Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Luchano Spalletti: «Balki qachondir qaytarman…» (intervyu)

Luchano Spalletti: «Balki qachondir qaytarman…» (intervyu)

Rimning «Roma»si yangilanmoqda. «Bo‘rilar» kechagina nihoyat, jonajon klubidan ketishini ma’lum qilgan tirik afsona Franchesko Totti bilan o‘ta ta’sirchan holda xayrlashgandilar, endi esa bosh murabbiy Luchano Spallettiga xayrli yo‘l tilashmoqda. Klub tomonidan bosh murabbiyning ketishi rasman e’lon qilingach, Spalletti darhol jurnalistlarni maxsus uchrashuvga yig‘di. So‘nggi mavsum «Roma»ni «A» seriyasida 2-o‘ringa ko‘targan murabbiy shu tariqa Rim jamoasidagi ikkinchi davrini tahlil qildi. Eslatish joiz, u 2005-2009 yillar oralig‘ida ham aynan «bo‘rilar»ni boshqargandi. Klubdagi ikkinchi davri esa 2016 yilning fevralida boshlandi. Maxsus xayrlashuv matbuot anjumanida Spallettiga «Roma»ning yangi sport direktori Ramon Monchi hamrohlik qildi.

- Afsus, Luchano bilan uzoq vaqt ishlash nasib etgani yo‘q, zero, klubga 1 oycha muqaddam keldim. Shunga qaramay, ushbu o‘ta qisqa hamkorlikdan yorqin taassurotlar qoldi. O‘zi avvaldan ushbu mutaxassis haqida ajoyib fikrlar eshitgandim va endi ular yanada boyidi. Luchanoni ham inson, ham murabbiy sifatida to‘laqonli kashf etdim,-deya uchrashuvni ochib berdi Monchi. - Bilasiz, «Roma» tarixining yangi sahifasini ochmoqchimiz va o‘z o‘rnida Luchanoga klub taraqqiyotidagi barcha ishlari uchun minnatdorchilik izhor etamiz. Umid qilamanki, kelajakda yo‘llarimiz yana tutashadi va o‘shanda birgalikda samaraliroq faoliyat yuritamiz. Trigoriyadagi «Roma» bazasi doimiy uyingiz bo‘lib qoladi, Luchano!

- Iliq so‘zlar uchun rahmat. Monchining qanday ajoyib boshqaruvchi ekanligini yaxshi bilaman va shuning uchun birgalikdagi ishimiz shu qadar tez xotima topganidan ko‘nglim o‘ksiyapti,-dedi bunga javoban Spalletti. Murabbiy shundan so‘ng jurnalistlar savollariga erinmay, bafurja javob berdi. Uning eng e’tiborli gaplarini keltirishdan oldin qo‘shimcha qilish joiz, keyingi ish joyi «Inter» klubi bo‘lishi ehtimoli katta.

*** - «Roma»da o‘zim istagan barcha yutuqlarga erisholmadim. Ishonchim komil, Monchi ishni yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish va shu asnoda «Roma»ni kuchaytirish-jipslashtirish salohiyatiga ega. Har holda, ayni payt jamoaga birdamlik yetishmayapti, xolos.

*** - «Roma» rahbarlaridan tortib, futbolchilargacha, oshxona oshpazlaridan tortib, baza farroshlarigacha - barcha-barcha xodimlarga minnatdorchilik bildiraman. Klubning har bir vakili - katta professional.

*** - Bu yerda chin yurakdan, qalban ishladim. Ya’ni «Roma»ning oldinga intilishi uchun qo‘limdan kelganini ishga soldim.

*** - «Roma» men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Hattoki, Rossiyada ishlaganimda ham, bu jamoa o‘yinlarini alohida e’tibor bilan kuzatganman.

*** - Oxirgi mavsum g‘oyat og‘ir keldi. Har kim jamoa o‘yinlarini baholash huquqiga ega va o‘zicha haq hisoblanadi. Shaxsan men xursandman: yetarlicha quvonchli lahzalarni boshdan o‘tkazdim. To‘g‘ri, shuning barobarida tez-tez azoblanganim ham rost... Ayniqsa, mashg‘ulotlar jarayonida kuzatilgan ajoyib muhitni alohida tilga olishim joiz. Zero, bu muvaffaqiyat garovidir.

