Mazyero (Italiya, 1974) Luis Suares (Ispaniya, 1974-1975) Juzeppe Kyappello (Italiya, 1976-1977) Eujenio Berselini (Italiya, 1977-1982) Rino Markezi (Italiya, 1982-1983) Luidji Radiche (Italiya, 1983-1984) Ilario Kastanyer (Italiya, 1984-1986) Mario Korso (Italiya, 1986) Jovanni Trapattoni (Italiya, 1986—1991) Korrado Orriko (Italiya, 1991) Luis Suares (Ispaniya, 1992) Osvaldo Banyoli (Italiya, 1992-1994) Jampyero Marini (Italiya, 1994) Ottavio Byanki (Italiya, 1994-1995) Luis Suares (Ispaniya, 1995) Roy Xojson (Angliya, 1995-1997) Luchano Kastellini (Italiya, 1997) Luidji Simoni (Italiya, 1997-1998) Mircha Luchesku (Ruminiya, 1998-1999) Luchano Kastellini (Italiya, 1999) Roy Xojson (Angliya, 1999) Marchello Lippi (Italiya, 1999-2000) Marko Tardelli (Italiya, 2000-2001) Ektor Kuper (Argentina, 2001-2003) Korrado Verdelli (Italiya, 2003) Alberto Dzakkeroni (Italiya, 2003-2004) Roberto Manchini (Italiya, 2004-2008) Joze Mourinyu (Portugaliya, 2008-2010) Rafael Benites (Ispaniya, 2010) Leonardo (Braziliya, 2010-2011) Jan Pyero Gasperini (Italiya, 2011) Klaudio Ranyeri (Italiya, 2011-2012) Andrea Stramachchoni (Italiya 2012-2013) Valter Massarri (Italiya, 2013 – hozirgi vaqtgacha)
JAMOA SARDORLARI:
Virjilio Fossati (Italiya, 1909-1915) Ermanno Aebi (Italiya, 1915-1922) Leopoldo Konti (Italiya, 1922-1931) Juzeppe Meassa (Italiya, 1931-1940) Attilio Demariya (Argentina, 1940-1943) Aldo Kampatelli (Italiya, 1943-1950) Attilio Jovanni (Italiya, 1950-1954) Jino Armano (Italiya, 1954-1956) Jovanni Jakomassi (Italiya, 1956-1957) Jovanni Invernissi (Italiya, 1957-1958) Antonio Anjelillo (Argentina, 1958-1961) Bruno Bolchi (Italiya, 1961-1962) Armando Pikki (Italiya, 1962-1967) Mario Korso (Italiya, 1967-1970) Sandro Massola (Italiya, 1970-1977) Jachinto Fakketti (Italiya, 1977-1978) Grasiano Bini (Italiya, 1978 - 1985) Alessandro Altobelli (Italiya, 1985-1988) Juzeppe Barezi (Italiya, 1988-1992) Juzeppe Bergomi (Italiya, 1992-1999) Xavyer Zanetti (Argentina, 1999-2014)
Klub rekodchilari:
Eng yaxshi to‘purar: Juzeppe Meassa – 240 ta gol. “A” Seriyadagi eng yaxshi to‘purar: Juzeppe Meassa – 197 ta gol. Bir chempionatda eng ko‘p gol urgan futbolchi – Luidji Chevenini – 37 ta gol (1913/14) Klub safida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi: Xavyer Zanetti – 836
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Napoli | 12 | 26 |
2 | Atalanta | 12 | 25 |
3 | Fiorentina | 12 | 25 |
4 | Inter | 12 | 25 |
5 | Lasio | 12 | 25 |
6 | Yuventus | 12 | 24 |
7 | Milan | 11 | 18 |
8 | Bolonya | 11 | 18 |
9 | Udineze | 12 | 16 |
10 | Empoli | 12 | 15 |
11 | Torino | 12 | 14 |
12 | Roma | 12 | 13 |
13 | Parma | 12 | 12 |
14 | Verona | 12 | 12 |
15 | Komo | 12 | 10 |
16 | Kalyari | 12 | 10 |
17 | Jenoa | 12 | 10 |
18 | Lechche | 12 | 9 |
19 | Monsa | 12 | 8 |
20 | Venetsiya | 12 | 8 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Liverpul | 4 | 12 |
2 | Sporting | 4 | 10 |
3 | Monako | 4 | 10 |
4 | Brest | 4 | 10 |
5 | Inter | 4 | 10 |
6 | Barselona | 4 | 9 |
7 | Borussiya D | 4 | 9 |
8 | Aston Villa | 4 | 9 |
9 | Atalanta | 4 | 8 |
10 | Manchester Siti | 4 | 7 |
11 | Yuventus | 4 | 7 |
12 | Arsenal | 4 | 7 |
13 | Bayer | 4 | 7 |
14 | Lill | 4 | 7 |
15 | Seltik | 4 | 7 |
16 | Dinamo Zagreb | 4 | 7 |
17 | Bavariya | 4 | 6 |
18 | Real Madrid | 4 | 6 |
19 | Benfika | 4 | 6 |
20 | Milan | 4 | 6 |
21 | Feyenoord | 4 | 6 |
22 | Bryugge | 4 | 6 |
23 | Atletiko | 4 | 6 |
24 | PSV | 4 | 5 |
25 | PSJ | 4 | 4 |
26 | Sparta | 4 | 4 |
27 | Shtutgart | 4 | 4 |
28 | Shaxtyor | 4 | 4 |
29 | Jirona | 4 | 3 |
30 | Zalsburg | 4 | 3 |
31 | Bolonya | 4 | 1 |
32 | RB Leypsig | 4 | 0 |
33 | Shturm | 4 | 0 |
34 | Yang Boyz | 4 | 0 |
35 | Srvena Zvezda | 4 | 0 |
36 | Slovan | 4 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
Nimchorak final | |||
---|---|---|---|
13.01.2021 | |||
00:45 | Milan |
|
Torino |
19:00 | Fiorentina |
|
Inter |
21:45 | Napoli |
|
Empoli |
14.01.2021 | |||
00:45 | Yuventus |
|
Jenoa |
21:30 | Sassuolo |
|
SPAL |
15.01.2021 | |||
01:15 | Atalanta |
|
Kalyari |
20.01.2021 | |||
01:15 | Roma |
|
Spesiya |
22.01.2021 | |||
01:15 | Lasio |
|
Parma |
Chorak final | |||
27.01.2021 | |||
00:45 | Inter |
|
Milan |
21:45 | Atalanta |
|
Lasio |
28.01.2021 | |||
00:45 | Yuventus |
|
SPAL |
29.01.2021 | |||
01:00 | Napoli |
|
Spesiya |
Yarim final | |||
03.02.2021 | |||
00:45 | Inter |
|
Yuventus |
04.02.2021 | |||
00:45 | Napoli |
|
Atalanta |
10.02.2021 | |||
00:45 | Yuventus |
|
Inter |
11.02.2021 | |||
00:45 | Atalanta |
|
Napoli |
Final | |||
19.05.2021 | |||
23:59 | Atalanta |
|
Yuventus |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Barselona | 5 | 12 |
2 | Bavariya | 5 | 10 |
3 | Benfika | 3 | 9 |
4 | Tottenhem | 5 | 8 |
5 | Atletiko | 3 | 7 |
6 | Arsenal | 4 | 7 |
7 | Man. Yunayted | 3 | 7 |
8 | Real Madrid | 6 | 5 |
9 | Chelsi | 1 | 3 |
10 | Fiorentina | 3 | 3 |
11 | Inter | 3 | 2 |
12 | Roma | 1 | 1 |
13 | Yuventus | 3 | 1 |
14 | Milan | 3 | 1 |
15 | Gvadalaxara | 3 | 1 |
16 | Vissel Kobe | 1 | 0 |
17 | Napoli | 2 | 0 |
18 | Fenerbaxche | 2 | 0 |
11.11.2024. «A» Seriya . 12-tur. | |||
00:45 | Inter |
1-1 | Napoli |
23.11.2024. «A» Seriya . 13-tur. | |||
19:00 | Verona |
-:- | Inter |
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|