*** - O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri ishladik va to‘g‘ri yo‘ldan yurdik. Ha, qiyin lahzalar ham bo‘ldi, albatta. Deylik, ayrim murakkab qarorlarni qabul qilishimga to‘g‘ri keldi. Muhimi, jamoa sifatida kuchayib bordik. Bemalol aytaman, ortimdan ancha kuchli «Roma» qolyapti. Eng asosiysi, aynan shu.

*** - Xatolarga yo‘l qo‘ydimmi? O‘z ishimni muhokama qilolmayman. Ha, oxirgi o‘yin chog‘i menga yo‘naltirilgan hushtaklarni eshitdim. Biroq bunday hurmatsizlikka munosib emasdim, menimcha. Ha, biz YELda «Lion»ga yutqazdik, Italiya kubogi uchun kurash yo‘lida «Lasio»ga bas kelolmadik. Ammo hushtakbozlik qilganlar o‘sha vaqt nechog‘li azoblaganim va siqilganimni bilganlarida, bunday hurmatsizlik qilishmasdi. Buni kafolatlayman.

*** - Totti bilan xayrlashuv tadbirlari barchamizni yanada jipslashtirdi. Deylik, ayni o‘sha vaqt barcha muxlislar yaxlit kuchga aylanishganini yaqqol his etdim va butun jamoa shu butunlikka singib ketdi. Eh, bunday taassurotlarni yo‘qotish naqadar alamli...

*** - Kimdir Totti bilan o‘rtamizda qandaydir urush borligiga ishongan bo‘lishi mumkin. Lekin bunday emas. Afsuski, murosasizlik xususida tarqalgan gap-so‘zlar salbiy ta’sir etmay qolmadi. Tan olaman, «Roma» yagona kuch darajasiga chiqolmadi va bu aynan mening mag‘lubiyatimdir.

*** - Totti - buyuk shaxs. O‘ylaymanki, u rahbariyat vakili rolida ham «Roma»ga samarali xizmat qilishi mumkin, agarda butsalarini mixga ilishni lozim topsa, albatta. Aytishim kerak, Francheskoga biror marta «Roma»dan ketishi haqida so‘z ochgan emasman. Ketish haqidagi qarori mutlaqo o‘ziga tegishli.

*** - Franchesko bilan do‘st bo‘lib qolamiz. Deylik, kechki ovqat uchun biror joyga birga borishimiz mumkin. Jamoadagi ishim davomida turli voqealar yuzaga kelgani o‘z yo‘liga. Fakt shuki, bu yigitni qattiq hurmat qilaman. Ehtimol, doim ham haq bo‘lmagandirman va shunisi alam uyg‘otadi. Lekin ikkinchi tomondan, katta savol bor: «Qaysi masalada boshqacha yo‘l tutishim kerak edi?» Ochig‘i, haligacha bunga jo‘yali javob topganim yo‘q.

*** - Chetdagilar boshqalarni himoya ostiga olishimni Tottiga qarshi chiqish sifatida baholashdi, chog‘i. Aynan shunday munosabat xiralik darajasini oshirdi.

*** - «Roma»ga kelganimda, klub inqiroz holatida edi. Natijada Totti kam o‘ynaydigan bo‘lib qoldi va shunisi ko‘pchilikka sira yoqmadi. Biroq ikkinchi tomondan qarasak, jamoa rekord tezligida ochko yig‘a boshlagandi. Xo‘sh, o‘shanda kim haq edi?

*** - «Roma» boshqaruvini qo‘lga olishga nomzodlardan biri - di Franchesko bu lavozimga munosib. U nimalarga qodirligini «Sassuolo»da to‘la-to‘kis isbotladi.

*** - O‘zimchi? Endi nima bilan shug‘ullanaman? Takliflar uchun mutlaqo bo‘shman. Demak, qo‘ng‘iroqlarni kutaman...

*** - O‘z qabri ustiga alohida yozuvlar bitib qo‘yishlarini vasiyat qilgan rimlik shoir gaplarini qaytaraman: «Qaytishim ehtimoldan xoli emas». Chiroyli aytilgan...

Manba: interfutbol.uz

Kiritildi: 08.06.2017 11:50. O'qildi: 4032 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik